158
Shunga ko‘ra, IEEE instituti 802.16 standartga to‘ldirishni ishlab
chiqdi, u 2-11 GGs chastotalarga tegishli bo‘ldi va bir chastotali
uzatishdan (Single Carrier, SC) tashqari, ortogonal chastotaviy
multiplekslash (Orthogonal Frequency Division Multiplexing, OFDM)
va bunday multiplekslash asosidagi ko‘p tomonlama ulanishni (OFD
Multiple Access, OFDMA) ko‘zda tutdi.
OFDM rejimida 256 ta nimtashuvchilarni bir vaqtda uzatilishiga
ruxsat etiladi. Elementar simvolning uzunligini oshirish hisobiga
(taxminan shuncha marta) bir vaqtda to‘g‘ri va to‘siqlardan qaytgan
signallarni qabul qilish yoki umuman bazaviy stansiya to‘g‘ri
ko‘rinish chegaralaridan tashqaridagi faqat qaytgan signallarda ishlash
mumkin.
Xavfsizlik. IEEE 802.16 standartida har bir abonentlar
kompleksi X.509 raqamli sertifikat bilan imzolangan, u ishlab
chiqaruvchi tomonidan qurilmaga “tiqilgan” va hatto sertifikatning 10
yillik amal qilish muddati tugaganidan keyin ham o‘zgartirilishi
mumkin emas. Raqamli imzo asosida bazaviy stansiyada abonentlar
kompleksini autentifikatsiyalash bo‘lib o‘tadi, bunda bazaviy va
abonentlar stansiyalari shifrlangan kalitlar bilan almashadi va xavfsiz
(shifrlangan) bog‘lanishni o‘rnatadi. Shifrlash uchun kalitlar to‘plami
va 3-DES algoritmning o‘zi hatto qo‘lga kiritishda ochilishning
murakkabligini ta’minlaydi. Trafikni shifrlash mexanizmi har bir
virual bog‘lanish uchun bir vaqtda ikkita kalit bilan ishlaydi, bu
paketlarni yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan muhitda sinxronlashtirishni,
bir-birlarini qoplaydigan kalitlar hayoti vaqtlari esa bog‘lanishning
ishonchliligini ta’minlaydi.