• Mavzu: SHAXS INSONIY MUNOSSABATLAR TIZIMIDA. MUOMALA TEXNIKASI VA STRATEGIYASI
  • Reja
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "Kompyuter injiniring" fakulteti "Pedagogika va psixologiya” fanidan Mavzu




    Download 169.29 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana21.01.2024
    Hajmi169.29 Kb.
    #142283
      1   2
    Bog'liq
    Musurmonov Firdavs
    Musurmonov Firdavs, Pedagogika. 1-qism (M.To\'xtaxo\'jayeva, S.Nishonova), Tutashmalar


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI 
    RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
     
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 
     
    "Kompyuter injiniring" fakulteti 
    "Pedagogika va psixologiya” fanidan 
    Mavzu:
    SHAXS INSONIY MUNOSSABATLAR TIZIMIDA. MUOMALA 
    TEXNIKASI VA STRATEGIYASI
     
     
    Bajardi: Musurmonov Firdavs 
    Qabul qildi: MUSINOV S. X 
     
     
     
     
     
     
    SAMARQAND – 2024 


    Reja: 
     
    1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi 
    2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni. 
    3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari 
    4. Muloqot va uni o‘rganish muammolari 
    5. Samarali ta’sir psixologiyasi 
    6. Xulosa. 
    7.
     FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
    Insoniy munosabatlar psixologiyasi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar maxsuli 
    deyilishining eng asosiy sababi uning doimo insonlar davrasida, ular bilan O‘zaro ta’sir 
    doirasida bo‘lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri 
    muloqot ekanligiga ishora qiladi. 
    Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita “yuzma-yuz” 
    bo‘lishi yoki u yoki bu texnik vositalar(telefon, telegraf va sho‘nga o‘xshash) orqali 
    amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do‘stona 
    bo‘lishi; suboyekt tipli(dialogik, sheriklik) yoki suboyekto(monologik) bo‘lishi 
    mumkin. 


    Insoniy munosabatlar shunday o‘zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro munosabatlar 
    shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar O‘rtasida ro‘y 
    beradigan fikrlar, xis-kechinmalar, tashvish-u - quvonchlar almashinuvini nazarda 
    tutadi. Odamlar muloqotda bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi 
    ortgan sari ular o‘rtasida umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo 
    bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan” ham 
    fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi, ayrim xollarda esa ana shunday muloqotning 
    tig‘izligi teskari reaksiyalarni bir - biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi 
    kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muxiti va undagi munosabatlar ana 
    shunday tig‘iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‘izlik oilaning barcha a`zolari 
    o‘rtasida emas, uning ayrim a`zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin(ona-bola, qaynona-
    kelin va xz). 
    O‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko‘zlaydigan asosiy 
    maqsadlari o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, 
    kerak bo‘lsa, «jozibasi”, betakrorligi shundaki, o‘zaro bir xil til topishish yoki 
    tomonlarning aynan bir xil o`ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday 
    vaziyatni tasavvur qiladigan bo‘lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta’sir 
    bo‘lgan bo‘lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko‘rishmay qolgan do‘stingizni 
    ko‘rib qoldingiz. Siz undan xol-axvol so‘radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib, 
    nimaiki demang, sizni maqullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqat juda 
    bemaza bo‘lgan va siz ikkinchi marta O‘sha odam bilan iloji boricha rasman salom-
    alikni bajo keltirib o‘tib ketavergan bo‘lardingiz. Ya`ni, muloqot faoliyati shunday 
    shart-sharoitki, unda xar bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va 
    tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo‘ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar 
    davomida o‘ziga jalb etadi. 


    Xar qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan, ayniqsa, 
    uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar 
    doimo ma`naviy jihatdan rag‘batlantiriladilar. 
    XXI asr bo‘sag‘asida odamning eng tabiiy bo‘lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan 
    xabardor bo‘lish va o‘zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo‘lgan intilishi yanada oshdi 
    va buning qator sabablari bor. 
    Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o‘tib bormoqdamiz. 
    Axborotlarning ko‘pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u 
    bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga 
    aylanadi va bu o‘z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini 
    o‘zgartiradi. 
    Ikkinchidan, turli kasb faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruxining ko‘payishi, 
    ular o‘rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig‘iz sharoitda 
    oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab 
    qiladi. Umuman, XXI asrning korporatsiyalar asri bo‘ladi, deb bashorat qilayotgan 
    iqtisodchilar ham bu korporatsiya insonlarning o‘zaro til topishlariga qaratilgan 
    malakalarning rivojlangan, mukammal bo‘lishi haqida gapirmoqdalar. Undan tashqari, 
    bu kabi korporativ aloqa ko‘p xollarda bevosita yuzma-yuz emas, balki zamonaviy 
    texnik vositalar uyali aloqa, fakslar, elektron pochta, Internet kabilar yordamida aniq 
    va lo‘nda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu ham o‘ziga xos muloqot malakalarining 
    ataylab shakllantirilishini taqozo etadi. 
    Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular sosionomik 
    guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam” dialogi faoliyatning samarasini 
    belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar(servis), 
    marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda odamlarning ataylab 
    muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsulini belgilaydi. 


    Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga 
    o‘rgatish(sosial psixologik trening) masalalari bilan shug‘ullanuvchi fanlarning ham 
    jamiyatdagi o‘rni va salohiyati keskin oshdi. 
    Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni. Aslida xar bir insonning ijtimoiy 
    tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hattoki, nuqsonlari ham muloqot 
    jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish imkoniyatidan 
    mahrum bo‘lgan odam O‘zida individ sifatlarini saqab qolishi mumkin, lekin u shaxs 
    bo‘lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur 
    qilish uchun uning funksiyalarini tahlil qilamiz. 
    Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi-suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birini 
    tushunishlarini taxminlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan 
    kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir va buyuk hislatlaridan biri ham 
    shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, 
    xol-axvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki, taziyaga borgan chog‘da xam ana shunday 
    samimiyatli qabulni xis qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va 
    xalqlarda xam bor, ya`ni bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega. 
    Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat 
    odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. 
    Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘rilanib ketilishi, so‘ng Ma’lum 
    muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki, 
    «mauglilar” biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda 
    qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday holat boladagi bilish qobiliyatlarini ham 
    cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini topdi. 
    Muloqotning yana bir muhim vazifasi-u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, 
    ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo‘li 
    ishga xam bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o‘zigagina manfaat 
    keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. 


    Masalan, ko‘plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya`ni odamni yolg‘izlatib qo‘yishning 
    uning ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan. 
    Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo‘lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy 
    xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan 
    yolg‘izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o‘zlarini band 
    etishlari u qadar katta salbiy o‘zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o‘rganishgan. 
    Lekin baribir har qanday yolg‘izlik va muloqotning yetishmasligi odamda 
    muvozanatsizlik, xissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash, xavotirlanish, o‘ziga 
    ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg‘izlikka 
    mahkum bo‘lganlar ma’lum vaqt o`tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval 
    biror ko‘rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo‘lsa, keyinchalik 
    nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo‘lar ekan. Masalan, bir M.Sifr degan 
    olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g‘or ichida yashagan ekan. 
    Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o‘tgach, u turgan yerda bir o‘rgimchakni 
    ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz, deb yozadi u, shu xayosiz g‘or ichidagi 
    tanho tirik mavjudotlar edik. Men o‘rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri 
    uchun qayg‘ura boshladim.» 
    Shaxsning muloqotga bo‘lgan ehtiyojining to‘la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham 
    ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o‘zaro gaplashish 
    imkoniyatining mavjudligi fakti ko‘pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, 
    ayniqsa, gaplashib o`tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma-yon turib bajariladigan 
    operatsiyalarda odamlar o‘z oldida turgan hamkasbiga qarab ko‘proq, tezroq ishlashga 
    kuch va qo‘shimcha iroda topadi. To‘g‘ri, bu hamkorlikda o‘sha yonidagi odam o‘nga 
    yoqsa, ular o‘rtasida o‘zaro simpatiya xissi bo‘lsa, unda odam ishga «bayramga 
    kelganday” keladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sosiolog hamda 
    psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita 
    ta’sirini o‘rganib, sosiometrik texnologiyani, ya`ni so‘rovnoma asosida bir-birini 


    yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sosiometriya metodikasiga asos 
    solgan edi. 
    Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining 
    ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, xozirgi yangi demokratik 
    munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki 
    kollegial-birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‘lganligini xisobga olsak, odamlarning 
    muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat unumdorligi va samaradorlikning 
    muhim omillaridandir. 
    Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari. Odamlar bir-birlari bilan 
    muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri-o‘zaro bir-
    birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya`ni fikr-g‘oyalariga ko`ndirish, harakatga chorlash, 
    ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir bu turli 
    vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir 
    ko‘rsata olishdir. 
    Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi. 
    Verbal ta’sir bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy 
    vositalar so‘zlardir. Ma’lumki, nutq bu so‘zlashuv, o‘zaro muomala jarayoni bo‘lib, 
    uning vositasi so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam 
    o‘zidagi barcha so‘zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib, sherigiga 
    ta’sir ko‘rsatishni xoxlaydi. 
    Paralingvistik ta’sir bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki 
    susaytiruvchi omillar. So‘ngra nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, 
    tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, 
    nidolar kiradi. So‘ngra qarab, masalan, do‘stimiz bizga biror narsani va`da berayotgan 
    bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Ko`yib - pishib, ochiq yuz 
    va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.


    Noverbal ta’sirning ma`nosi “nutqsiz”dir. So‘ngra suhbatdoshlarning fazoda bir-
    birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari(yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, 
    pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita xis qilishlar, tashqi qiyofa, undan 
    chiqayotgan turli signallar(shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot 
    jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib 
    olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida 
    o‘rtog‘ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko‘rganimdan biram xursandman”, 
    desa, ishonasizmi? 
    Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir-birlariga ta’sir 
    ko‘rsatmoqchi bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida ta’sir 
    etishni o‘ylar ekan. Aslida esa, O‘sha so‘zlar va ular atrofidagi harakatlar muhim rol 
    o‘ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko‘ra, birinchi 
    marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo‘lishiga gapirgan 
    gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal xarakatlar 58% gacha ta’sir 
    qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o‘zgarishi mumkin albatta, lekin xalq ichida 
    yurgan bir maqol to‘g‘ri: «Ust boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi”. 
    Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi sheriklarning 
    rollariga xam bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskori bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir 
    ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida 
    ta`kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshlik ishi tushib, biror hodimni xonasiga 
    taklif etsa, u o‘rnidan turib kutib oladi, iltifot ko‘rsatadi, xol-ahvolni ham kuyukroq 
    so‘raydi va so‘ngra gapning asosiy qismiga o`tadi. 
    Ta’sirning adresati-ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga 
    tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo‘lsa, u tashabbusni o‘z 
    qo‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo‘ladi. 
    Muloqot va uni o‘rganish muammolari.


    Oxirgi yillarda «professionalizm” tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. 
    Chunki jamiyatda tub islohotlarni amalga oshirish, mexnat unumdorligini «inson 
    omili”ni takomillashtirish xisobiga oshirish davr talabi bo‘lib qoldi. Ayniqsa, 
    odamlarni boshqarish soxasidagi professionalizmga katta e`tibor qaratilmoqda. Juda 
    ko‘pchilik mutaxassislar barcha bajaradigan funksiyalari orasida odamlar bilan til 
    topishish, ularga ta’sir ko‘rsatish, ular faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarish eng 
    murakkablaridan ekanligini e’tirof etmoqdalar. Odamlar bilan normal munosabatlarni 
    o‘rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida amaliy sheriklarning holatlari, kutishlarini 
    aniqlay olmaslik, o‘z nuqtai nazariga o‘zgalarni professional tarzda ko`ndira olmaslik, 
    “birov”ni, uning ichki kechinmalari va o‘ziga bo‘lgan munosabatini aniq tasavvur qila 
    olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ o‘quvsizlik, yoki diskommunikasiya 
    holatini keltirib chiqaradi. Bunda odamlar oddiy til bilan aytganda, bir-birlarini 
    tushunolmay qoladilar, shuning oqibatida pishib turgan loyiha yoki yaxshi reja amalga 
    oshmasligi, bir necha oylarga cho‘zilib ketishi mumkin. 
    Shuning uchun ham hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining tadbiqiy yo‘nalishida, 
    boshqaruv psixologiyasida katta yoshli odamlarni kommunikativ bilimdonlikka 
    o`rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat 
    berilmoqda. Har bir korxona, hususiy firma yoki davlat muassasasini boshqaruvchi 
    menedjer, rahbar tayyorlash muammosi ana shu rahbarlarni, boshqaruvchilarni 
    psixologik jihatdan odamlar bilan ishlashga o`rgatish muammosini chetlab o‘tolmaydi. 
    Umuman, hozirgi davrda har qanday mutaxassis-vrach, muxandis, o‘qituvchi, 
    iqtisodchi, agronom, quruvchi, jurnalist, madaniyatshunos yoki boshqalar xam 
    kommunikativ malakalarga ega bo‘lmaguncha, bozor munosabatlari sharoitida tezda 
    jamoaga kirishib, ko‘pchilik bilan til topishib, o‘z professional mahoratini ko‘rsata 
    olmaydi. Har bir ziyoli inson boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va sanoatiga 
    ega bo‘lishi kerak. 


    Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o`rgatishni har qachongidan ham 
    dolzarb qilib qo‘ymoqda. To‘g‘ri, muloqotga kirishish-ijtimoiylashuv jarayonida 
    barcha sifatlardan oldinroq shakllanadigan qobiliyatlardan, u tabiiy va hayotiy narsa. 
    Bola tili juda yaxshi chiqib ulgurmay, atrofidagilar bilan aktiv muloqotga kirisha 
    boshlaydi. Lekin masalaning paradoksal tomoni ham shundaki, yillar o‘tgan sari ongli, 
    aqlli odam har bir gapini o‘ylab gapiradigan, har bir qadamini o‘ylab bosadigan bo‘lib 
    qoladi, bu uning jamiyatdagi mavqesini belgilovchi vositadir. Bu muloqotga 
    kirishishga ruhan tayyorlanishning ahamiyatini ham odam anglashini taqozo etadi. 
    Shunday qilib, ana shu eng tabiiy va bir qarashda oddiy inson faoliyati shu qadar 
    murakkab va serqirraki, uning mexanizmlarini o‘rganish, guruhlarda to‘g‘ri 
    munosabatlarni tashkil etish va odamlarni samarali muloqatga o`rgatish muammosi 
    bugungi ijtimoiy psixologiyaning muhim masalalaridandir. 
    Ma’lumki, gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi. 
    Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini 
    to‘ldirishiga bog‘liq ekan. Noto‘g‘ri tasavvurlardan biri shuki, odamni muomala yoki 
    muloqotga o‘rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so‘zlardan 
    foydalanib, ta’sirchan gapirishga o‘rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash 
    qobiliyatiga deyarli e`tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notik, psixolog Deyl 
    Karnegi «Yaxshi suhbatdosh-yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni 
    biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan 
    bo‘lishini nazarda tutgan edi. 
    Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i tinglash 
    jarayoniga ketar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladiganlar 35-40% oylik 
    maoshlarini odamlarni «tinglaganlari” uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib 
    chiqadiki, kommunikasiyaning eng qiyin sohalaridan xisoblangan tinglash qobiliyati 
    odamga ko‘proq foyda keltirarkan. 


