Radiochastotaviy identifikatsiyalash




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/114
Sana24.12.2023
Hajmi3,49 Mb.
#127893
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

 
5.4. Radiochastotaviy identifikatsiyalash 
Keng ma’lum bo‘lgan tovarlarni shtrixli kodlash texnologiyasi 
tovarga elimlanadigan kodli belgi va bu kodlar skaneri yordamida 
amalga oshiriladi. Shtrix-kodlar yordamida belgilash tovarlarni 
identifikatsiyalash jarayonini avtomatlashtirishga va bu bilan ularni 
ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berish jarayonlarida qayta 
ishlashga sarflarni keskin qisqartirishga imkon beradi. Lekin 
ko‘pincha identifikatsiyalashning ishonchliligini kamaytiradigan real 
ishlatish sharoitlari (chang, ifloslanish va h.k.) mavjud. Bundan 
tashqari, zamonaviy logistika, birinchidan, identifikatsion kodlarni 
o‘qish masofasini bir necha metrlargacha oshirilishini, ikkinchidan, 
ko‘plab belgilarni bir vaqtda o‘qish imkoniyatini ta’minlanishini va 
nihoyat, uchinchidan fodalanish ma’lumotlarini belgiga yozilishi 
imkoniyatlarini ishlatilishini talab qiladi. Aynan bu masalalarni RFID 
texnologiyasi yechadi [28]. 


194 
Shtrix – kodli texnologiyalar kabi RFID apparaturasi belgi va 
o‘qigichdan (skanerdan) tashkil topgan. Radiochastotalar diapazoniga 
bog‘liq ravishda RFID apparaturasi ikkita turli variantlarda ishlatiladi. 
Past chastotalardan yuqori chastotalargacha sohada (30 
MGsgacha) belgi va o‘qigich birlamchi chulg‘amiga o‘qigich, 
ikkilamchi chulg‘amiga belgi ulangan transformatordagi kabi magnit 
maydon 
orqali 
o‘zaro 
ta’sirlashishadi. 
Magnit 
maydon 
kuchlanganligining keskin tushishi tufayli bunday RFID tizimlarning 
ishlash masofasi bir necha o‘nlab santimetrlarni tashkil etadi. 
Ultra yuqori chastotalar sohasida (UHF diapazon – 300 MGsdan 
3 GGsgacha) belgi va o‘qigich orasidagi aloqa elektromagnit 
to‘lqinlar yordamida amalga oshiriladi va bunday RFID tizimlarning 
(passiv belgili) ishlash masofasi metrlar birliklarigacha ortadi. Ishlash 
masofasini keyingi 10…100 metrlargacha oshirilishi yarim passiv va 
aktiv belgilar qo‘llanilishi bilan erishilishi mumkin. 
UHF tizimidagi passiv belgili RFID tizimning blok-sxemasi
5.2- rasmda tasvirlangan. 
5.2- rasm. UHF tizimidagi passiv belgili RFID tizimi 
Dipoldan tashqari, belgining barcha elementlari yagona 
mikrosxema – chipga integratsiyalanadi. Shunday qilib, belgi ikkita 
konstruktiv qismlar – ko‘pincha dipol ko‘rinishidan bajariladigan 
antenna va 216 baytgacha foydalanish xotirasi hajmili ma’lumotlarga 
ega bo‘lgan chipdan tashkil topgan. Maksimal uzoq masofalikka va 
o‘qishning ishonchliligiga erishish uchun belgilarning aniq bir 
sharoitlarga moslashishi talab qilinadi. 
RFID tizimlarining aniq bir ishlash sharoitlarining xilma-xilligi 
ham (ularning ishlatilishi sharoitlari ham) antennalar va 
o‘qigichlarning turli variantlarini – qo‘lda boshqariladigan, olib 
yuriladigan va statsionar o‘qigichlar va programmatorlar, doiraviy va 
Ахborot tarmog’i 
Ўқигич 
Belgi 
Dipol 

Download 3,49 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish