• Signal protsessorlarida qo‘llaniladigan manzillash usullari.
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti tizimlar va signallarni qayta ishlash




    Download 0,8 Mb.
    bet3/5
    Sana09.12.2023
    Hajmi0,8 Mb.
    #114380
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Oxunjon tizimlar ma\'ruza

    Protsessor razryadlari. Agar protsessor takt chastotasini daryoda suvni oqish tezligiga qiyoslansa razryadlarini daryo o‘zani kengligiga qiyoslash mumkin. Ikki barobar katta razryadli protsessor bir vaqt birligida ikki marta ko‘p berilganlarni qayta ishlashga qodir. Albatta, buning uchun maxsus optimallashtirilgan dastur ta’minoti zarur. Xozirgi kunda protsessorlarni juda ko‘pchiligi 32-razryadli (ya’ni 32-bitli). Bu albattaochiq nomunosiblikdir, chunki kompyuter tarkibiga kiruvchi ko‘p qurilmalar, shu jumladan shina xam 64 va 128 bit razryadga ega! 64-razryadli protsessorlarga o‘tish uchun operatsion tizimlarni yangi versiyalari zarurdir
    Signal protsessorlarida qo‘llaniladigan manzillash usullari.
    Istalgan kompyuterning buyruqlar tizimi arxitekturasida, jumladan, signal protsessorlarda operandlarni manzillashlashning turli usullari ko‘zda tutilgan. Eng avval “ijrochi manzil” va “manzilli kod” tushunchalarini aniqlash kerak. Operandning ijrochi manzili deb, xotira yacheykasi nomerining operand manbai va priyomnigi sifatida xizmat qiluvchi ikkilamchi kodi ataladi. Ushbu kod xotiraning manzilli kirishlariga uzatiladi, u orqali ko‘rsatilgan yacheykaga murojaat amalga oshiriladi. Agar operand asosiy xotirada emas, signal protsessor registrida saqlansa, ushbu registr nomeri uning ijrochi manzili bo‘ladi.
    Buyruqning manzilli kodi – buyruqning manzilli maydonidagi ikkilamchi kod bo‘lib, undan operandning ijrochi manzilini shakllantirish kerak. Zamonaviy kompyuterlarda ijrochi manzil va manzilli kod, qoida bo‘yicha mos kelmaydi va ma’lumotlarga kirish uchun tegishli o‘zgartirish talab qilinadi. Manzillash usuli – bu operandning ijrochi manziliniing buyruq manzilli kodi bo‘yicha shakllantirish usulidir.
    Buyruqda manzillar bilan bir qatorda bajarilishi kerak bo‘lgan amal turi ham ko‘rsatiladi. Shunday qilib, buyruq umumiy holatda:
    − bajarilishi kerak bo‘lgan amalni;
    − amal bajarilishi kerak bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar manzillari;
    − amal natijasi joylashtirilishi kerak bo‘lgan amalni ko‘rsatishi kerak.
    Shunday qilib, manzillash – bu operandga murojaat bo‘lib, buyruqda unga ko‘rsatma bor. Operandlar, saqlanish joyiga ko‘ra, turli usullar bilan ko‘rsatilishi mumkin. Saqlanish joyiga ko‘ra operandlar:
    − ma’lumotlar xotirasi yacheykalari manzillari bilan (yacheyka nomeri manzil deyiladi);
    − agar operandlar registrlarda saqlansa, registrlar nomi bilan;
    − agar operand buyruqning o‘zida bo‘lsa, konstantalar bilan ko‘rsatilishi mumkin.

    Download 0,8 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti tizimlar va signallarni qayta ishlash

    Download 0,8 Mb.