kognitiv radio (cognitive radio) asosidagi sotali aloqa tarmog‘i




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/114
Sana24.12.2023
Hajmi3,49 Mb.
#127893
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

kognitiv radio (cognitive radio) asosidagi sotali aloqa tarmog‘i 
AQShda test rejimida qurilgan. Bu ikkita elementlaridan bir bo‘lgan 
tarmoq yoki simsiz uzel ruxsat etishga (litsenziyaga) ega bo‘lgan yoki 
ega bo‘lmagan foydlanuvchilarda o‘zaro halaqitlarni olini oladigan 
samarali va ratsional aloqa uchun o‘z uzatish va qabul qilish 
parametrlarini o‘zgartiradigan simsiz kommunikatsiyalash tizimi 
hisoblanadi. Intellektual aloqaning bunday parametrlarini o‘zgartirishi 
radiochastotalar 
spektri, foydalanuvchining o‘zini tutishi va 
tarmoqning holati kabi tashqi va ichki radio muhitning bir necha 
omillarini aktiv kuzatishga asoslangan. 
Hozirgi vaqtda rivojlangan davlatlarda butun chastotalar spektri 
taqsimlangan 
va 
qat’iy litsenziyalanadi. CHastotalar doimo 
etishmaydi, lekin bunda ular juda samarasiz ishlatiladi. Kognitiv 
radioning (yoki yana intellektual radialoqa deyiladigan) asosiy 
tamoyili chastotaning yuklanishini dinamik boshqarilishidan iborat. 
Bu juda murakkab texnik jarayon bo‘lib, uning ma’nosi shundan 
iboratki, bitta aloqa kanalili sotali tarmoqda bitta foydalanuvchi 
ikkinchi 
foydalanuvchiga 
kanal 
kerak 
bo‘lmaganida undan 


198 
foydalanishi mumkin. Oddiy aytganda, kimgadir ajratilgan chastotalar 
egasiga kerak bo‘lmagan momentda ishlatilishi mumkin. Binobarin, 
yuklanganlik ko‘pincha yuqori emas, masalan, abonent ma’lum vaqt 
mobaynida mobil telefon bo‘yicha so‘zlashadi, qolgan vaqtlarda esa 
telefon kutish rejimida bo‘ladi, u holda shunday qilib, qo‘shimcha 
chastotalarni qidirish zaruratisiz sezilarli chastotalar resurslari 
mumkin bo‘lib qoladi. 
Kognitiv radioning o‘ziga xos xususiyatlari turli chastotalardagi 
signallarni olishi va uzata olishi hisoblanadi. Bunday tizimlarning 
xususiy hollari taqsimlangan spektr va fazo-vaqt bo‘yicha 
multiplekslash texnologiyalari hisoblanadi. Bunday tizimlarning 
ishlatilishi alohida oxirgi qurilmalarning funksionalligini oshirish va 
ularning konvergensiyalanishini ko‘zda tutadi, televidenie, mobil 
aloqa va radio uchun faqat bitta qurilma talab qilinadi. Bu sinfdagi 
texnologiyalarning alohida nimsinfini «intellektual» radio tashkil 
etadi, u elektromagnit muhitni tahlil qilishni o‘tkazadi va uzatish 
uchun vaqtincha yoki doimo ishlatilmaydigan chastotalarni topadi, bu 
har bir bunday chastotada uzatiladigan ma’lumotlar sonini oshirishga 
imkon beradi. Kognitiv radio bu ma’nosi bo‘yicha hisoblash modeli 
hisoblanadi. 
Sinov simsiz tarmog‘i Florida shtaning Fort-Loderdeyl shahrida 
testli rejimda ishga tushirilgan. XG texnologiyasi simsiz “uy” 
telefonlarida, 
quloqchinlarda, 
kompyuter 
sichqonchalarida 
va 
boshqalarda ishlatiladigan 900 MGs diapazonda litsenziyani talab 
qilmaydigan bo‘sh 900 MGs diapazonda ishlaydigan o‘z bazaviy 
stansiyalari va maxsus telefonlarni o‘z ichiga oladi. 
Xmax sinov simsiz tarmog‘i ikkita bazaviy stansiyalar va mobil 
telefonlardan tashkil topgan. Har bir radiostansiya bo‘sh diapazonni 
sekundiga 33 martta skanerlaydi. Agar boshqa signal topilsa, 
telefonlar va bazaviy stansiyalar boshqa diapazonlarga qayta sozlanadi 
va barqaror aloqani saqlaydi. XG turdagi tarmoq standart 
yacheykasining oltita stansiyalaridan har biri taxminan to‘rt 
kilometrlar radiusdagi qurilmalarga xizmat ko‘rsatish mumkin, buni 
sotali aloqaning oddiy bazaviy stansiyasi bilan tenglashtirsa bo‘ladi. 
Simsiz tarmoq 110 ming aholi yashaydigan shahar joyini qamrab 
oladi. Bunda endi minglab qurilmalar – xavfsizlik, video enagalar 
simsiz kameralari, simsiz telefonlar va boshqalar ishlaydigan 
chastotalar ishlatiladi. Shunga qaramay, intellektual tizim shunchalik 
tez moslashuvchanki, samarasiz ishlatiladigan va umuman 15 %ga 


199 
band bo‘lib qolgan, qurilmalar “unutgan” bo‘sh chastotalardan 
foydalanish bilan litsenziyalangan sotali aloqa bilan tenglashtirsa 
bo‘ladigan sifatni ta’minlashga imkon beradi. Barcha diapazonlar turli 
signallar bilan band bo‘lgan joylarda intellektual radioaloqa band 
bo‘lmagan “oynalarni” topadi va bitta “oynadan” boshqalariga sakrash 
bilan barqaror bog‘lanishni ta’minlaydi. Intellektual aloqadan 
foydalanish uchun litsenziyalanmagan diapazonlara band bo‘lmagan 
chastotalarni ishlatishi mumkin bo‘lgan maxsus telefon zarur bo‘ladi. 
Ikkinchi sinov simsiz tarmog‘i Nyu-Meksikodagi AQSh Fort 
Blis armiya mashq bazasida qurilgan. Harbiylar barcha diapazonlar va 
aloqa turlarini (ovoz, video, test xabarlari, elektron pochta va 
ma’lumotlarga ulanish) ishlata oladigan va jang maydonida barqaror 
tizimga avtomatik qurila oladigan kommunikatsion tarmoqni 
yaratilishidan manfaatdor. Nazariy jihatdan bunday tizim buzilgan 
kommunikatsiyalarni mustaqil qayta tiklaydi va radioelektron qarama-
qarshilik sharoitlarida barqaror aloqani ta’minlaydi. 
Kognitiv radio asosida Rossiya Birlashgan asbobsozlik 
korporatsiyasida yangi strategik bombardimonchi samolyoti uchun 
aloqa tizimi ishlab chiqilgan. Ishlatilgan yangi texnologiyalar er 
punktlari bilan dushman aniqlash tizimlari uchun sezilmaydigan 
ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi. 
Kognitiv radio aloqa vositalariga ma’lumotlarni almashlash 
uchun mumkin bo‘lgan spektrni tahlil qilishni o‘tkazishga, 
ishlatilmayotgan chastotalar polosalarini aniqlashga va ularga qayta 
ulanishning avtomatik amalga oshirishga imkoniyatini beradi. Bu 
radioelektron so‘ndirish ta’sirini deyarli so‘ndiradi. Aloqa tizimlari 
modulli tamoyilni hisobga olish bilan konstruksiyalandi, tizimning 
bloklari qayta dasturlashtirilish imkoniyatiga ega, istalgan vaqtda 
zarur vazifaga muvofiq ravishda dasturlar to‘ldirilishi yoki 
almashtirilishi mumkin. 
Intellektual radioaloqaning chastotalar spektridan samaraliroq 
foydalanilishi tomonidan juda katta potensiali ko‘plab kompaniyalar 
va ilmiy laboratoriyalarni bu sohada ishlashni boshlashga undadi. XG 
tizimlari xuddiy oddiy GSM tarmoqlari kabi qurilishi mumkin. 
Intellektual radioaloqa ishlashni boshlaydigan birinchi joylar butun 
chastotalar diapazoni deyarli tugagan hududlar yoki sotali aloqa 
qamrovi bo‘lmagan qishloq joylari bo‘lishi mumkin.
Tizimni ishlab chiquvchilar mavjud tarmoqlarga qo‘shimcha 
sifatida XG tamoyillarini joriy etishni istashmoqda. U holda turli 


200 
simsiz qurilmalar ham litsenziyalanadigan, ham bo‘sh turli 
diapazonlarga ulanishni dinamik ola oladi. Masalan, Wi-Fi 
chastotalari yuklanishida ular 900 MGs chastotaga o‘tish imkoniyatini 
oladi. Bundan tashqari, XG tizimi analog teleuzatishlarni translyasiya 
qilish tugashi tufayli yanada ko‘p bo‘ladigan litsenziyalanmaydigan 
chastotalar “bo‘sh joylarida” ishlaydigan yangi tarmoqlarning 
“sig‘imini” oshirishi mumkin. 
Kognitiv 
radio yakunda 
barcha 
simsiz 
qurilmalarning 
birlashtirilishiga 
olib 
kelishi 
mumin 
va 
buning 
hisobiga 
foydalanuvchining murakkabroq qurilmalar bilan o‘zaro ta’sirlashishi 
asta-sekin 
soddalashadi. 
Kognitiv 
radioga 
o‘z intellektual 
imkoniyatlari haqida, shuningdek ular bilan foydalanuvchi bajarishi 
mumkin bo‘lgan amallar spektri haqidagi ma’lumotlar qo‘yilgan. 

Download 3,49 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



kognitiv radio (cognitive radio) asosidagi sotali aloqa tarmog‘i

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish