Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/114
Sana24.12.2023
Hajmi3,49 Mb.
#127893
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

SPP profili (Serial Port Profile) oldin simli ketma-ket interfeys 
bilan bog‘langan ikkita qurilmalar orasida “ochiq” simsiz kanalni juda 
oddiy tashkil etishga imkon beradi. O‘rnatiladigan Bluetooth-modul 
simli asinxron ketma-ket kanal bo‘yicha keladigan ma’lumotlar 
oqimini SPP (Serial Port Profile) profiliga muvofiq simsiz oqimga 
o‘zgartiradi. Olisdagi tomonda Bluetooth qabullagich-uzatkichi 
sifatida personal kompyuterning shtatdagi Bluetooth-adapterini yoki 
ikkinchi o‘rnatiladigan modulini ishlatish mumkin. 
Bunday Bluetooth bog‘lanishda qurilmalardan biri etakchi 
(master), boshqasi esa yetaklanuvchi (slave) hisoblanadi. Kompyuter 
tomonida master joylashadi. Shuning uchun o‘rnatiladigan tizimlar 
uchun ko‘pincha yordamchi sifatda konfiguratsiyalangan Bluetooth-
modullar ishlatiladi. 
Ketma-ket port profili Bluetooth qurilmalari bilan quyidagi 
operatsiyalarning bajarilishini ko‘zda tutadi. 
- Bluetooth-qurilmalarni topish; 
- ikkita Bluetooth-qurilmalarning bog‘lanishini o‘rnatish; 
- “ochiq” kanal rejimida ma’lumotlarni uzatish. 
Yordamchi Bluetooth modul ta’minot yoqilganida topish uchun 
mumkin holatda bo‘ladi. Etakchi Bluetooth modul ta’minot 
yoqilganida yordamchi qurilmalarni qidirishni boshlaydi va bo‘sh 
yordamchi qurilma topilganida unga ulanishga urinadi. Yordamchi 
qurilma PIN-kodni so‘raydi, etakchi qurilma javob beradi. Agar PIN-
kodlar mos tushsa, u holda qurilmalar o‘z manzillari bilan almashadi, 
juftlikni tashkil etadi va ma’lumotlarni almashlashni bajarishi 
mumkin. Shunday qilib, bog‘lanishni o‘rnatilishi avtomatik bo‘lib 
o‘tadi. 
Yordamchi va etakchi qurilmalar olisdagi modul so‘rovlarga 
javob bermaganida vaziyatni turlicha qayta ishlaydi. Yordamchi 
qurilma bu holda bog‘lanish yo‘qotilgan hisoblaydi va yana topish 
uchun mumkin bo‘ladi. Yetakchi Bluetooth modul oldin o‘rnatilgan 
bog‘lanishga qoladigan bo‘lib qoladi. U oldingi hamkorini unutishi 
uchun unga tashqi chiqishga bekor qilishi impulsini berish kerak. 
Bluetooth texnologiyasi Bluetooth Special Interest Group (SIG) 
tijorat uyushmasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va rivojlantiriladi. 
U Bluetooth spetsifikatsiyalarini e’lon qiladi, qurilmalarning 
sertifikatlashtirilishini tashkil etadi, Bluetooth savdo belgisini himoya 
qiladi va texnologiyani targ‘ib qiladi. 
Quyidagi spetsifikatsiyalar mavjud: 


182 
- 2.0 + EDR (Enhanced Data Rate) versiya spetsifikatsiyasi 
bugungi kunda eng keng tarqalgan va ishlatiladigan spetsifikatsiya 
hisoblanadi. Bu spetsifikatsiya oldingi versiyalarga qaraganda 
uzatiladigan ma’lumotlar tezligini oshirishga va energiya iste’molini 
qisqartirishga imkon berdi, ikkita qurilmalar orasida aloqani 
o‘rnatilishi protsedurasini soddalashtirdi; 

Bluetooth 
2.1 
spetsifikatsiyasida 
qurilmalarning 
xarakteristikalarini 
kengaytirilgan 
so‘rovi 
texnologiyasi 
(uyg‘unlashtirishda ro‘yxatni qo‘shimcha filtrlash uchun), shuningdek 
bitta akkumulyator zaryadlanishidan qurilmalarning ishlash 
davomiyliklarini 3-10 martta oshirishga imkon beradigan energiyani 
tejash Sniff Subrating texnologiyasi qo‘shilgan. Bundan tashqari, 
yangilangan spetsifikatsiya ikkita qurilmalar orasida bog‘lanishni 
o‘rnatilishini sezilarli soddalashtiradi va tezlashtiradi, bog‘lanish 
uzilmasdan shifrlash kalitlarini yangilanishini amalga oshirishga 
imkon beradi, shuningdek ko‘rsatilgan bog‘lanishlarni Near Field 
Communication 
texnologiyasidan 
foydalanish 
tufayli 
himoyalanganroq qiladi; 
- 3.0 High Speed (HS) versiyadagi Bluetooth spetsifikatsiyasi 
Bluetooth SIG kompaniyalar guruhi tomonidan 2009 yilning aprelida 
tasdiqlangan. 
Yangi spetsifikatsiya hozirda ma’lum Wi-Fi texnologiya orqali 
ishlatiladigan IEEE 802.15.11 standartni ma’lumotlarni simsiz uzatish 
fizik darajasi sifatida ishlatilishiga ko‘rsatma beradi. Bu tanish va 
ishlatishda oddiy bo‘lgan interfeys Bluetooth klassik interfeysini 
yuqoriroq ma’lumotlarni uzatish tezliklarida ishlatilishiga imkon 
beradi. 3.0 (HS) spetsifikatsiyaning ikkinchi o‘ziga xos xususiyati 
energiya iste’molini qat’iy nazorat qilishni kiritilishi hisoblanadi, bu 
olib yuriladigan apparaturalar uchun juda muhim hisoblanadi. 
Bluetooth 
texnologiyasi 
rivojlanishda 
davom 
etmoqda. 
Bataraeyalardan bir necha yillar ishlay oladigan ultra past energiya 
iste’molili Bluetooth qurilmalarini ishlab chiqishga imkon beradigan 
"Bluetooth Low Energy" spetsifikatsiyaning tasdiqlanishi kutilmoqda. 
Sanab o‘tiganlardan tashqari, Bluetooth SIG ishchi guruhi 
ko‘plab boshqa standart profillarni aniqladi: 
- Generic Access Profile (umumiy foydalanishdagi profil) – 
qurilmalar orasidagi aloqani ta’minlash, boshqa mumkin profillarni 
aniqlash, shuningdek xavfsizlikka javob beradigan asosiy Bluetooth® 
profili hisoblanadi; 


183 
- Service Discover Application Profile (xizmatlarni topish 
ilovalari profili) – qanday Bluetooth® xizmatlari bu qurilma bilan 
ishlashda mumkin bo‘lishini aniqlash imkoniyatini beradi; 
- Serial Port Profile (ketma-ket port profili) – Bluetooth® 
qurilmalarga PK ketma-ket portini emulyasiyalashga imkon beradi va 
yuqoriroq darajadagi ko‘plab profillar orqali ishlatiladi; 
- Dial-up Networking Profile (sisiz telefoniya profili) –
Bluetooth®li sotali telefonlarga mo‘ljallangan va telefonni simsiz 
"go‘shak" sifatida ishlatilishiga imkon beradi. Bluetooth® ulanish 
nuqtasi orqali uyda, ofisda, jamoat joylarida va boshqalarda telefon 
tarmog‘i bilan bog‘lanishini ta’minlaydi; 
- Fax Profile (faks profili) – ko‘p tomondan oldingi profilga 
o‘xshaydi, faksni qo‘llaydigan dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan 
qurilma bilan Bluetooth® orqali bog‘lanishda faks-modemni 
emulyasiyalashga imkon beradi; 
- Generic Object Exchange Profile (obyektlar bilan umumiy 
almashlash profili) – ilovalarga IRdan foydalanmasdan ma’lumotlar 
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashlashga imkon beradi; 
- File Transfer Profile (faylni uzatish profili) – qurilmaga ftp da 
amalga oshirilishidagiga o‘xshash boshqa qurilmada saqlanadigan 
ma’lumotlarga ulanishni olishga imkon beradi; 
- Headset Profile (garnitura profili) – dinamik va mikrofon bilan 
jihozlangan garnitura bilan qurilmalarning simsiz bog‘lanishini 
ta’minlaydi. 
- LAN Access Profile (lokal tarmoqqa ulanish profili) – IP-
tarmoqlarni qurish uchun mo‘ljallangan va uncha katta bo‘lmagan 
Intranet tarmoqlarini qurishga imkon beradi, shuningdek lokal tarmoq 
yoki Internet tarmog‘i bo‘lsin, kabelli tarmoqlar bilan aloqa uchun 
ulanish nuqtalari sifatida ishlatiladi; 
- Advanced Audio Distribution Profile (A2DP) – radiokanal 
bo‘yicha audio stereo oqim qanday uzatilishini tavsiflaydi; 
- Audio / Video Control Transport Protocol (AVRCP) – hi-fi 
sinfdagi televizion va ovoz apparaturalarini simsiz o‘zaro ta’sirlashish 
standart 
interfeysini, 
shuningdek 
bu 
apparaturalarni 
simsiz 
boshqarilishini aniqlaydi 
Xulosada ta’kidlash kerakki, Bluetooth texnologiyasiga juda 
katta qiziqish nomoyon bo‘lmoqda. Sanoat va xalq ho‘jaligining ko‘p 
sonli bir vaqtda o‘lchanadigan parametrlarini to‘plash va qayta ishlash 
talab qilinadigan sohalari, masalan, neft mahsulotlarini qayta ishlash, 


184 
metallurgiya zavodlari, turar-joy kommunal ho‘jaliklari va boshqa 
soha uchun eng istiqbolli hisoblanadi.

Download 3,49 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish