• Xususiyatlari/Funksiya Xarakteristika
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/114
    Sana24.12.2023
    Hajmi3,49 Mb.
    #127893
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   114
    Bog'liq
    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

     
    Wireless USB. Bu 7,5 GGs kenglikdagi chastotalar diapazonida 
    MultiBand OFDM Alliance (MBOA) va WiMedia Alliance 


    188 
    uyushmalari tavsiyalari asosidagi o‘ta keng polosali modulyatsiyalash 
    UWB (Ultra-Wideband) texnologiyalarini ishlatilishiga asoslangan 
    butun simsiz interfeyslar seriyasidan bir standart hisoblanadi. UWB 
    asosidagi barcha simsiz interfeyslar IEEE802.15.3 spetsifikatsiyalar 
    asosidagi Open System Interconnection (OSI) modelining kanal va 
    fizik darajalar protokollarini birga tashkil etishga ega [25]. 
    5.2- jadval
    ZigBee aloqaning asosiy texnik parametrlari 
    Xususiyatlari/Funksiya 
    Xarakteristika 
    Aloqa turi 
    Radioto‘lqinlar 
    Chastotalar diapazoni 
    868, 902 va 2400 MGs 
    Kanallar soni 
    2,4 GGs (16 ta kanallar), 915 MGs (10 
    ta kanallar) va 868 MGs (1ta kanal) 
    Batareyaning xizmat 
    ko‘rsatish muddati 
    100 dan 1000 gacha va undan ortiq 
    kunlar 
    Uzatish usuli 
    Direct Sequence Spread Spectrum 
    (DSSS) to‘g‘ri ketma-ketlik usulida 
    spektrni kengaytirish 
    Ulanish vaqti 
    30 ms 
    Uzatish quvvati
    1 mVt 
    Ma’lumotlarni uzatish tezligi 250 Kbit/sgacha 
    Ishlash masofasi 
    70 mgacha 
    Tarmoqdagi uzellar soni 
    65 536 (64-bitli manzillar), 264 (16-
    bitli manzillar) 
    Ma’lumotlarni himoyalash
    128 bitli kalit uzunligili AES algoritmi 
    bo‘yicha shifrlash 
    Manzillashtirish
    MAS darajadagi noyob 64-bitli manzil, 
    qo‘shimcha 16-bitli manzil (PAN-ID) 
    UWB bu qisqa 10 metrlargacha masofalarga, yuqori o‘tkazish 
    qobiliyatli (480 Mbit/sgacha) va past iste’mol quvvatli ma’lumotlarni 
    uzatish uchun mo‘ljallangan simsiz texnologiya hisoblanadi. UWB 
    radiokanallari bo‘yicha ma’lumotlarni uzatishda ortogonal tashuvchi 
    chastotalar bo‘yicha multiplekslash (OFDM, Orthogonal Frequency 
    Division 
    Multiplexing) 
    texnologiyasi 
    bir 
    necha 
    chastotalar 
    diapazonlari bilan birgalikda ishlatiladi, bu chastotalar keng 
    diapazonlarining ishlatilishini talab qiladi. O‘tkazish keng polosalari 


    189 
    simsiz lokal interfeyslarni tashkil etishda oldin ko‘rib chiqilgan 
    Bluetooth texnologiyasidagi tezliklarga cheklashlarni chetlab o‘tishga 
    imkon beradi. SHuning uchun UWB bu yuqori sifatli multimediali 
    kontentni, masalan videooqimni simsiz uzatish uchun echim 
    hisoblanadi. Lekin UWB texnologiyaning afzalliklaridan biri shundan 
    iboratki, u boshqa simsiz texnologiyalar uchun halaqitlarni hosil 
    qilmaydi, chunki modulyatsiyalashning o‘ziga xos tamoyili va 
    tashuvchi chastotaning yo‘qligi signalni butun spektr bo‘yicha oddiy 
    fon halaqitalar sathlaridan oshmaydigan “oq shovqin” ko‘rinishida 
    o‘ziga xos keng polosali “chaplanishiga” olib keladi. 
    Ma’lumotlar paketlari USB 2.0 tranzaksiyalari tamoyili bo‘yicha 
    shakllantiriladi va endi TDMA (Time Division Multiple Access) vaqt 
    bo‘yicha kanallar ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish protokoli 
    yordamida tashiladi. 4 MGs o‘tkazish polosasidagi har bir OFDM-
    uzatish 100 ta ma’lumotlar paketlarini o‘z ichiga oladi. Paketlar 
    formati har qanday ma’lumotlarni uzatish tezligi uchun o‘zgarishsiz 
    qoladi. Oltita paketlar 1,875 mks davomiylikdagi asosiy paketni 
    shakllantiradi, u keyinchalik aniq ma’lumotlar bitlariga o‘zgartiriladi. 
    Standart 53,3 Mbit/s, 106,7 Mbit/s va 200 Mbit/s ma’lumotlarni 
    asosiy almashlash tezliklarini, 80 Mbit/s, 160 Mbit/s, 320 Mbit/s, 400 
    Mbit/s va 480 Mbit/s opsional tezliklarni qo‘llaydi. Texnologiyaning 
    yana bir afzalligi trafikni deyarli oniy, masshtablanuvchanligi, ya’ni 
    qurilmalar 
    orasidagi 
    masofaga 
    bog‘liq 
    ravishda 
    masshtablanuvchanligi hisoblanadi, tezlik 53,3 Mbit/s dan 480 
    Mbit/sgacha chegaralarda o‘zgarishi mumkin. 
    Simli USBlarga o‘xshashlik bo‘yicha, Wireless USB qurilmalari 
    ulanishda olinadigan o‘z manziliga ega bo‘ladi. Har bir Wireless USB 
    qurilma bir yoki bir necha aloqa kanallarini qo‘llaydi. Wireless USB 
    simsiz tarmoq infratuzilmasining asosiy elementlari konsentrator va 
    radial liniyalar hisoblanadi. Bunday topologiyada xost-kontroller unga 
    ulangan qurilmalar orasida ulardan har biriga vaqt intervallari va 
    o‘tkazish polosasini ajratish bilan istalgan ma’lumotlar almashinuvini 
    initsializatsiyalaydi. Bog‘lanishlar “nuqta-nuqta” turiga kiradi va 
    Wireless USB-xost va Wireless USB-qurilma orasida amalga oshiradi. 
    Unga mantiqiy ulangan qurilmalarli (maksimal 127 tagacha) xost 
    norasmiy Wireless USB-klasterni hosil qiladi. Wireless USB-
    klasterlar minimal o‘zaro halaqitlarli qoplanadigan fazoviy muhitda 
    ishlaydi, bu radionurlantiruvchi qurilmalarning umumiy ishlash zonasi 
    chegaralarida bir necha klasterlarning ishlashiga imkon beradi.


    190 
    5.3- jadvalda Wireless USB aloqaning asosiy texnik parametrlari 
    keltirilgan. 
    NFC. Bu kichik masofalarga ma’lumotlarni simsiz uzatish 
    texnologiyasi hisoblanadi. Uzatish modeli elektromagnit maydonni 
    hosil qiladigan qurilma-initsiator va qurilma-nishonni o‘z ichiga oladi. 
    Qurilma-nishon ham aktiv (masalan, boshqa mobil aloqa qurilmasi 
    yoki to‘lov terminali), ham passiv (RFID radio-belgi, kontaktsiz karta 
    yoki jevakcha) bo‘lishi mumkin. Radio-belgilar va kontaktsiz 
    kartalarning mavjud formatlari qo‘llanadi [26]. 
    5.3- jadval
    Wireless USB aloqaning asosiy texnik parametrlari 

    Download 3,49 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   114




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish