144
kesishmalari nuqtalari bo‘yicha o‘z koordinatalarini aniqlaydi. Vaqt
bo‘yicha kechikish qiymati sun’iy yo‘ldoshlar nurlantiradigan va
qabul qilish qurilmalari generatsiyalaydigan signallar kodlarini
ularning mos kelishigacha vaqt bo‘yicha
surilishi usuli orqali
taqqoslash bilan aniqlanadi. Vaqt bo‘yicha surilish qabullagichning
soati bo‘yicha aniqlanadi. Kenglik, uzunlik, balandlik va xatoliklarni
bo‘lmasligini topish uchun vaqt bo‘yicha
surilishni aniqlashda
foydalanuvchining qabullagichi to‘rtta sun’iy yo‘ldoshlarni ko‘rishi va
ulardan navigatsion signallarni qabul qilishi kerak.
Tezlik foydalanuvchining harakatlanishi keltirib chiqaradigan
sun’iy yo‘ldosh signali tashuvchi chastotasining dopler surilishi
bo‘yicha aniqlanadi. Dopler surilishi sun’iy yo‘ldoshdan
qabul
qilinadigan va qabullagich generatsiyalaydigan signallar chastotalarini
taqqoslashda aniqlanadi.
Navigatsion signallar L-diapazonning (L-band, 390 dan
1550 MGsgacha radiochastotalar polosasi) ikkita 1575,42 MGs (L1)
va 1227,6 MGs (L2) chastotalarida nurlantiriladi. L2
chastotada
yuqori aniq ma’lumotlarli P(Y) harbiy kodli va imitatsion
halaqitlardan himoyalangan signallar nurlantiriladi. L1 chastotada
P(Y) harbiy kodli va ko‘pincha C/A deyiladigan umumiy
foydalanishdagi fuqaro kodli signallar nurlantiriladi. L1 va L2
chastotalardagi
signallarni
taqqoslash
ionosfera
orqali
radioto‘lqinlarning
o‘tishida
vujudga
keladigan
qo‘shimcha
kechikishni hisoblashga imkon beradi, bu navigatsion ma’lumotlarni
o‘lchashning
aniqligini
sezilarli
oshiradi.
Avtomobilning
koordinatalari 2 dan 5 metrlargacha aniqlikda aniqlanadi.
1994 yilning 28 martida GPS tizimi 6
ta orbital tekisliklardagi
24 ta KAlardagi shtatdagi konfiguratsiyada ishlay boshladi. ESY
korpusining o‘lchamlari 1.52 m 1.93 m 1.91 mni, quyosh
batareyalarining qadami 19.3 mni, maydoni 13.4 m. kvni tashkil
etadi. Bort elektr ta’minoti tizimining quvvati
ishlatilishi muddati
tugashida 1136 Vtni tashkil etadi. Apparatning ishga tushirilishidagi
og‘irligi 2032 kg ga, ishchi orbitadagi og‘irligi 1075 kg ga teng
bo‘ladi.
24 ta ESYlardan tashkil topgan
GLONASS guruhi orbitaga
chiqarilgan va fuqaro kodi uchun 50 metrdan ortiq bo‘lmagan xatolikli
koordinatalarni aniqlashga imkon beradi.