Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/117
Sana11.08.2024
Hajmi3,49 Mb.
#269375
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   117
Bog'liq
Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

HomeRF. 
2001 yilning martida paydo bo‘lgan va HomeRF 2.0 
standarti hisoblanadigan litsenzion bo‘lmagan 2.4 GGs ISM 
diapazonni 
ishlatadigan 
texnologiya 
hisoblanadi 
[24]. 
Bu 
texnologiyani 100 dan ortiq kompaniyalar, shu jumladan HomeRF 
(http://www.homerf.org/) 
konsorsiumi 
qo‘llab-quvvatlaydi. Bu 
kompaniyalardan ko‘plari Bluetooth SIG ma’sus ishchi guruhiga ham 
kiradi. HomeRF spetsifikatsiyasi qo‘shma simsiz ulanish (Shared 
Wireless Access Protocol — SWAP) protokoliga asoslangan, u uy 
chegaralarida ovoz va ma’lumotlarni uzatish uchun simsiz tarmoqlarni 
qo‘llaydigan umumiy interfeysni aniqlaydi. 
SWAP protokoli foydalanuvchilarga ham axborot, ham ovozli 
oqimlarni qo‘llaydigan tarmoq tugal echimlarini taqdim etish bilan 
turli 
ishlab 
chiqaruvchilardan 
foydalanuvchilar 
elektron 
qurilmalarining 
o‘zaro 
ta’sirlashishini, 
shuningdek 
umumiy 
foydalanishdagi kommutatsiyalanadigan telefon tarmog‘i va Internet 
tarmog‘i bilan o‘zaro ta’sirlashishni ta’minlaydi. 
HomeRF texnologiyasida chastotani sakrashsimon qayta 
sozlashli spektrni kengaytirish usuli (FHSS) ham ishlatiladi. Ovozni 
uzatishda uzatish muhitiga ulanish usuli sifatida kanallar vaqt 
bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish usuli, ma’lumotlarni 
uzatilishida esa tashuvchi nazorat qilinadigan va konfliktlarni oldi 
olinadigan ko‘p tomonlama ulanish usuli (Carrier Sense Multiple 
Access with Collision Avoidance — CSMA/CA) ishlatiladi. 
Maksimal uzatish tezligi 20 Mbit/sekundgacha. 
5.1- jadvalda HomeRF 2.0 texnologiyaning asosiy texnik 
parametrlari keltirilgan. 
ZigBee.
Ma’lumotlarni to‘plash va boshqarish tizimlarida 
ishlatish uchun mo‘ljallangan simsiz texnologiya hisoblanadi [24]. U 
past energiya iste’moliga, ma’lumotlarni uzatish ishonchliligiga va 
ma’lumotlarni himoyalanishiga ega, turli ishlab chiqaruvchilar 
qurilmalari bilan moslashuvchan. ZigBee ma’lumotlarni uzatishda 
kechikishlarga 
qat’iy 
talablar 
qo‘yilmaydigan 
tizimlarda 
ma’lumotlarni uzatilishiga yo‘naltirilgan. Bu texnologiya binolar va 
ko‘p sonli uzelli (standart bo‘yicha 65 mingtagacha) boshqa yirik 
ob’ektlarni yagona simsiz tarmoq bilan qamrab olishga imkon beradi. 
Bularning barchasiga xabarlarni marshrutlashtirishning murakkab 
mexanizmlarini qo‘llanilishi hisobiga erishiladi, bu tarmoqning oxirgi 


185 
nuqtasiga o‘nlab oraliq uzellar orqali ma’lumotlarni uzatilishiga 
imkon beradi. 
5.1- jadval
HomeRF 2.0 texnologiyaning asosiy texnik parametrlari 

Download 3,49 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   117




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish