• Mavzu: Axborotlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik. Reja: Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish




    Download 45.39 Kb.
    bet1/3
    Sana30.05.2023
    Hajmi45.39 Kb.
    #67612
      1   2   3
    Bog'liq
    1 polatxonov 17-var
    3-лаб (1)

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTRISH VAZIRLIGI

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



    MUSTAQIL ISH

    Bajardi:Polatxonov B

    Toshkent-2023



    Mavzu: Axborotlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik.
    Reja:

    • Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar

    • Jinoyatlarga belgilangan javobgarliklar.

    • Foydalanilgan adabiyotlar.

    Bugungi dunyoda, aniqrog‘i, insoniyat hayoti faoliyati davomida axborot texnologiyalari sohasi keng tarqalganligi bilan bir qatorda, tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatni axborot texnologiyalaridan jinoiy maqsadlarda foydalanishdan samarali himoya qilish muammosini keltirib chiqarmoqda.
    Shu bois 2007 yil 27 sentabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi hamda 2007 yil 30 noyabrda Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida ma’qullandi va 2007 yil 26 dekabrda rasmiy e’lon qilinib, shu kundan e’tiboran kuchga kirdi.
    Avvalambor, mazkur qonunning qabul qilinishi sabablari, maqsadi, ahamiyati va zaruriyligi haqida to‘xtalib o‘tsak. Mustaqilligimizning birinchi kunlaridanoq mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va uni jamiyat hayotining barcha jabhalariga joriy etish masalasiga katta e’tibor berib kelinayapti. Natijada axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalardan kundalik hayotda va barcha sohalarda keng foydalanilmoqda.
    Bugungi kunda kompyuter yordamida bank faoliyati, iqtisodiyot, havo kemalarini boshqarish amalga oshirilmoqda, katta hajmli ma’lumotlarni yaratish, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish bilan bog‘liq axborot texnologiyalari ishlatilmaydigan biror-bir faoliyat sohasi qolmadi. Axborot texnologiyalari nafaqat ma’lumot, u yoki bu hodisa to‘g‘risida bilim olish, balki butun jamiyatni boshqarishning asosiy vositalaridan biriga aylanib bormoqda.
    Hozirgi kunda “axborot makoni” degan tushuncha vujudga kelgan va bu makonda asosiy o‘rinni kompyuter tizimlari egallaydi. Chunki ular yordamida turli manbalardagi ma’lumotlarni integratsiyalash va qayta ishlash imkoni mavjud. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bu sohada jinoyatchilikning yangi turlari vujudga kelishi ham tabiiy hol.
    Shu ma’noda, axborot texnologiyalari rivojining hozirgi bosqichida, axborot texnologiyalari kun sayin hayotimizning barcha jabhalarini qamrab olayotgan bir sharoitda mazkur sohani tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qilish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Chunki, axborot texnologiyalari tizimi rivojlangani sayin huquqbuzarliklarning ham yangi turlari kirib kelmoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish, kompyuter firibgarligi, kompyuter vaqtini o‘g‘irlash, ruxsati bo‘lmagan holda axborotlashtirish tizimiga kirish, zararli dasturlarni tarqatish, axborotlashtirish tizimidagi ma’lumotlarni yo‘qotish, o‘zgartirish yoki ularni qalbakilashtirish va shu kabi boshqa qilmishlar sodir etilmoqda.
    Chunonchi, xorijiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar amaliyotini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki XX asrning 90-yillarida Germaniyada kompyuter texnikasi vositasida yiliga 4 mlrd markagacha, Fransiyada bir mlrd. frankgacha, AQSHda bir necha mlrd. (6,36) dollargacha mablag‘ talon-toroj qilingan. “MI2G” deb nomlanuvchi Angliya tahlil kompaniyasi tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, 2003 yil davomida axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar natijasida jahon iqtisodiyotiga yetkazilgan zarar miqdori 132 mlrd dollardan oshib ketgan, 2004 yilda esa barcha turdagi axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlardan yetkazilgan iqtisodiy zarar 411 mlrd dollarni tashkil qilgan. 2005 yilda bu ko‘rsatkich 687 mlrd dollargacha yetgan. Demak, bu sohadagi jinoyatchilik va undan ko‘riladigan zarar miqdori yildan-yilga ko‘payib borayotir.
    Yuqoridagi kabi huquqbuzarlik holatlari bizga ham kirib kelmoqda. Bu salbiy holatning vaqtida oldi olinmasa, kelgusida uning rivojlanishi uchun sharoit yuzaga keladi. Axborot texnologiyalari sohasida sodir etiladigan qilmishlarning ijtimoiy xavfliligi juda yuqori bo‘lib, ular aholining, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashiga, inson sha’ni va qadr-qimmatiga ziyon yetkazadi. O‘zgalar mulkini katta miqdorda talon-toroj qilishga hamda zarar yetkazishga olib keladi. Turli xil bo‘hton yoki uydirmalar tarqatish orqali milliy va jamoat xavfsizligiga, davlatning mudofaa va harbiy qudratiga tahdid soladi va shu kabi boshqa ko‘plab og‘ir ijtimoiy xavf-xatarlarni keltirib chiqaradi.
    Axborot texnologiyalari sohasida sodir etiladigan jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi shundaki, ular chegara bilmaydi, ya’ni ushbu jinoyatlar dunyoning istalgan burchagidan chegarani bosib o‘tmasdan sodir etilishi, istalgan bankdan katta miqdordagi mablag‘lar boshqa hisob raqamiga o‘tkazilishi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumot bazasining kodini buzish kabi xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
    Jinoiy ishlar masalalari bo‘yicha BMT departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, uyushgan jinoyatchilik orqali ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslar har yili bir trillion AQSH dollari miqdorida sof foyda oladilar.
    Ushbu muammoga tegishli xalqaro standartlar va xorijiy tajriba, Yevropa mamlakatlari hamda MDH qonunchiligi tahlili shuni tasdiqlaydiki, birinchi marta xalqaro miqyosda kompyuter sohasidagi jinoyatlar muammosini ko‘rib chiqishga urinish Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tashabbusi bilan amalga oshirilgan. O‘tgan asrning 80-yillarida shu tashkilot tomonidan bir qator axborot texnologiyalari sohasidagi xatti-harakatlarni jinoiy jazoga loyiq, deb topish tavsiya etilgan.
    Axborot texnologiyalaridan jinoiy maqsadlarda foydalanishning oldini olishga qaratilgan bir qator xalqaro hujjatlar mavjud bo‘lib, sakkizlik tarkibiga kiruvchi davlatlar rahbarlari tomonidan 2000 yil 22 iyulda imzolangan Okinava global axborot jamiyati xartiyasi, Yevropa Kengashining 1981 yil 28 yanvardagi Shaxsiy ma’lumotlarni avtomatlashtirib ishlov berish odatlarida jismoniy shaxslarni himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi hamda 2001 yil 23 noyabrdagi Kibernetik
    jinoyatchilik to‘g‘risidagi konvensiyasi, Axborot jamiyati qurish prinsiplari deklaratsiyasi shular jumlasidandir.
    Ushbu xalqaro hujjatlardan aynan Okinava global axborot jamiyati xartiyasi dunyo hamjamiyatining xavfsiz va jinoyatdan xoli bo‘lgan kibernetik muhit yaratishda hamjihatlikda harakat qilishni nazarda tutadi. Yevropa Kengashiga a’zo davlatlar tomonidan 2001 yil 23 noyabrda imzolangan Kibernetik jinoyatchilik to‘g‘risidagi konvensiya kompyuter axborotlari va tizimlari bilan bog‘liq bo‘lgan jinoiy huquqbuzarliklarni ta’qib etishning samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, 2004 yil 1 iyuldan kuchga kirgan.
    Yevropa mamlakatlari Jinoyat kodeksida bir qator kompyuter huquqbuzarliklari uchun javobgarlik belgilangan. Kompyuterga ruxsatsiz kirish yoki ruxsat berilgan chegaralardan chetga chiqish, zarur ehtiyot choralariga amal qilmaslik, qasddan viruslar tarqatish, kompyuter firibgarligi, kompyuterdan foydalanib talon-toroj qilish, kompyuter sabotaji, elektron xabarlar maxfiyligini buzish (turli tahrirda), kompyuter ma’lumotlarini ruxsatsiz egallash, blokirovka qilish, nusxa ko‘chirish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, kompyuter tizimi yoki maxsus texnika vositalarining to‘g‘ri ishlashini buzish, kompyuter texnologiyalari yordamida pornografik mahsulotlar tayyorlash, kompyuter texnikasi yordamida hujjatlar, kompyuter yozuvlarini qalbakilashtirish ana shunday huquqbuzarliklar qatoriga kiradi.
