151
tarmoqning boshqa stansiyalari tarmoqni boshqarish uchun zarur
bo‘ladigan ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin.
Ulanishni nazorat qilish
uchun har bir ulanish nuqtasiga ESSID (yoki WLAN Service Area ID)
joylashtiriladi, uni bilmasdan mobil stansiya ulanish nuqtasiga ulana
olmaydi. Ulanish nuqtasi qo‘shimcha ravishda ulanishni nazorat qilish
ro‘yxati (Access Control List, ACL) deyiladigan
ruxsat etiladigan
MAS manzillar ro‘yxatini saqlaydi, bu bilan faqat MAS manzillari
ro‘yxatda bo‘lgan mijozlarga ruxsat etadi.
Ma’lumotlarni shifrlash uchun standart 40-bitli
ajratiladigan
kalitli RC4 algoritmidan foydalaniladigan shifrlash imkoniyatini
beradi. Bundan keyin stansiya ulanish nuqtasiga ulanishi bilan barcha
uzatiladigan ma’lumotlar bu kalitdan foydalanish bilan shifrlanishi
mumkin. Shifrlash ishlatilganidan ulanish
nuqtasi unga ulanishga
urinayotgan istalgan stansiyaga shifrlangan paketni jo‘natadi. Mijoz
o‘zini autentifikatsiyalash va tarmoqqa ulanishni olishi uchun to‘g‘ri
javobni shifrlash uchun o‘z kalitini ishlatishi kerak. Ikkinchi darajadan
yuqori 802.11b tarmoqlari boshqa 802 tarmoqlari kabi ulanishni
nazorat qilish va shifrlash uchun o‘sha standartlarni (masalan, IPSec)
ishlatadi.