Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/114
Sana24.12.2023
Hajmi3,49 Mb.
#127893
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

IBOC texnologiyasi. IBOC texnologiyasining asosiy g‘oyasi 
analog uzatishdan raqamli uzatishga qo‘shimcha kanallardan 
foydalanilmasdan asta-sekin o‘tishdan iborat. Bugungi kunda
amplitudaviy modulyatsiyalashli (AM) uzatishda band bo‘lgan uzun, 
qisqa va o‘rta to‘lqinlar diapazonlari va chastotaviy modulyatsiyali 
(FM) 87,5-108 MGs diapazondagi UQT-diapazonlari ko‘rib 
chiqilmoqda. Ulardan har birida ikkita uzatish rejimlari – aralash va 
to‘liq raqamli rejimlar ko‘zda tutilgan. Birinchi holda bir vaqtda 
analog va raqamli uzatish, ikkinchi holda esa faqat raqamli uzatish 
bo‘lib o‘tadi. 
IBOC uzatish tizimi COFDM ortogonal tashuvchilardan 
foydalaniladigan 
modulyasyailash 
texnologiyasida 
quriladi. 
Audiosignal raqamli va analog ko‘rinishda parallel translyasiya 
qilinadi. Raqamli traktda audiokodlash, himoyaviy kodlash va 
navbatlashtirish bo‘lib o‘tadi, bundan keyin raqamli ketma-ketlik 
OFDM-modulyatorga beriladi. Analog signal kechikish bilan standart 
analog traktga beriladi va qayta ishlanganidan keyin OFDM-
modulyator raqamli signali bilan aralashtiriladi. Fazaviy-amplitudaviy 
modulyatsiyalashdan keyin yig‘indi signal standart uzatish moduliga 
beriladi. 
Yevropa tizimiga qaraganda Amerika tizimining asosiy afzalligi 
bu qurilmalarning, avvalo qabullagichning arzonligi hisoblanadi. 
Yer usti uzatish tizimlaridan tashqarida AQShda muhim rol 
sun’iy yo‘ldoshli raqamli radioeshittirishga beriladi. Bu yerda Sirins 
Satellite Radio va XM Satellite Radio kompaniyalarining ikkita 
tizimlari real raqobatlashadi. Texnik nuqtai nazardan bu sun’iy 
yo‘ldoshli tizimlar ko‘p jihatdan noyob. Chunki ular asosan avtomobil 
radiosi biln ishlash uchun mo‘ljallangan va ommaviy iste’molchilar 
bozoriga yo‘naltirilgan, ularning qabullagichlari oldin chiqarilgan 
istalgan sun’iy yo‘ldoshli resiverlarga qaraganda arzon bo‘lishi kerak. 
Qabul qilish antennalari majburiy yo‘nalitirilmagan va past 
kuchaytirishli bo‘ladi, chunki qimmat turadigan sun’iy yo‘ldoshni 
kuzatish antennalari tizimi ma’qul emas. 

Download 3,49 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish