178
Kutildiki,
Evropaning
barcha
rivojlangan
davlatlarida
1997-1998 yillardan muntazam DAB-uzatish boshlandi, 2000 yilga
kelib esa Evropaning 80 foiz aholisini uzatish bilan qamrab olish
yakunlanadi. Lekin qamrab olishning real sur’atlari taxminlardan
sezilarli past bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchilar
mos qabullagichlarni
chiqarishni ko‘paytirishga shoshilishmayapdi, chunki sotish bozoriga
ishonishmaydi. Bozor esa yangi qabullagichlarni qabul qilishga tayyor
emas, chunki ko‘plab tinglovchilar UQTdagi analog uzatish sifatiga
qoniqadi va yangi formatning imkoniyatlari ko‘rmayapdi. Shuningdek
avtomashinalarda radio emas, balki
savdolardan daromadlari
radiostansiyalarning muallifliklik o‘tkazmalaridan sezilarli ortiq
bo‘lgan yozuvlarni eshitilishidan manfaatdor bo‘lgan ovoz yozish
studiyalari kompaniyalari tomonidan real raqobat mavjud.
Dastlabki xato shundan iborat bo‘ldiki, DAB faqat texnik
standart sifatida ko‘rildi. Lekin texnika tarixi yaqqol ko‘rsatadiki,
faqat birgina texnik afzalliklar ommaviy ist’emolchi uchun tovarni
tanlashda hal qiluvchi
argument hisoblanmaydi, qandaydir boshqa
afzalliklar bo‘lishi kerak. Bozor nimani yaxshi kutib olishini topish
hal etib bo‘lmaydigan masala. Ham DAT, DCC yoki minidisk, ham
kompakt-kassetani surib chiqarmagan va qattiq jismli xotiraning
shiddati ostida chekingan ovozni yozish formatlarini yodga olish etarli
bo‘ladi.
DABni ishlab chiqishda qo‘shimcha ma’lumotlarni
uzatish
imkoniyati dastlab qo‘yilgan, lekin uzatish konsepsiyasi dastlabki
saqlandi, o‘sha uzatishni qurilishi tamoyili, o‘sha xira reklama bo‘ldi.
Bugungi kunda mavjud bo‘lgan keng uzatishli dasturlar asosan o‘z
qiyofasiga ega bo‘lmagan o‘rtacha tinglovchiga mo‘ljallangan va
umumiy milliy auditoriyaga qaratilgan. Bunday yondashishda
auditoriyaning hududiy o‘ziga xos xususiyatlarini,
mahalliy
qiziqishlarni va an’analarni va boshqalarni hisobga olish mumkin
emas. DAB standarti lokal, hududiy uzatishga mo‘ljallangan va tijorat
radiosining manfaatlariga
etarlicha javob beradi, lekin strategiyaning
almashishi etarlicha sekin bo‘lmoqda. Iste’molchini qiziqtirish uchun,
bu bilan ishlab chiqaruvchini ham rag‘batlantirish uchun BBC
birinchi bo‘lib raqamli format uchun yangi dasturni yaratdi, unga
boshqa radiouzatish kompaniyalari ham ergashdi.
DAB-radioni nafaqat an’anaviy radiodasturlarni (ochiq va
kodlangan) translyasiya qilish, balki ish ma’lumotlarini uzatish uchun
ham ishlatish rejalashtirilmoqda. U DAB-qabullagichning displeyiga
179
yoki kompyuterning monitoriga telematn ko‘rinishida chiqariladi.
Bunday imkoniyat turli jinsli ma’lumotlarni
standart telematn
formatiga keltirish uchun ishlab chiqilgan MOT (Multimedia Object
Transfer) protokolidan foydalanish tufayli mavjud. Bundan tashqari,
DAB-xizmatlarni tor abonentlar doirasi uchun mo‘ljallangan
shifrlangan
ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatilishi ko‘zda
tutilmoqda. Bu xizmatdan filiallar orasida ma’lumotlarni tarqatish
uchun banklar, sug‘urta idoralari va boshqa tashkilotlar foydalanishi
mumkin.
Milliy DAB-loyihalar doirasida rivojlantirish ko‘zda tutilayotgan
yana bir xizmat yo‘llardagi holat haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish
hisoblanadi.
Bu
DAB-radio
mobil
qabul
qilishga
kuchli
yo‘naltirilganligi darajasi tufayli ayniqsa dolzarb hisoblanadi. Mos
ma’lumotlar keng spektrini taqdim etishdan
tashqari raqamli uzatish
so‘rov bo‘yicha eshittirishlarni va boshqa interaktiv xizmatlarni
tashkil etish imkoniyatlarini ko‘zda tutadi. Mobil qabullagichlarda
teskari kanal sifatida GSM tarmoqlaridan foydalanish ko‘zda
tutilmoqda
Bo‘lajak DAB qabullagichlarining asosida yotadigan
raqamli
texnologiyalar DRM signallarni ham qabul qilinishini mumkin qiladi.
Radiostansiyalar uchun qisqa, o‘rta va uzun to‘lqinlarda raqamli
uzatishga o‘tish qamrab olish radiusi saqlanganida translyasiya
qilishga sarflarni sezilarli qisqartirishni (taxminan to‘rtdan uchga)
bildiradi. Bunda uzatish stansiyalari mavjud infratuzilmani ishlatishni
davom ettiradi.
O‘zbekiston Respublikasida ROREning joriy etilishi mavjud va
yangi texnologiyalarni hisobga olganda tizimni tanlash bosqichida
turibdi.