• Fizik daraja.
  • IEEE 802.11b standartining o‘ziga xos xususiyatlari




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/114
    Sana24.12.2023
    Hajmi3,49 Mb.
    #127893
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   114
    Bog'liq
    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

    IEEE 802.11b standartining o‘ziga xos xususiyatlari.
    Ethernet kabelli tarmoqlar va Radio Ethernet simsiz tarmoqlari orasida 
    ko‘plab umumiylik, lekin ko‘plab farq ham mavjud. Bu tushunarliki, 
    turli ma’lumotlarni uzatish muhitlari ma’lumotlarni uzatish va kodlash 
    usullariga, 
    ya’ni 
    uzatishga 
    ma’lumotlarni 
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
    tayyorlashga tamoyilial turli yondashishlarni talab qiladi. SHuning 
    uchun kabelli tarmoqlar va simsiz tarmoqlari orasidagi asosiy farq 
    fizik daraja (Physical Layer, PHY) va ma’lumotlarni uzatish muhitiga 
    ulanish nimdarajasida (Medium Access Control, MAC) jamlangan. 
    OSI (Open System Interconnection) tarmoq o‘zaro ta’sirlashishlari 
    etalon modeliga muvofiq, aynan bu nimdarajalarda ma’lumotlar 
    tarmoq bo‘yicha keyingi uzatilishi uchun kerakli tarzda formatlanadi 
    va kodlanadi.
    Radio Ethernet tarmoqlarining ishlash nazariy tomonlari IEEE 
    802.11 va IEEE 802.11b standartlari orqali belgilangan. Aynan bu 
    standartlarda simli tarmoqlarni ma’lumotlarni uzatish muhitiga ulanish 
    darajasida (MAC-daraja) va fizik darajada (PHY-daraja) tashkil etish 
    tartibi aniqlanadi. 
    Dastlab IEEE 802.11 standarti radiokanal bo‘yicha 1 Mbit/s va 
    opsional 2 Mbit/s tezlikda ma’lumotlarni uzatilishi imkoniyatini 


    152 
    ko‘zda tutgan. Keyingi IEEE 802.11b versiyada asosiy standartga 
    amaldagi qo‘shimcha hisoblanadigan 1, 2, 5,5 va 11 Mbit/s uzatish 
    tezliklari aniqlanadi. 
     Fizik daraja. IEEE 802.11b standarti orqali 2,4 dan
    2,4835 GGsgacha chastoatlar diapzonini ishlatish ko‘zda tutilgan 
    bo‘lib, u sanoat, fan va tibbiyotda linsenziyasiz foydalanish uchun 
    mo‘ljallangan. Ruxsat etish ishlab chiqaruvchiga beriladi va 
    buyurtmachiga 
    mahsulot 
    sotib 
    olinganidan 
    keyin 
    sertifikat 
    ko‘rinishida uzatiladi. Bu yerda ta’kidlash kerakki, O‘zRda bu 
    chastotalar diapazonidan foydalanish sertifikatlardan tashqari, 
    Radiochastotalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida (RCHDQ) ruxsatni 
    olinishi talab qilinadi. 
    Fizik darajada IEEE 802.11 standarti orqali ikkita radiokanallar 
    turlari (DSSS va FHSS) ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular o‘sha bir spektrni 
    kengaytirish texnologiyaini ishlatadi. 

    Download 3,49 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   114




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IEEE 802.11b standartining o‘ziga xos xususiyatlari

    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish