Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/117
Sana11.08.2024
Hajmi3,49 Mb.
#269375
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   117
Bog'liq
Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

Xususiyatlari/Funksiya 
Xarakteristika 
Aloqa turi 
Keng polosali radioimpulslar (Shaped 
pulse) 
Chastotalar diapazoni 
3,1 – 10,6 GGs diapazondagi 
ajratiladigan oraliqlar 
Kanallar kengligi 
500 MGsdan katta; MTO diapazonlarida: 
528 MGs
Modulyatsiyalash 
Ko‘p chastotali OFDMA
Ulanish usuli 
CSMA-CA tashuvchini topish va 
kolliziyalarni oldi olinishli ko‘p 
tomonlama ulanish 
Uzatish usuli
Paketli 
Uzatish quvvati
Uchta sinfdagi uzatkichlar: 1-sinf – 1 dan 
100 mVtgacha, 2-sinf – 0,25 dan 2,5 
mVtgacha, 3-sinf – 1 mVtgacha. 
Ma’lumotlarni uzatish 
tezligi 
53,3, 80, 106,7, 160, 200, 320, 400, 480 
Mbit/s. 
Ishlash masofasi 
10 metrlargacha 
Klasterdagi qurilmalar 
soni 
127 tagacha 
 
Passiv nishon bilan ishlashda qurilma-initsiator uzluksiz 
nurlantiradi, qurilma-nishon esa faqat bunday tarzda hosil qilingan 
elektromagnit maydonni modulyatsiyalaydi. Passiv qurilma-nishonni, 
shunday tarzda, qabullagich-uzatkich (transponder) sifatida ko‘rish 


191 
mumkin. Aktiv nishon bilan ishlashda qurilmalar o‘z nurlanishini 
javobni kutish vaqtiga uzish bilan uzatish tartibini navbatlashtiradi. 
Simsiz kartali tizimlarda ishlashga o‘xshash NFC texnologiyasi 
asosidagi 
tizimlarda 
aloqa 
bir-birlarining 
yaqin 
maydonlari 
chegaralarida bo‘lgan ikkita ramkali antennalar orasida o‘rnatiladi. 
Aloqa umumiy mumkin va litsenziyalanmaydigan ISM Band 
(Industrial, Scientific and Medical radio Band, Sanoat, Ilmiy va 
Tibbiyot radiochastotalari) radiochastotalar chegaralarida 13,56 MGs 
tashuvchi chastotada bo‘lib o‘tadi. Axborot signali energiyasining 
katta qismi 14kGsdagi chastotalar polosasida bo‘ladi, lekin 
amplitudaviy modulyatsiyalash ishlatilganida polosaning to‘liq 
kengligi 1,8MGsga etishi mumkin. 
Standartda ixcham antennalarda maksimal bo‘lishi mumkin 
ma’lumotlarni uzatilishi masofasi 10 smni tashkil etadi. 
NFC texnologiyasi orqali signalni ikkita kodlash turi ishlatiladi. 
Ulardan birinchisida aktiv qurilma ikkilik ma’lumotlarni 100%
amplitudaviy modulyatsiyali ikki darajali kodlash (shuningdek 
inglizcha adabiyotlarda Miller kodlashi deyiladi) ishlatiladi. Bunday 
rejimda uzatish tezligi 106 Kbit/sni tashkil etadi. 
Ikkinchisida, aktiv qurilma 10% amplitudaviy modulyatsiyali 
nolinchi sathga qaytishsiz kod (manchester kodi deyiladigan) 
ishlatiladi. Bunday rejimda malumotlarni uzatish tezligi 212 yoki 424 
Kbit/sni tashkil etishi mumkin. 
Passiv qurilma har doim 10% amplitudaviy modulyatsiyali 
manchester kodini ishlatadi. 
Binobarin, 
NFC 
qo‘llanadigan qurilmalar bir vaqtda 
ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin, ularga koliziyalarni 
aniqlash kerak bo‘ladi. Kolliziyalarni aniqlash uzatilgan va olingan 
signallarning chastotalarini taqqoslashga asoslangan va ular mos 
tushganida olingan signal yaroqsizga chiqariladi.
NFC texnologiyasi ma’lumotlarni kriptografik himoyalashga 
standartlarni o‘z ichiga oladi va u yuqori darajalar protokollari orqali 
ta’minlanishi ko‘zda tutiladi. 
NFC texnologiyasi mobil aloqa qurilmalarida qo‘llaniladi. Uchta 
asosiy ishlatish usullari amalga oshiriladi: 
Kartani emulyasiyalash
: NFC qo‘llanadigan qurilma simsiz 
kartani emulyasiyalash uchun ishlatiladi. 


192 
O‘qigich rejimi
: NFC qo‘llanadigan qurilma aktiv rejimda 
ishlaydi 
va 
passiv 
qurilmalardan, 
masalan 
radio-belgidan 
ma’lumotlarni o‘qiydi. 
Nuqta-nuqta rejimi
: NFC qo‘llanadigan ikkita qurilma aktiv 
rejimda ishlaydi va o‘zaro ma’lumotlarni almashlash uchun 
texnologiyani ishlatadi. 
Tavsiflangan rejimlar uchun jamoat transportida yo‘l haqini mobil 
to‘lovi, NFC qo‘llanadigan mobil qurilmalardan kredit/debet karta 
sifatida, 
reklama 
oynalaridan 
radiobelgilardan 
qo‘shimcha 
ma’lumotlarni o‘qish uchun foydalanish kabi ko‘plab qo‘llanishlar 
bo‘lishi mumkin. 
NFC texnologiyasidan foydalanish bilan Bluetooth 2.1 yoki Wi-fi 
kabi boshqa simsiz aloqa texnologiyalaridan foydalaniladigan o‘zaro 
ta’sirlashishni oddiy va tez sozlash mumkin. NFC texnologiyasini 
poezd, samolyot, konserlar va boshqalarga chiptalarni elektron bron 
qilish uchun, “elektron pullar” bilan hisoblashish uchun, sayohatchi 
xaritasi, shaxsni tasdiqlash guvohnomasi, xavfsizlik tizimlarida 
kontaktsiz kartalar sifatida (shu jumladan mehmonxonalar nomerlari, 
avtomobillar, maishiy qulflar kalitlari o‘rniga) qo‘llash mumkin. NFC 
qo‘llanadigan qurilmalarni birja savdosi, kontentni sotib olish, 
dasturiy arzonlashtirishlar va bonuslar va boshqalar uchun ishlatish 
mumkin. 

Download 3,49 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   117




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish