|
Bluetooth, HomeRF, ZigBee, NFC va Wireless USB aloqaBog'liq Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u
5.3. Bluetooth, HomeRF, ZigBee, NFC va Wireless USB aloqa
texnologiyalari
Bluetooth.
Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaganida simsiz
telefonlar,
kompyuterlar
va
turli
periferiyalarning
aloqasini
ta’minlashga imkon beradigan qisqa masofalarga ma’lumotlarni
uzatish radiotexnologiyasi hisoblanadi [23,26]. Kompyuterda yoki
mobil telefonda mavjud bo‘lgan shtatdagi interfeysning ishlatilishi
ko‘p hollarda juda qulay bo‘ladi (5.2- rasm).
180
5.2- rasm. Bluetooth tizimi
Mavjud
qurilmalar
uchun
standart
Bluetooth-bog‘lanish
profillarini ishlatadigan uncha qimmat bo‘lmagan o‘rnatiladigan
radiomodullar taklif etilmoqda. Masalan, simsiz garnituralarda
HeadSet profili ishlatiladi, qurilmalar orasida fayllarni almashlash
uchun FTP profili ishlab chiqilgan mobil telefonlarda Dial-up
Networking Profile profili qo‘llaniladi. Ma’lumotlarni to‘plash va
boshqarish tizimlarida ko‘pincha SPP ketma-ket porti profili
ishlatiladi.
Bluetooth
p
rotokoli
nuqta-nuqta
va
nuqta-ko‘p
nuqta
topologiyalarini qo‘llaydi. Ikki yoki undan ortiq o‘sha bir kanalni
ishlatadigan qurilmalar pikotarmoqni (piconet) tashkil etadi. Bunda
qurilmalardan biri asosiy (Master) sifatda, qoganlari esa bo‘ysunuvchi
(Slave) qurilmalar sifatida ishlaydi.
Bluetooth qabullagich-uzatkichlari 2.45 GGs chastotada ishlaydi
va FHSS (Frequency Hopping Spread Spectrum – chastotani
sakrashsimon qayta sozlanishi) spektrni kengaytirish usulini ishlatadi.
Uzatkichning quvvatiga bog‘liq ravishda Bluetooth® qurilmalar
uchta sinflarga bo‘linadi:
- 1-sinf – 100 mVtgacha (ochiq fazoda masofa 100 metrgacha);
- 2-sinf – 2,5 mVtgacha (ochiq fazoda masofa 15 metrgacha);
- 3-sinf – 1 mVtgacha (ochiq fazoda masofa 5 metrgacha).
Uzatiladigan ma’lumotlar tezligi ishlatiladigan spetsifikatsiya
versiyasi va Bluetooth profiliga bog‘liq bo‘ladi. Ketma-ket port profili
ishlatilganida ma’lumotlarni uzatish tezligi 704 kbit/c nazariy
chegaraga ega bo‘ladi.
|
| |