14
Radioto‘lqinlar tarqaladigan muhit ham ularning so‘nishini
keltirib chiqaradi. Bu issiqliq yo‘qotishlari tufayli energiyaning
yutilishi va yer sharining qavariqligi yoki yerdagi do‘ngliklar
ko‘rinishidagi to‘siqlardan aylanib o‘tishida to‘lqin
maydoni
kuchlanganligining kamayishiga bog‘liq. Elektromagnit to‘lqin elektr
va magnit maydonlardan tashkil topgan (1.7- rasm).
1.7- rasm. Elektromagnit to‘lqinning tuzilishi
Fazoning har bir nuqtasida to‘lqining
E elektr maydon
kuchlanganligi vektori N magnit maydon kuchlanganligi vektoriga
perpendikulyar va har ikkala vektorlar ham to‘lqinning
tarqalishi
yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi. Radioto‘lqinlarning tarqalishi
quyidagi ma’lum qonunlarga bo‘ysunadi:
1. Bir jinsli muhitda to‘g‘ri
chiziqli tarqalish, ya’ni xossalari
barcha nuqtalarida bir xil bo‘lgan muhitda tarqalishi.
2. Bitta muhitdan boshqasiga o‘tishda qaytish va sinish. Tushish
burchagi qaytish burchagiga teng.
3. Difraksiya. O‘z yo‘lida tiniqmas
jismga duch kelish bilan
radioto‘lqinlar undan aylanib o‘tadi. Difraksiya to‘siqning geometrik
o‘lchamlari va to‘qin uzunliklari nisbatlariga bog‘liq
ravishda turli
darajalarda namoyon bo‘ladi.
4.
Refraksiya.
Xossalari
nuqtadan-nuqtaga
asta-sekin
o‘zgaradigan bir jinsli bo‘lmagan muhitlarda radioto‘lqinlar egri
chiziqli traektoriyalar bo‘yicha tarqaladi. Muhitning xossasi qanchalik
keskin o‘zgarsa, traektoriyaning egriligi shunchalik katta bo‘ladi.
5. To‘liq ichki qaytish. Agar optik zichroq muhitdan kam
zichlikli muhitga o‘tishda tushish burchagi
qandaydir chegaraviy
qiymatdan oshsa, u holda nur ikkinchi muhitga o‘tmaydi va
muhitlarning chegarasidan to‘liq qaytadi. Chegaraviy tushish burchagi
to‘liq ichki qaytish burchagi deyiladi.
15
6. Interferensiya. Bu hodisa fazoda bir qancha to‘lqinlarning
qo‘shilishida kuzatiladi. Fazoning turli nuqtalarida qo‘shiladigan
to‘lqinlarning fazalari nisbatiga bog‘liq ravishda natijaviy to‘lqin
amplitudasining ortishi yoki kamayishi kuzatiladi.
Yer sirtida tarqaladigan va yer sharining qavariqligi qisman
og‘diradigan difraksiya tufayli radioto‘lqinlar sirt to‘lqinlari deyiladi.
Sirt to‘lqinlarining tarqalishi yer shari sirtining
xossalariga kuchli
bog‘liq bo‘ladi. Atmosferada yuqori balandliklarda tarqaladigan va
atmosferaning
bir
jinslimasliklari
tufayli
yerga
qaytadigan
radioto‘lqinlar fazoviy to‘lqinlar deyiladi.