    Shuning uchun bo‘lsa kerak, nemis faylasufi A. Shopengauyer «Odamlarni o‘zingiz 
    to‘g‘ringizda yaxshi fikrga ega bo‘lishlarini xoxlasangiz, ularni tinglang” deb yozgan 
    ekan. Darhaqiqat, agar siz kuyunib gapirsangizu, suhbatdoshingiz sizni tinglamasa, 
    boshqa narsa bilan ovora bo‘laversa, undan ranjiysiz, nafaqat ranjiysiz, balki u bilan 
    aloqani xam uzasiz. O‘qituvchi gapirayotgan paytda uni tinglamaslik odobsizlikning 
    eng keng tarqalgan ko‘rinishi deb baholanishini bilasizmi? 
    Nima uchun biz ko‘pincha yaxshi gapiruvchi, so‘zlovchi bo‘la olamizu, yaxshi 
    tinglovchi bo‘la olmaymiz? Psixologlarning fikricha, asosiy xalaqit beruvchi narsa-bu 
    bizning o‘z fikr-o`ylarimiz va xoxishlarimiz og‘ushida bo‘lib qolishimizdir. Shuning 
    uchun xam ba`zan rasman sherigimizni tinglayotganday bo‘lamiz, lekin aslida 
    hayolimiz boshqa yerda bo‘ladi. Tinglashning ham xuddi gapirishga o‘xshash 
    texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi xam ko‘p, lekin asosan biz kundalik hayotda 
    uning ikki usulini qo‘llaymiz: so‘zma-so‘z qaytarish va boshqacha talqin etish. 
    Birinchisi, suhbatdosh so‘zlarining bir qismini yoki yaxliticha qaytarish orqali, sherikni 
    qo‘llab-quvvatlashni bildiradi. Ikkinchi usul esa-sherigimiz so‘zlarini tinglab, undagi 
    asosiy g‘oyani muxtasar, o‘zimizning talqinimizda ifoda etish. Ikkala usul ham sherik 
    uchun muhim, chunki u sizning tinglayotganingizni, hattoki, undagi g‘oyalarga qarshi 
    emasligingizni bildiradi. Bunday tashqari, biz yaxshi tinglayotgan bo‘lib, «Yo‘g‘e?», 
    «Nahotki?», «Qaraya?», «Yasha!» luqmalari bilan ham suhbatdoshimizni gapirishga, 
    yanayam o‘z fikrlarini oydinlashtirishga chaqirib turamiz. 
    Demak, aslida bizdagi gapirayotgan shaxs yetakchi, u suhbatning mutloq xokimi, degan 
    tasavvur unchalik to‘g‘ri emas. Yaxshi tinglashda ham shunday kuch borki, u 
    suhbatdoshni sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug‘diradi. Chunki muloqot 
    jarayonidagi eng qimmatli narsa-bu axborotning o‘zi. Tinglayotgan odam ma`noli, 
    yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali ma’lumot oladi. Gapirgan esa aksincha, o‘zidagi 
    borini berib, gapirmaydigan suhbatdoshdan «teskari aloqani” olib ulgurmay, hech 
    narsasiz qolishi xam mumkin. Shuning uchun muloqotga o‘rgatishning muhim 


    yo‘nalishlaridan biri-odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va 
    noverbal omillardan o‘rinli foydalanishga o`rgatishdir. 
    Professional tinglash texnikasiga qo‘yidagilar kiradi: 
    Aktiv holat. Bu-agar kreslo yoki divan kabi mebel bo‘lsa, o‘nga bemalol yastanib yoki 
    yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh 
    chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so‘ziga qiziqayotganligingizni bildirishni 
    nazarda tutadi; 
    suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o‘ziga jalb qilib, 
    balki keyin navbat kelganda o‘zining har bir so‘ziga uni ham ko`ndirishning samarali 
    yo‘lidir. 
    O`ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas`uliyat bilan 
    tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o‘zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni 
    bildirish yo‘li. 
    Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o‘z-o‘ziga 
    hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi 
    unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali bo‘lishidagi ahamiyati 
    nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni 
    ruhlantiradi, yangi fikrlar, g‘oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun 
    ma`ruzachi professorning har bir chiqishi va ma`ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat 
    bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi. 
    Agar muloqot jarayonida ishtiroq etuvchi ikki jarayon-gapirish va tinglashning faol 
    o‘zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining 
    psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining ahamiyatini anglash 
    qiyin bo‘lmaydi. Shuning uchun xam ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali 
    muloqotga ataylab o‘rgatishga juda katta e`tibor beriladi. Bu boradagi fanning o‘z 
    uslubi bo‘lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT-muloqot 


    jarayoniga odamlarni psixologik jixatdan xozirlash, ularda zarur kommuniqativ 
    malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi 
    IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi. 
    Amaliy muloqot treningi-IPTning bir ko‘rinishi bo‘lib, u yoki bu professional faoliyatni 
    amalga oshirish jarayonida zarur bo‘ladigan kommunikativ malaka, ko‘nikma va 
    bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot treningi 
    vositasida muzoqaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo‘l-yo`riqlarini 
    birgalikda topish, katta auditoriya oldida so‘zlashga o`rgatish, majlislar o`tkazish, 
    janjalli, konfliktli holatlarda o`‘zini to‘g‘ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bundagi 
    asosiy narsa-trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, o‘zini o‘zga o‘rniga 
    qo‘ya olish, boshqalar manfaatlari bilan o‘zinikini uyg‘unlashtira olish g‘oyasini 
    singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli o`yinlarning eng 
    optimal variantlari sinab, mashq qilinadi. 
    Shaxs Insoniy Munossabatlari Tizimi (SIMT) va Muomala Texnasi va Strategiyasi
    insonlar o'rtasidagi munosabatlarni samarali va o'zaro foydalangan, adolatli va 
    barqarorligi ta'minlashni maqsad qilgan tizimlar. Bu tizimlar orqali shaxslar o'rtasidagi 
    munosabatlar va kommunikatsiyani rivojlantirish, ishonch va iymonni oshirish, va 
    muomalatlar va muzokaralar orqali muammoni yechishni takidlaydi. 
    SIMT va Muomala Texnasi va Strategiyasining asosiy xususiyatlari: 
    Muloqot va E'tibor: SIMT va muomala texnasi, shaxslar o'rtasidagi muloqotni oshirish, 
    e'tiborni oshirish, va fikrlarini ifodalashni rag'batlantiradi. 
    Adolat va Barqarorlik: Bu tizimlar adolat va barqarorlik prinsiplari asosida ishlaydi. 
    Huquqlar va majburiyatlar barqarorlik va adolatning asosiy omillariga muvofiq 
    muhofaza qilinadi. 


    Ishonch va Iymon: SIMT va muomala texnasi va strategiyasi, ishonch va iymonni 
    oshirish uchun tadbirlar o'tkazadi. Insonlar o'rtasidagi etarli va ishonchli munosabatlar 
    tuziladi. 
    Qo'llanma va Tuzatish: Tizimlar, muomala texnikasi va strategiyasini o'rganishda 
    yordam beradigan qo'llanmalar, yo'riqnomalar va o'quv materiallarni taqdim etadi. 
    Muzokaralar va Mushtarak Ishtirok: SIMT va muomala texnasi va strategiyasi, 
    muzokaralar va boshqa shaxslar bilan mushtarak ishtirokni rag'batlantiradi. Muhokama 
    va tushuntirish orqali munosabatlar o'zgaradi. 
    Mavqei va Tuzatuvchi: Tuzatuvchi shaxs, muomala texnikasi va strategiyasini amalga 
    oshirishda mavqeni o'rnini tutadi. Mavqeining ta'mini, muomala texnikasi va 
    strategiyasining samarali joriy qilinishini ta'minlaydi. 
    Samarali Kommunikatsiya: Muomala texnasi va strategiyasi, shaxslar o'rtasidagi 
    samarali va o'zaro foydalangan kommunikatsiyani oshirish uchun vositalarni taqdim 
    etadi 
    Tuzatish va Rivojlanish: Strategiya, shaxslar o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish 
    va muammoni tuzatish uchun strategik yondashuvlarni aniqlash va amalga oshirishni 
    o'z ichiga oladi. 
    Xulosa 
    Bu mustaqil ishda men har bir shaxs o’zini yon atrofdagilari bilan muloqot jarayonida 
    o’zining qanday inson ekanligini bildirishini va shu suhbatdoshini qanday inson 
    ekanligini anglab yetadi. Suhbat davomida inson nimalarga muhim e’tibor berish kerak 
    ekanligini nazariy malumotlarga ega bo’ldim. Insonning shaxsiy rivojlanishi uchun yon 
    atrofdagi insonlarning o’rni juda katta ro’l o’ynaydi, har bir insonning o’z yon atrof 
    muhitga qarab yaxshi yomon tomonga o’zgarishi mimkin. Shuning uchun ham doimo 
    yon atrofdagi insonlar bilan to’g’ri va mazmunli suhbat qilish kerak. Muloqot, e'tibor 
    va hurmat, insonlar o'rtasidagi fikrlar va tajribalarni almashishni ta'minlaydi. Shaxslar 


    o'rtasida o'zaro fikr almashish, tushunish va qo'llab-quvvatlash orqali munosabatlar 
    rivojlantiriladi. 

    Download 169.29 Kb.
      1   2




    Download 169.29 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "Kompyuter injiniring" fakulteti "Pedagogika va psixologiya” fanidan Mavzu

    Download 169.29 Kb.
    Pdf ko'rish