|
Signal protsessorlarini umumiy strukturasi
|
bet | 2/5 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #114380 |
Bog'liq Oxunjon tizimlar ma\'ruzaSignal protsessorlarini umumiy strukturasi
Ko‘p signal protsessorlari ishlov berish tezligi nazorat yoki boshqaruv obe’ktlari tomonidan beriladigan real vaqt tizimida ishlaydi. Ish jarayonida obe’kt ishiga aralashishning va ishlayotgan ishlov beruvchi dasturga o‘zgartirish kiritishg imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun SP uchun dasturlarni tayyorlash va sozlash jarayonida foydalanuvchilar ko‘p vaqtni sarflashlari kerak bo‘ladi. Signal protsessorlarida dasturlash bir muncha unumli bo‘lgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va sozlash vositalarini talab etadi
Xotirani tashkil etishning anʼanaviy sxemalarida (masalan, serverlar eski personal kompyuterlar uchun) barcha eslab qoluvchi qurilmalar protsessorli, ichki va tashqi boʼlishi mumkin. SP arxitekturasida xotiraga muhim rol ajratilgan, chunki SPda nisbatan sekin ishlovchi tashqi qurimalar yoʼq. Signal protsessorlarning asosiy xotirasi protsessor kristalli ichiga yigʼilgan, shuning uchun tashqi xotira deganda tizimli platada joylashgan, chiplar koʼrinishidagi xotira nazarda tutiladi. Protsessor buyruqlarining cheklangan soni, yuqori tezlikda ishlov berish talablari, koʼp sonli bir tipdagi MАS – amallar SRIB tizimlarida xotiradan foydalanishning oʼziga xos xususiyatlarini belgilaydi.
Signal protsessorlari xotirasining tashkil etilishini yaxshiroq tushinish uchun xotirani protsessorlarning garvard arxitekurasiga asoslangan joylashtirishi ikki darajasini koʼrib chiqishi mumkin. Protsessor kristallida buyruqlar xotirasi va maʼlumotlar xotirasi joylashtirilgan. Bu signal protsessorning ichki xotirasi. U nisbatan kichik sigʼim va yuqori taʼsirga ega. Protsessor kristalliga nisbatan tashqi xotira ancha katta sigʼim, biroq kichik taʼsirga ega. Kesh-xotira ichki xotira kategoriyasiga kiradi, lekin mustaqil funktsiyalarni bajaradi.
Signal protsessorlarning ishlov berish algoritmlarida maʼlumotlar konstantalar, oʼzgaruvchilar va massivlarning ramziy nomlari ѐki bevosita konstantalar bilan taqdim etiladi. Maʼlumotlarning protsessorda taqdim etilish va ishlashini belgilovchi muhim xarakteristika bu maʼlumotlar turidir. Maʼlumotlarning quyidagi asosiy turlari mavjud:
butun;
xaqiqiy;
kompleks;
mantiqiy;
matnli.
|
| |