Raqamli televideniye va radioeshittirish




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/114
Sana24.12.2023
Hajmi3,49 Mb.
#127893
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   114
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

 
5.2. Raqamli televideniye va radioeshittirish 
Raqamli 
televideniye. 
Zamonaviy 
televizion 
tizimlarda 
obyektning tasviri fotonishonga – teskari tomoni metallashtirilgan 
slyuda plastina-izolyatorga yugurtirilgan kumush zarrachalaridan 
yorug‘likka sezgir mozaikaga proeksiyalanadi. Fotoeffekt natijasida 
mozaikaning har bir zarrachasida elekr zaryad (videosignal) hosil 
bo‘ladi. Videosignalning kuchi obyekt tasvirining alohida elementning 
yorqinligiga mos keladi [16].
Elektron to‘p hosil qiladigan elektron nur mozaika sirti bo‘yicha 
chapdan o‘ngga va yuqoridan pastga har bir satrning videosignallarini 
o‘qish bilan harakatlanadi. Nurning harakatlanishini elektron-nur 
trubka (ENT) og‘ma tizimining elektromagnitlariga beriladigan 
arrasimon shakldagi elektr toki boshqaradi. Fotonishonning har bir 
elementiga atigi 0,02 mm diametrli elektronlar tutami tushadi. Bu har 
bir satrda 820 ta elementlarni o‘qish imkoniyatini beradi. 1948 yilda 
qabul qilingan standartga muvofiq televidenieda 25 kadrlar/s 
chastotali uzatiladigan tasvirning bitta kadri 625 ta satrlarga ega 
bo‘ladi. Yoyish satrlari soniga tasvirning aniqligi bog‘liq bo‘ladi. 
Boshqa davlatlarda qabul qilingan satrlar chastotasi quyidagicha: 
Buyuk Britaniyada – 405, AQSh va Kanadada - 525, G‘arbiy 
Yevropada – 819. 
Olingan videosignallar videokuchaytirgichga beriladi, bu yerda 
ular kuchaytirilganidan keyin har bir satr va kadrning boshlanishi va 
oxirini 
belgilaydigan 
sinxronlashtiradigan 
impulslar 
bilan 
aralashtiriladi. Shunday qilib, to‘liq televizion signal shakllantiriladi, 
keyin u efirga uzatish uchun telemarkazning radiouzatkichiga beriladi. 


165 
Analog televizion uzatish an’anaviy 48,5–100 MGs (6,2–3 m) 
chastotalardagi birinchi kanaldan beshinchi kanalgacha metrli 
to‘lqinlarda olib boriladi. Keyin telemarkazga yaqin bo‘lgan 
shaharlarda TV halaqitlarni oldini olish uchun 174 – 230 MGs (1,7 – 
1,3 m) chastotalar diapazonidagi yettita kanallar qo‘shilgan. Hozirgi 
vaqtda 12 ta TV-kanallar etarli bo‘lmay qoldi va kanalning chastotasi 
qanchalik yuqori bo‘lsa, TV-signalning polosasi shunchalik keng 
bo‘lishidan kelib chiqish bilan ularga 470 – 630 MGs (64 – 47 sm) 
diapazondagi detsimetrli to‘lqinlardagi 20 ta kanallar qo‘shildi. 25 
kadrlar/s chastotali 625 ta satrlarga ega bo‘lgan tasvirni uzatilishi 
uchun 8 MGs atrofidagi chastotalar spektri kerak bo‘ladi. Bu bitta TV-
kanal chastotalar polosasiga mos keladi. 
Televizion qabullagichda efirdan qabul qilingan signal 
kuchaytiriladi va kineskopga beriladi. TV-signaldan satr va kadr 
yoyish generatorlarining ishlashini boshqaradigan sinxroimpulslar 
ajratib olinadi. Kineskopning ekrani lyuminofor bilan qoplangan 
bo‘lib, u unga elektron projektor nuri tushganida yorug‘lanadi. 
Kadrning satrlari bo‘yicha katta tezlikda harakatlanadigan elektron 
nur ekranning alohida nuqtalarini yoritilishini keltirib chiqaradi. 
Ko‘rishning inersiyasi tufayli bu butun ekranning yoritilishi 
tasavvurini hosil qiladi. Kadrning tasviri shunday hosil qilinadi. Ovoz 
alohida chastotaviy modulyatsiyalangan kanal bo‘yicha uzatiladi. 
To‘liq TV-signalda rangli tasvirni uzatish uchun rangli signallari 
qo‘shiladi. Buning uchun ob’ektning rangli tasviri uchta ENT 
uzatadigan uchta bitta rangli (qizil, yashil va moviy ranglar) tasvirga 
qo‘yiladi. Mos ravishda TV-qabullagichda uchta elektron projektorlar 
ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularning nurlari niqobdagi tirqish orqali o‘tish 
bilan qizil, yashil va moviy ranglar lyuminoforlarini yoritilishini 
keltirib chiqaradi. Niqob 0,25 mm dimetrli 550 mingta tirqishlarga ega 
bo‘lgan yupqa metal listdan iborat. Raqamli kineskop lyuminofori har 
bir rangning uchtadan donachalarili guruhlar bilan aniq tirqishlarga 
qarama-qarshi joylashgan qizil, yashil va moviy yoritilishlar 
lyuminoforlarining 1,5 millionta donachalariga ega bo‘ladi. Bitta 
nuqtaga yo‘naltirilgan uchta ENTlardan uchta nurlar har bir alohida 
vaqt momentida bitta lyuminoforlar guruhiga tushadi, bunda har bir 
nur “o‘z” rangi lyuminoforining bitta donachasini yoritilishini keltirib 
chiqaradi. Yoyishda nurlar niqobdagi keyingi tirqishga harakatlanadi, 
bu ekranda uchta bir rangli tasvirlar signallarini moslashtirishga 
imkon beradi. 


166 

Download 3,49 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   114




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Raqamli televideniye va radioeshittirish

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish