Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/114
Sana24.12.2023
Hajmi3,49 Mb.
#127893
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

 
5.5. Kognitiv radio 
 
 
 
Kognitiv radio (Cognitive Radio System, CRS) bu o‘z 
ishlatilishi o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumotlarni ola oladigan 
va bu ma’lumotlar asosida o‘zining ishlashi parametrlarini tuzata 
oladigan radiotizim hisoblanadi. Bunday tizim alohida radioaloqa 
xizmati hisoblanmaydi, balki mavjud radioxizmatlardan istalgani 
doirasida texnologiya sifatida ishlatiladi. Buning uchun u mos 
chastotalar polosasida birlamchi yoki ikkilamchi asosda ishlatilishi 
imkoniyati bo‘lishi kerak [28,29]. 
Kognitiv radio texnologiyasi ishlatiladigan radiochastota spektri 
resurslarini samaraliroq boshqarish uchun terminallar va bir necha 
radiotizimlar, radioaloqa tizimlari operatorlari orasida bog‘lanishlarni 
rekonfiguratsiyalashda, shuningdek radiochastotalar spektriga yanada 
tez moslashuvchan ulanishni tashkil etishda va jamoaviy vosita 
sifatida ishlatilishi mumkin. 
Smartfonlarning keskin ortishi tufayli simli tarmoqlarda 
ma’lumotlarni uzatish chastotalarning halokatli yetishmasligiga 
uchrashi mumkin, shuning uchun XEAI mobil operatorlarga va 
tadqiqotlar 
laboratoriyalariga 
spektrdan 
yanada 
samaraliroq 
foydalanish uchun yechimlarni qidirish bo‘yicha urinishlarni 
kengaytirishni tavsiya etdi. Bunday yechimlardan biri kognitiv 
radioning ishlatilishi hisoblanadi, u bu momentda ishlatilmayotgan 
chastotalar 
polosasini 
aniqlashi 
va 
ma’lumotlarni uzatilishi 
uzilmasdan bunday bo‘sh kanallar orasida qayta ulanishi mumkin. 
Kognitiv radio tamoyilini ishlatadigan va CogRadio deyiladigan 
bunday qurilmalarning birinchilaridan biri Nyu-Jersida yaratilgan. 
Ishlab chiqilgan yuqori tezlikli namuna bo‘lishi mumkin maksimal 
100 MGsdan 7.5 GGsgacha chastotalar diapazonlarida, shu jumladan 
televidenie, Wi-Fi va GSM uchun chastotalarda ishlashi mumkin va 
spektrdan samaraliroq foydalanishga imkon beradi. Qurilma band 
bo‘lmagan chastotalarni detektorlay oladi va ular orasida 50 
mikrosekundda qayta ulana oladi, alohida hollarda esa videoqimlarni 
translyasilash uzilmasdan 1 mikrosekundda qayta ulana oladi. 
Shuningdek qurilma tijorat mahsulotlarida ishlatiladigan dasturiy 
ta’minotlarni ishlatishi va testlashi mumkin. Ma’lumotlar sekundiga 


197 
400 Mbit tezlikda uzatiladi, bu mavjud Wi-Fi qurilmalardagidan 
ancha tez. 
Kognitiv radio butun qator yangi xizmatlarni yaratishi mumkin. 
Masalan, u sotali qo‘ng‘iroqlarni Wi-Figa marshrutlashtirishi mumkin, 
bu bugungi kunda uncha katta bo‘lmagan simsiz microcell bazaviy 
stansiyalarda amalga oshirilmoqda va Internetga ulanish uchun optik 
toladan foydalanishni inkor etishi mumkin, buning o‘rniga esa mavjud 
400 MGs diapazondagi televidenie spektri ishlatilishi mumkin. 
Barcha bunday loyihalardagi eng katta muammo katta 
chastotaning tez qayta ulanishi va yuqori o‘tkazish qobiliyati 
hisoblanadi. Katta unumdorlikni ishlatilishi uchun ko‘p ishlar - chip 
dizayni, interfeys va boshqa ko‘p ishlarni amalga oshirilishi turgan 
bo‘lsada, kognitiv radio bunday loyihalar uchun ideal to‘g‘ri keladi 
Shu bilan birga, dunyoda ehtiroslar jo‘sh urmoqda, chunki mobil 
tarmoqlarga talablar ortmoqda. Bell Labs 2020 yilga kelib mobil trafik 
25 martaga, Cisco 18 martaga oshadi deb hisoblaydi, FCC esa mavjud 
spektr yaqin yillarda tugashini va bu holda yangi texnologiyalar 
hayotiy zarur bo‘lishini ta’kidlaydi. Bularning barchasi sohani yangi 
texnologiyalarni rivojlantirishga majburlaydi. 
Maxsus chastotalarni ajratilishiga ehtiyoji bo‘lmagan va 
qandaydir qo‘shimcha simsiz texnologiyalarga ehtiyoji bo‘lmagan 

Download 3,49 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish