159
5-Bob. BOSHQA SIMSIZ ALOQA TURLARI
5.1. Peyjing va tranking aloqa
Personal radiochaqiruv tizimlari. Personal radiochaqiruv
tizimlari (PRCHT) yoki peyjing abonentlarga
operativ va uncha
qimmat bo‘lmagan aloqani taqdim etadi. PRCHTning ishlashi ko‘p
hollarda ikki tomonlama aloqani tashkil etish zarurati yo‘qligiga, balki
faqat qisqa ma’lumotni yoki chaqiruvni uzatilishi etarli bo‘lishiga
asoslangan. Bunday masala abonentda peyjer deyiladigan uncha katta
bo‘lmagan qabullagich bo‘lganida radiouzatkichlardan foydalanish
yo‘li bilan hal etiladi [6].
PRChT ikkita xususiy (lokal) va umumiy foydalanishdagi (uzoq
masofali) toifalarga bo‘linadi. Xususiy (lokal) PRChT cheklangan
hududda radiochaqiruvni ta’minlaydi, ma’lumotlar
foydalanuvchilari
guruhi uchun bir yoki bir nechta past quvvatli uzatkichlarni ishlatadi.
Chaqiruv umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i bilan o‘zaro
ta’sirlashmasdan dispetcherlik pultlari orqali amalga oshiriladi.
Umumiy
foydalanishdagi
peyjing
tizimlarida
umumiy
foydalanishdagi telefon tarmog‘i orqali radiokanalda cheklangan
hajmli xabar uzatiladi. Zamonaviy peyjing tizimlari umumiy
foydalanishdagi telefon tarmog‘i bilan avtomatik o‘zaro ta’sirlashishni
amalga oshiradi, chaqiruvni va xabarlarni uzatishning raqamli usulini,
oshirilgan uzatish halaqitbardoshligi va o‘tkazish
qobiliyatini
ishlatadi. Oxirgi qurilmalar kichraytiriladi, bu energiya ta’minotini
kamaytirishga imkon beradi. Bunday tizimlarning farqli o‘ziga xos
xususiyati davlat ko‘lamlaridagi katta xizmat ko‘rsatish zonasi,
shuningdek davlatlararo o‘zaro ta’sirlashish imkoniyati,
past narx va
ishlatishning odiyligi hisoblanadi.
Birinchi peyjing tizimi 1956 yilda London gospitallarining birida
qurilgan. Birinchi uzoq masofali PRTCh 60- yillarni boshlarida
AQSh va Kanadada ishlab chiqilgan. Evropada uzoq masofali
PRTCH
Gollandiya, Belgiya va Shveysariyada 1964 – 1965 yillarda
ishga tushirilgan. PRTCh 80 dan 1000 MGsgacha diapazondagi
radiochastotalarda ishlaydi.
PRTCh sotali yoki boshqa harakatdagi aloqa tizimlari bilan
kombinatsiyalashtirilishi mumkin. Bunday
tizimlarda foydalanuvchi
telefon qo‘ng‘iroqlari haqida ogohlantirilishi va qulay vaqtda javob
160
berishi mumkin. Peyjer shuningdek olib yuriladigan qabullagichga
o‘rnatilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda hamma joyda peyjing
tizimlari sotali aloqa
tizimlari (SMS xabarlarini uzatish) orqali surib chiqarilmoqda.
SHuning uchun bunday tizimlarni qurish tamoyillarini atroflicha
ko‘rib chiqish ma’noga ega emas.