    1996 yil 17 fevralda Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi qarori bilan MDHga a’zo davlatlar uchun qabul qilingan va tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan Namunaviy Jinoyat kodeksining XII bo‘limi “Axborot xavfsizligiga qarshi jinoyatlar” deb nomlanib, unda yuqorida sanab o‘tilgan qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
    Hozirda mamlakatimiz sud-tergov amaliyotida ro‘yxatga olingan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan qilmishlar soni ko‘p emas, fikrimizcha, buning sababi, ushbu qonun qabul qilinguniga qadar bu turdagi ijtimoiy xavfli qilmishlarni faqat umumiy tartibda Jinoyat kodeksining 174-moddasi (ushbu qonun bilan chiqarilgan) bilan “axborotlashtirish qoidalarini buzish” deb javobgarlikka tortilar edi.
    Bugungi kunda bu turdagi jinoyatlarning kirib kelish xavfi kattaligi, ijtimoiy xavfli oqibatlarining yuqoriligi, yetkaziladigan zararning ko‘pligi, mazkur jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksida javobgarlikni nazarda tutuvchi faqat bittagina moddaning mavjudligi, u axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning barcha turlarini qamrab olmaganligi, uning oldini olish va unga qarshi kurashda jinoyat huquqiy choralarning hozirgi davr talablariga javob bera olmasligi axborotlashtirish sohasidagi jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish uchun jinoiy javobgarlikni kiritishni taqozo etadi.
    Yuqoridagi holatlarni chuqur tahlil qilgan holda qabul qilingan “Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 4 moddadan iborat bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilangan.
    Qonunning 1-moddasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining “Axborotlashtirish qoidalarini buzish” nomli 174-moddasi chiqarib tashlandi va unda belgilangan ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun javobgarlik Jinoyat kodeksiga birinchi marotaba alohida kiritilgan “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” nomli XX 1 bobda alohida moddada (278 1 -modda) belgilandi.
    Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar ijtimoiy xavfli bo‘lib, axborotlashtirish qoidalarini buzish, kompyuter axborotidan, tizimidan qonunga xilof ravishda foydalanish, kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish, kompyuter sabotaji, zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish kabi harakatlarda namoyon bo‘ladi.
    Kiritilgan yangi bobda 6 ta modda nazarda tutildi. Bular: “Axborotlashtirish qoidalarini buzish” (278 1 -modda); “Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish” (278 2 -modda); “Kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish” (278 3 -modda); “Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish” (278 4 -modda); “Kompyuter sabotaji” (278 5 -modda); “Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish” (278 6 – modda).
    Bu jinoyatlarning aksariyati (278 1 -, 278 2 -, 278 4 -, 278 5 -moddalari) moddiy va ma’naviy zarar bilan bog‘liq bo‘lib, turli xildagi zarar yetkazilganda jinoyat deb topiladi. Jumladan, “Axborotlashtirish qoidalarini buzish” (278 1 -modda), “Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish” (278 4 -modda) jinoyatlarining zaruriy belgisi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazish bilan bog‘liq bo‘lganda aybdorlar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

    Download 45.39 Kb.
      1   2   3




    Download 45.39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish

    Download 45.39 Kb.