Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/114
Sana24.12.2023
Hajmi3,49 Mb.
#127893
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

DAB standartlari kompleksi ma’lumotlarni uzatish usullari, 
egallanadigan chastotalar sohalari, servis xizmatlari to‘plami va ularni 
taqdim etish usullari va boshqalarni aniqlaydi. Tizimli qurilishi va 


174 
tizimning texnik xarakteristikalari 1995 yilda qabul qilingan va 1997 
yilda to‘ldirilgan Yevropa ETS 300401 standartida belgilangan. 
DAB-radiodasturlarni translyatsiyalash tamoyili ko‘rib chiqilgan 
radioeshittirish tizimlaridan tamoyilial farq qiladi. Endi bitta emas
balki bir necha turli dasturlar ansambl (ENSEMBLE yoki 
MULTIPLEX) deyiladigan yagona blokka birlashtiriladi va bitta 
tashuvchi chastotada uzatiladi. Har bir ansambl 6 ta asosiy 
dasturlardan, 
shuningdek 
dasturlarga 
bog‘liq 
qo‘shimcha 
ma’lumotlardan tashkil topishi mumkin. 
Raqamli efir ma’lumotlarini uzatish uchun COFDM (Coded 
Orthogonal Frequency Division Multiplexing) tizimidan foydalanish 
aniqlangan. Bu tizim analog oqimni nafaqat vaqt bo‘yicha, balki 
chastota bo‘yicha ham diskretlashtirilishini ko‘zda tutadi. Olingan 
elementlar raqamlashtiriladi, ma’lum tarzda aralashtiriladi va keyin 
soni uzatiladigan axborot oqimining quvvati orqali aniqlanadigan 
tashuvchilar majmuiga modulyatsiyalanadi DAB standartida 192 
tadan 1536 tagacha tashuvchilar ishlatilishi mumkin. Tashuvchilar 
orasidagi masofa shunday tarzda tanladiki, qo‘shni tashuvchilar 
spektrlarining kesishishi demodulyatsiyalashda halaqitlar hosil 
qilmasligi, ya’ni ularning ortogonallik sharti bajarilishi kerak. 
Chastota bo‘yicha qo‘shimcha diskretlashtirish halaqitlarga 
ma’lumotlarning barqarorligini oshiradigan aralashtirish va o‘rama 
kodlarning qo‘llanilishiga imkon beradi. COFDM tizimining yana bir 
sezilarli afzalligi alohida simvollarni uzatishlar orasida himoya 
intervallaridan foydalanish hisoblanadi. Bu interval simvolning 
qaytish signalining ko‘zda tutiladigan paydo bo‘lishi vaqtini qoplaydi, 
bu radioto‘lqinlarning ko‘p nurli tarqalishi keltirib chiqaradigan 
halaqitlarga sezgirlikni kamaytiradi. 
Tashuvchilar soni, ular orasidagi masofa, himoya intervalining 
uzunligi va FEC (o‘rama kodning qo‘llanilishi hisobiga himoyalash 
darajasi) qiymati o‘zgaruvchan qiymatlar hisoblanadi. Bunday uzatish 
tizimining ishlatilishi zich shahar qurilishlari joylarida toza qabul 
qilish imkoniyatini ta’minlaydi. COFDMni qo‘llanilishining yana bir 
muhim afzalligi mobil qabul qilishning yuqori sifati hisoblanadi, 
uning 
asosiy 
muammolaridan 
biri 
qaytgan 
signallarning 
konfiguratsiyalarini o‘zgarishi tufayli signal quvvatining doimiy 
o‘zgarishlariga 
qabullagichni 
moslashishining 
murakkabligi 
hisoblanadi. 


175 

Download 3,49 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish