|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari uMavjud
raqamli
ovozli
radioeshittirish
tizimlari.
«EVRIKA-147/ DAB» tizimi yer usti, sun’iy yo‘ldoshli va kabelli
uzatishni tashkil etishga mo‘ljallangan va quyidagi texnik
afzalliklarga ega:
- ovozni qayta eshittirishning yuqori sifati (kompakt-disklar
pleyerlari darajasida);
- raqamli signalni uzatilishi analog signalning uzatilishidan kam
quvvatni talab qiladi, yangrash sifati esa signalni qabul qilishi mumkin
bo‘ladigan momentdan boshlab o‘zgarishsiz qoladi;
- 1,54 MGs kenglikdagi tor chastotalar polosasida oltita
stereodasturlarni turli xil qo‘shimcha ma’lumotlar bilan (kompakt-
disklar pleyerlari uchun xarakterli bo‘lgan sifatda) birga uzatilishi
imkoniyati;
- har bir kanal uchun o‘z chastotalar polosasi ishlatiladi va
uzatish sifatini uzatish olib borilayotgan joyda dinamik rostlash
imkoniyati;
- katta hududlarni bir chastotali tarmoqlarni (ya’ni o‘sha bir
chastotada sinxron rejimda ishlaydigan uzatkichlardan tashkil topgan
tarmoqlarni) tashkil etish yo‘li orqali uzatish bilan qamrab olish yoki
Yerning sun’iy yo‘ldoshlaridan uzatish;
- yer usti va bevosita sun’iy yo‘ldoshli uzatish dasturlarini uy
sharoitlarida, harakatlanayotgan avtomobilda yoki sayr sharoitlarida
yo‘naltirilmagan shtirli antennalarli radioqabul qilgichlarda qabul
qilishi imkoniyati;
- murakkab ko‘p qavatli qurilishlar bo‘lgan shahar tumanlarida
hatto avtomobillarning tez harakatlanishida stabil qabul qilishga
erishishga imkon beradigan halaqitlar darajasi, shu jumladan ko‘p
nurli tarqalishlar halaqitlar ta’siriga yuqori barqarorlik;
- cheklangan foydalanuvchilar guruhiga ma’lumotlarni uzatish
uchun maxsus kanallarning (parolli yopiq kanallar yoki peyjing)
mavjudligi;
- yer usti, sun’iy yo‘ldoshli, aralash va kabelli uzatish
variantlarini ishlatilishida universal qabullagichdan foydalanish
imkoniyati.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|