• 1-Bob. SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI ASOSLARI 1.1 . Radioaloqani tashkil etish tamoyillari
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/114
    Sana24.12.2023
    Hajmi3,49 Mb.
    #127893
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
    Bog'liq
    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    1-Bob. SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI ASOSLARI 
    1.1Radioaloqani tashkil etish tamoyillari 
    Radioaloqaning eng oddiy sxemasi 1.1- rasmda keltirilgan. 
    1.1- rasm. Radioaloqa sxemasi 
    Bu yerda: 
    1– ma’lumotlar (raqamli ma’lumotlar, tasvir, ovoz va h.k.) 
    manbai;
    2– xabar o‘zgartirigichi keladigan ma’lumotlarni elektr signalga 
    o‘zgartiruvchi qurilma;
    3– uzatkichli modulyator. 
    4– radioqabul qilish qurilmasi. 
    5
    – Detektor. 
    6
    – Qayta tiklash qurilmasi. 
    Signalni modulyatsiyalash zarurati shundan iboratki, elektr 
    signalga o‘zgartirilgan ma’lumotlar nisbatan past chastotaga ega, 
    ma’lumki, past chastotali signal yomon nurlanadi. Radiosignal 
    deyiladigan 
    modulyatsiyalangan 
    yuqori 
    chastota 
    tebranishlar 
    uzatuvchi antennaga uzatiladi va atrof-muhitga elektromagnit 
    to‘lqinlarni qo‘zg‘atadi. Uzatkichdan uncha katta bo‘lmagan 
    elektromagnit to‘lqinlar energiyasi qismi qabul qilish antennasiga etib 
    boradi va unda kuchsiz modulyatsiyalangan yuqori chastotali tokni 
    hosil qiladi. RQQQda modulyatsiyalangan tebranishlar kuchaytiriladi 
    va 
    keyin 
    o‘zgartirgichdan uzatish punktida olingan o‘sha 
    ko‘rinishdagi signalga detektorda teskari o‘zgartiriladi. Bunday 
    o‘zgartirish detektorlash deyiladi. Keyin signal qayta tiklash qurilmasi 
    – harf teruvchi apparat, telefon, televizion qabul qilish trubkasi va 
    boshqalarga beriladi, so‘ngra qabul qilingan ma’lumotlar oluvchiga 
    beriladi. 



    Uzatkich, uzatuvchi antenna, to‘lqinlarning tarqalishi muhiti
    qabul qilish antennasi va qabullagichdan iborat kompleks 
    radioliniyani 
    hosil 
    qiladi. 
    1.2-rasmdan 
    ko‘rinib 
    turibdiki, 
    radioliniyalarda uzatuvchi antenna joylashgan punktdan qabullagich 
    joylashgan punktga ma’lumotlarni bir tomonlama uzatilishi amalga 
    oshiriladi. Teskari uzatish bu holda ko‘zda tutilmaydi. 
    Bir tomonlama uzatish ko‘pincha radioaloqada emas, balki ovoz 
    va TV uzatishda, matbuot agentliklari uchun ma’lumotlarni, 
    metrologik ma’lumotlarni, aniq vaqt, aniq signallarini uzatish 
    xizmatlarida va boshqalarda ishlatiladi. Qurilmalardan foydalanish 
    samaradorligini yaxshilash va radioliniyaning o‘tkazish polosasini 
    oshirish uchun zichlashtirish apparaturasi qo‘llaniladi (1.2- rasm). 
    Turli 
    1a–1n 
    ma’lumotlar 
    manbalari 
    signallaridan 
    2a–2n 
    o‘zgartirgichlar orqali o‘zgartirilgan yagona guruh signalini hosil 
    qiladi. Bu apparaturaning qabul qiluvchi qismi signallarni ajratadi
    ularni o‘zgartirishni amalga oshiradi (7a–7n), bundan keyin ular 8a-8n 
    iste’molchilarga beriladi. Bitta manbadan xabarlarni oluvchiga 
    uzatilishini ta’minlaydigan texnik vositalar majmui radioaloqa kanali 
    deyiladi. Radioliniyalar zichlashtirilgan radioaloqa tizimi ko‘p kanalli 
    radioaloqa deyiladi. 
    1.2- rasm. Zichlashtirish apparaturali radioliniya
    Ikkita punktlar orasida ma’lumotlarni almashlash uchun bir-
    birlariga qarama-qarshi ishlaydigan ikkita bir tomonlama aloqa 
    qurilmalari jamlanmasi yordamida ta’minlanadigan ikki tomonlama 
    radioaloqa tashkil etiladi. Ikki tomonlama radioaloqaning har bir 
    oxirgi punktida ham uzatish, ham qabul qilish qurilmalari 
    joylashtiriladi. Manba va oluvchi odatda birlashtiriladi, shuningdek 
    ayrim hollarda uzatkich va qabullagich ham yagona qabul qilish-
    Uz
    ati
    sh zic
    hlashti
    rish 
    appa
    ra
    tu
    ra
    si

    Download 3,49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish