150
qatnashishi mumkin. IEEE 802.11 standarti tarmoq ikkita "Ad-hoc"
va mijoz/server(yoki infratuzilma rejimi – infrastructure mode) ishlash
rejimlarini aniqlaydi.
Infraqizil diapazondgia (IR) uzatish usullari.
Bu usulning
802.11
standartida
ishlatilishi
IQ
uzatkichdan
signalni
yo‘naltirilmagan nurlantirishga (diffuse IR) asoslangan. Nurlantirgich
va qabullagichning mos yo‘naltirilishini talab qiladigan yo‘naltirilgan
uzatish o‘rniga uzatiladigan IQ signal shipga nurlantiriladi. Keyin
signalni qaytish va uni qabul qilish bo‘lib o‘tadi. Bunda usul
yo‘naltirilgan nurlantirgichlarga qaraganda juda ravshan afzalliklarga
ega, lekin sezilarli kamchiliklari ham mavjud, IQ nurlanishni berilgan
to‘lqin diapzaonida (850 – 950 nm) qaytaradigan ship talab qilinadi,
butun tizimning ishlash radiusi 10 metrlar ilan cheklangan. Bundan
tashqari IQ nurlanishlar ob-havo sharoitlariga sezgir, shuning uchun
usulni faqat binolarning ichida qo‘llash tavsiya etiladi.
Ikkita 1 va 2 Mbps ma’lumotlarni uzatish tezliklari qo‘llanadi. 1
Mbps tezlikda ma’lumotlar oqimi kvartetlarga bo‘linadi, ulardan har
biri keyin modulyatsiyalash vaqtida bitta 16-talik impulslarga
kodlanadi. 2 Mbps tezlikda modulyatsiyalash usuli birmuncha
farqlanadi, ma’lumolar oqimi bitli juftliklarga bo‘linadi, ulardan har
biri bitta to‘rttalik impulslarga modulyatsiyalanadi. Uzatiladigan
signalning maksimal quvvati 2 Vtni tashkil etadi.