203
sezgirligi, bitli xatolik (BER), qabul qilish linzalarining diametri,
qabullagichning ko‘rish burchagini o‘z ichiga oladi. Atmosfera optik
aloqa liniyasining uzunligi, mumkinligi, o‘tkazish qobiliyati va uning
narxi aniq bir ilova uchun OOUT tizimlarning optik konstruksiyasini
aniqlaydi.
Shu bilan birga, ilova o‘rnatgan cheklashlarga bog‘liq
bo‘lmagan holda OOUT tizimlarni ishlab chiqishdaqabullagich-
uzatkichlarning konstruksiyasiga ta’sir qiladigan fundamental
echimlarni
qabul
qilish
arur
bo‘ladi.
Bunday echimlarga
uzatkichlarning xarakteristikalari, avtotrekingning zarurligi,
bir yoki
ko‘p aperturali qabullagichlar va uzatkichlarni tanlash, nurlanishni
muvofiqlashtirish usullari kiradi.
5.5-rasm. Kompyuter tarmoqlarining ulanishi
Tashqi parametrlari to‘g‘ri ko‘rinish va atmosfera halaqitlari,
aloqa masofasi binolar oynalaridagi yo‘qotishlar va yo‘naltirish
yo‘qotishlari, ya’ni nurlantiriladigan to‘lqin tarqaladigan muhitga
bog‘liq parametrlarni o‘z ichiga oladi.
Umumiy holda bu
parametrlarning ko‘pchiligi o‘zaro bog‘liq va tizimning umumiy
ishlashini aniqlaydi. Masalan, tizimning mumkinligi nafaqat aloqaning
masofasiga, balki atmosferaning holatiga, yo‘naltirish
aniqligiga va
qabullagich-uzatkichning konstruksiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Iqlim
sharoitlari va o‘rnatish joyining fizik xarakteristikalari atrof-muhit
parametrlariga kiradi. To‘g‘ri ko‘rinishga ta’sir
qiladigan ob-havo
1-tarmoq
2-tarmoq
3-tarmoq
4-tarmoq
5-tarmoq
6-tarmoq
204
sharoitlari va o‘rnatish parametrlari umuman OOUT tizimning aloqa
sifatini aniqlaydi. Amaliyot ko‘rsatadiki, mavjud OOUT tizimlar
atrof-muhitning har qanday sharoitlarida va to‘g‘ri ko‘rinishda ikki-
uch marta ortiq bo‘lgan masofalarda ishlay oladi.
Tizimning ishlash
qobiliyatini aniqlaydigan asosiy omillar atmosferadagi yo‘qotishlar,
deraza
oynalaridagi
yo‘qotishlar,
binoning
og‘ishlari
va
harakatlanishlari, quyoshning yoritishi va to‘g‘ri ko‘rinishning
qoplanishini o‘z ichiga oladi.