• Tekshirdi:Allambergenov A.J. Imzo:____________ Reja: 1. Etikaning mohiyati va ahamiyati. 2. Axloqning funktsiyalari
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Fakulteti “Kompyuter injiniring” Yo`nalishi “At-Servis ”




    Download 95.06 Kb.
    bet1/3
    Sana19.06.2023
    Hajmi95.06 Kb.
    #74267
      1   2   3
    Bog'liq
    Allambergen 6 falsafa
    Metall oyna(amorf qotishma)lar, Materialshunoslik, Hayotning paydo boʻlishi - Vikipediya, Windows Server boshqaruvi 1-amaliy ish, 7 maruza, 4-иавзу.КИМ, 1- lab, 2023 7-Sinf KIMYO NAZORAT ISHI daftar 2022, Mavzu Ko\'p omilli shaxs o\'rganish so\'rovnomalar. Reja, Корпоратив тест-200, Fotima Jo`rayeva, Toliboyeva Barno 17


    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali
    Fakulteti “Kompyuter injiniring”
    Yo`nalishi “At-Servis ”
    1-kurs talabasi Jarilkapbergenov Allambergen
    Ma`vzu: Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika)



    Ishladi: Jarilkapbergenov Allambergen
    Tekshirdi:Allambergenov A.J. Imzo:____________


    Reja:
    1. Etikaning mohiyati va ahamiyati.
    2. Axloqning funktsiyalari.

    Etikaning mohiyati va ahamiyati.
    Odam jamiyatda yashab turib, jamiyatdan xoli bo‘la olmaydi. Bu holat kishining barcha ishiga, jumladan, axloqiga ham bevosita yoki bilvosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, uning yurish-turishiga nisbatan muayyan tarbiyaviy-ma’rifiy talablar qo‘yadi, qoidalar ishlab chiqadi. Odamlarga baho berilganda, uni yoshidan, kasbidan, darajasidan qat’i nazar axloqli yoki axloqsiz, tarbiyali yoki tarbiyasiz, ziyoli, o‘qigan bo‘lsa ham uqmagan ekan, deb baho beriladi.
    Bunda biz kishilarning ma’naviy qiyofasini xulq-atvorini, yaxshi yoki yomon xatti-harakatini ifodalagan bo‘lamiz. Binobarin, har bir odam bir olam bo‘lsa ham, u takrorlanmas noyob, o‘zigagina xos bir mo‘‘jiza bo‘lgan taqdirda ham bir o‘zi yashay olmaydi, baxtli ham, baxtsiz ham bo‘la olmaydi. SHunday ekan odam mehnati, tabiati, ruhiyati bilan jamiyatga chambarchas bog‘liq va o‘zaro ta’sirga ega.
    Abdulla Avloniy fikrini davom ettirib bu muammoga chuqurroq yondoshadi: «Axloq ilmini o‘qub, bilub amal qilgan kishilar o‘zining kim ekanini, janobi haq na uchun xalq qilganin, er yuzida nima ish qilmak uchun yurganin bilur. Bir kishi o‘zidan xabardor bo‘lmasa, ilmni, ulamoni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning qadrini, qimmatini bilmas. O‘z aybini bilub, iqror qilub, tuzatmakg‘a sa’y va qo‘shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidur»1.
    Axloq lotincha «moralis», «mores» so‘zlaridan olingan bo‘lib, ma’nosi xulq, odat demakdir. Axloq so‘zi arabcha bo‘lib, xulq so‘zining ko‘pligidir.
    Axloq – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o‘zaro, shuningdek, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi, barqaror, muayyan norma va qoidalar yig‘indisi. Axloq normalari kishilarning xatti-harakatlarida o‘z ifodasini topadi. Bunda ba’zi xatti-harakatlar, xulq-atvorlar, axloqiy, ba’zilari axloqsizlik deb baholanadi.
    Axloq ijtimoiy ongning qadimgi shakllaridan biridir. Davr o‘zgara borgan sari har qanday hodisa kabi axloq ham o‘zgaradi, rivojlanib, takomillashib, ma’naviy madaniyatning ko‘rinishlaridan biriga aylanib boradi. Axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va me’yori, o‘zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo‘lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir. Axloq, darhaqiqat, ma’naviyat negizidir, asosidir, deyilsa xato bo‘lmaydi. Axloqni alohida falsafiy fan – «etika» o‘rganadi.
    Etika, yunoncha «ethos» so‘zidan olingan bo‘lib, ma’nosi xulq, odat demakdir. Etika qadimda fizika va mantiq bilan birgalikda falsafaning uzviy – uchinchi qismi hisoblanar edi. Keyinchalik Arastu birinchi bo‘lib, «Etika» («Nikomax etikasi» va «Siyosat») asarini, darsligini yozgach, u alohida falsafiy yo‘nalishdagi fan maqomini oladi. Etikaning boshqa falsafiy fanlardan farqi, o‘ziga xosligi shundaki, unda nazariya bilan amaliyotning, faoliyatning omuxtaligi va uyg‘unligidir ya’ni bir-birini taqozo etishidir. Qadimgi antik davr donishmandlaridan birining fikricha, falsafani azim daraxt - chinorga qiyos qilsak, uning ildizi tabiat haqidagi ta’limotlar, poyasi – mantiq, mevasi esa – etikadir.

    Download 95.06 Kb.
      1   2   3




    Download 95.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Fakulteti “Kompyuter injiniring” Yo`nalishi “At-Servis ”

    Download 95.06 Kb.