186
(Carrier Sense, Multiple Access, CSMA) bo‘yicha
amalga oshiriladi,
ya’ni qurilma dastlab efir band emasligini tekshiradi va faqat bundan
keyin uzatishni boshlaydi. 128 bitli kalit uzunligili AES algoritmi
bo‘yicha shifrlash qo‘llanadi. 802.15.4 standarti MAS darajadagi
noyob 64-bitli manzilning bo‘lishini, shuningdek bu qurilmaning u
yoki bu WPANga (Wireless Personal Area Network) tegishliligini
aniqlash uchun qo‘shimcha 16-bitli tarmoq manzilini (PAN-ID)
bo‘lishini ko‘zda tutadi.
ZigBeening o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki,
u nafaqat
oddiy
“nuqta-nuqta”
yoki
“yulduz”
bog‘lanishlari,
balki
Retranslyatsiya qilish va ma’lumotlarni uzatish samarali marshrutini
qidirishni qo‘llay oladigan “daraxt” va “yacheykali tarmoq”
topologiyalarili murakkab tarmoqlar uchun mo‘ljallangan. ZigBee
tarmoqlari o‘z-o‘zidan tashkil bo‘ladigan va o‘z-o‘zidan tiklanadigan
tarmoqlar hisoblanadi. O‘rnatilgan dasturiy ta’minot tufayli ularning
qurilmalari ta’minot yoqilganida o‘zlari bir-birlarini topishni biladi.
Qandaydir qurilma ishdan chiqqanida ular xabarlarni uzatish uchun
yangi marshrutlarni qidira oladi.
ZigBee
tarmoqlari
uchta
asosiy
turlardagi
uzellar
-
koordinatorlar, marshrutizatorlar va oxirgi qurilmalarga ega.
Koordinator majburiy qurilma bo‘lib, u tarmoqni hosil qiladi, tarmoq
uchun chastotalar kanali nomerini va identifikatorni tanlaydi.
Keyin
unga marshrutizatorlar va oxirgi qurilmalar ulanadi, ularning sonini
oshirish mumkin.
Texnologiyaning
afzalliklari
shu
hisoblanadiki,
ZigBee-
qurilmalar 70-80 metrlardan ortiq masofalarga uzatishni ta’minlay
olmasada, ular trafik uchun tennel sifatida Wi-Fi va Bluetooth
qurilmalari kanallarini (agar ular ko‘rinish zonasida bo‘lsa) ishlatishi
mumkin. Energiya iste’moliga kelganda, bitta uncha katta bo‘lmagan
batareya nazariy jihatdan ZigBee-qurilmaning
ishlash qobiliyatini
saqlash uchun bir necha oylar va hatto yil davomida etishi kerak.
Standartning
boshqa
afzalliklari
orasidan
yaxshi
mastablanuvchanlikni, uzilishlar hollarida o‘zi tiklanishi imkoniyati
va sozlashning oddiyligini aytib o‘tish kerak. 64-bitli manzillashtirish
qo‘llanilganida yagona tarmoqqa 60 mingtadan ortiq ZigBee-
qurilmalarni birlashtirish mumkin.
Past o‘tkazish qobiliyati va kichik ishlash radiusi ZigBee
tarmoqlarni multimediali ma’lumotlarni (oqimli video yoki audio)
translyasiyalash uchun yoki olisdagi ofislarning o‘zaro aloqasi uchun
187
qo‘llanilishiga imkon bermaydi. Buning uchun ma’lumotlarning
simsiz keng polosali uzatish WiMAX texnologiyasi mavjud. ZigBee-
qurilmalarni asosiy qo‘llanilishi sohasi monitoring, xavfsizlik, tibbiyot
apparaturalari holatini nazorat qilish tizimlari va boshqalar
hisoblanadi. ZigBee kontrollerlarli xabarlagichlar
yirik tashkilotlarda
texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarining ishini soddalashtirishi
mumkin. Bu holda shtatdan tashqari vaziyat yuz berganida
muhandislarga yaroqsizlikning sababini aniqlash uchun sensorlarni,
masalan, noutbuk yoki cho‘ntak kompyuteri yordamida tekshirishni
tez amalga oshirish etarli bo‘ladi. Shu bilan birga simsiz aloqa va
avtonom ta’minot manbalarini qo‘llanilishi
himoya tizimlari va
monitoring qilish komplekslarining ishonchliligini oshiradi, chunki
jinoyatchi bitta kuch kabelini uzish bilan butun simsiz aloqa
tarmog‘ini ishdan chiqara olmaydi.
Shuningdek, ZigBee aloqa “raqamli uyning” ajralmas qismi
bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Binobarin, ZigBee kontrollerlarini nafaqat
xavfsizlik va signalizatsiya tizimlari xabarlagichlari,
balki maishiy
texnika,
shu
jumladan
konditsionerlar,
videomagnitofonlar,
televizorlar va hatto oddiy yoritish o‘chirgichlari oladi. Bu
unifikatsiyalangan masofadan boshqarish pulti yoki mobil telefon
yordamida barcha asboblarning ishlashini nazorat qilishga imkon
beradi.
Bundan tashqari, ZigBee-kontrollerlar aloqa kanallarining
o‘tkazish qobiliyatlariga yuqori talablarni qo‘ymaydigan turli
kompyuter qurilmalariga o‘rnatilishi mumkin. Ular, masalan,
joystiklar, sichqonchalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Tibbiyot
sohasida ZigBee simsiz aloqa operatsiyalarni o‘tkazgan bemorlar yoki
og‘ir ahvolda bo‘lgan insonlar holatini kuzatib borishga yordam
beradi. Simli xabarlagichlar o‘rniga bemorlarning qo‘llariga bosim,
harorat, yurak qisqarishlari chastotalari sensorlarli elektron braslet
taqilishi va kerakli davriylikda olinadigan ko‘rsatishlar markaziy
serverga tashlanishi mumkin, u xavf tug‘ilganida palata va joy nomeri
ko‘rsatiladigan ogoxlantirish signalini berishi mumkin.
Tabiiyki, ZigBee-qurilmalar uchun boshqa ko‘plab qo‘llanilish
sohalari ham topiladi. Istiqbolda ZigBee simsiz tarmoqlari Bluetooth
texnologiyasiga jiddiy raqobatni hosil qilishi kerak. 5.2- jadvalda
ZigBee aloqaning asosiy texnik parametrlari keltirilgan.