• Reja: 1.TCP/IP protokollar steki, pog’onasining tarixi. 2.Ularning vazifasi, asosiy protokollari. 3.Pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari.
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "kompyuter injiniring" fakulteti




    Download 1.14 Mb.
    bet1/4
    Sana01.04.2024
    Hajmi1.14 Mb.
    #183564
      1   2   3   4
    Bog'liq
    kompyuter tarmoqlari
    1-laboratoriya, 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish, Tizim, FUTBOL O`YININING KELIB CHIQISH HAMDA RIVOJLANISH TARIXI, 10-inf, 1-mavzu taqdimot, Qudratova Shaxnoza Baxtiyor qizi, Mustaqil ish reja Innovatsion va uning turlari. Innovatsion loy, 1 guruh SM erp, 5-Мa’ruza, 02.EGAMBERGANOVA SEVINCHOY, 5-mavzu....... (1), maktabgacha-ta-lim-yoshdagi-bolalarning-ijodiy-qobiliyatlari-va-uni-samarali-rivojlantirish-omillari, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida manaviy-axloqiy tarbiyalash

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI "KOMPYUTER INJINIRING" FAKULTETI

    Kompyuter tarmoqlari” fanidan




    MUSTAQIL ISHI-1

    Tayyorladi: 21_06-guruh


    talabsi Xayrullayev Islom

    Mavzu: Pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari.
    Reja:
    1.TCP/IP protokollar steki, pog’onasining tarixi.
    2.Ularning vazifasi, asosiy protokollari.
    3.Pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari.
    4.TCP/IP va OSI modellarning o’xshash jihatlarini qiyoslash.

    TCP/IP stekining tarixi va rivoji.
    Transmission Control protocol/internet protocol(TCP/IP) – protocollar steki global tarmoq uchun ishlab chiqarilgan.
    TCP/IP standartlari Request for Comment (RFC) deb ataluvchi seriyali hujjatda chop etilgan. RFC hujjatlarida Internet tarmog‘i ichida bo‘layotgan ishlar yozilgan. Ayrim RFC lar tar- moq servislari yoki protokollari va ularni ishlab chiqish haqida yozadi. TCP/IP standartlari har doim RFC ko‘rinishda chop etiladi, faqat barcha RFC lar ham standart bo‘Imaydi.
    Stek 20 yil oldin AQSH mudofaa vazirligi tomonidan har xil hisoblash tizimlarida eksperimental ARPANET tarmog‘ining boshqa tarmoqlar bilan aloqasini ta’minlash uchun ishlab chiqil- gan. ARPA tarmog‘i ishlab chiqaruvchilarga va izlanuvchilarga harbiy sohada anchagina foydali bo‘ldi. ARPA tarmog‘ida ikkita komp>oiter aloqasi Internet Protocol (IP) yordamida amalga oshirilgan. Hozirgi kunda esa TCP/IP stekining asosiy qism- laridan biri hisoblanadi.
    Berkli universiteti o‘zining ОС UNIX versiyasida ishlab chiqqan protokollari bilan TCP/IP ning rivojiga katta hissa qo‘shdi va keng tarqalishiga sababchi bo‘ldi. Ushbu stekda xalqaro Internet axborot tarmog‘i ishlaydi. Uning mutlaqligini, ya’ni
    RFC formasidagi ko‘rinishini Internet Engineering Task Forse (IETF) ta’minlab berdi.
    PC P/IP steki ОС UNIX da shaxsiy kompyuterlar uchun Windows tarmoq operatsion tizimlarida keng tarqalgan va uning yetakchilik xususiyatini quyidagilar orqali tushuntirish mumkin:
    — Bu ko‘p tarixga ega bo‘lgan deyarli yakunlangan standart va hozirgi kunda mashhur bo‘lgan tarmoq protokollari steki hisoblanadi.
    Deyarli barcha katta tarmoqlarda o‘z trafigining asosiy qismini TCP/IP orqali uzatadi.
    — Bu Internet tarmog‘iga chiqish usuli
    Bu stek Internet transport xizmatlaridan va unda yaratil- gan WWW gipermatn texnologiyasidan foydalangan holda intranet — korporativ tarmog‘ining asosi uchun xizmat qiladi.
    Bu mustahkam texnologiya transport tizim osti tizimi darajasida har xil tizimlami birlashtirish uchun qulay.
    — Bu kliyent-server dasturi uchun mustahkam platformalar 0‘rtasida masshtablashgan muhit.
    3.2. TCP/IP STEKINING STRURTURASI.
    PROTOKOLLARNING QISQACHA XARAKTERISTIKASI
    TCP/IP steki o‘zaro ta'sirga ega bo‘lgan ISO/OSI ochiq ti- zimidan oldin ishlab chiqilgan. Shunday bo‘lsa ham u ko‘p sath- li strukturaga ega.
    TCP/IP protokolining strukturasi 3.2-rasmda berilgan. TCP/IP protokollari 4 ta sathga bo‘linadi.

    IV sath eng pastki salh hisoblanadi. U OSI fizik va kanal sathiga mos tushadi.
    TCP/IP protokolida bu sath belgilanmay- di, lekin barcha ma’lum fizik va kanal sathdagi standartlami (lokal tarmoq uchun bu Ethernet, Token-Ring, FDDI, Fast
    Ethernet, lOOVG-AnyLan, global tarmoq uchun — SLIP va PPP «nuqta-nuqta* birlashish protokollari, X.25, frame relay kom- mutatsiya bilan hududiy tarmoq protokollari) qo‘llab-quwatlay- di. Odatda lokal yoki global tarmoqda yangi texnologiya paydo bo‘lsa, ulami zudlik bilan TCP/IP ga RFC ishlab chiqaruv- chilari tomonidan qo‘shib boriladi.
    III sath — bu tarmoqlararo aloqa sathi. Bunda lokal tarmoq, hududiy tarmoq, maxsus aloqa tarmog‘i va shunga o‘xshash tar- moqlaming har xil transport texnologiyasida foydalangan holda paketlarni uzatish bilan shug‘ullanadi.
    Stekda tarmoq sathining asosiy protokoli sifatida (OSI modeli terminida) IP protokolidan foydalaniladi. Bu protokol boshidan murakkab tarmoq tarkibida paketlarni uzatishga mo‘ljallangan. Shuning uchun ham IP protokoli murakkab topologiyali tarmoqlardan yaxshi ishlaydi. IP protokoli deyto- grammali protokol hisoblanadi, ya’ni paketlarni belgilangan joyga ishonchli yetkazilib borishiga javob bera olmaydi, lekin harakat qiladi.
    Tarmoqlararo aloqa sathiga barcha protokol tashkil etuv- chilari bilan bogMangan va marshrutlash jadvalining modifika- tsiyasi, ya’ni marshrut axborotlami yig'ish protokollari RIP (Routing Internet Protocol) va OSPF (Open Shortest Path First), undan tashqari tarmoqlararo xabarlarni boshqarish protokoli
    ICMP (Internet control Message Protocol) kiradi. Oxirgi protokol tarmoq marshrut izatori va paket manbayi hisoblangan protokoli element o‘rtasida xatolar haqidagi axborot almashuviga mo‘ljallangan. ICMP maxsus paketlari yordamida paketlarni yetkaza olmasligi haqida xabar qiladi.
    II sath — asosiy sath hisoblanadi. Bu sathda jo‘natmalami boshqarish protokoli TCP (Transmission Control Protocol) va foydalanuvchining deytogrammali protokoli UDP (User Datagram Protocol) boshqariladi. TCP protokoli masofadagi amaliy jarayonlar o‘rtasida virtual bog‘lanish hisobiga xabarlami ishonchli uzatilishini ta’minlaydi. UDP protokoli amaliy paket- lami deytogramma usulida IP singari uzatilishini ta’minlaydi.
    I sath — amaliy deb nomlanadi. Uzoq vaqt davomida turli hil o‘lkalarda, tashkilotlarda TCP/IP stekidan foydalanish protokollar soni ortishiga va amaliy sathli xizmatlarni qo‘shilishiga sabab boMdi. Unga keng foydalaniladigan, FTP — fayllami ko‘chirish protokoli, telnet — terminalni emulyat- siyalash protokoli, SMTP — pochta protokollari kiradi. Ulaming ayrimlariga batafsilroq to'xtalib o‘tamiz.
    Fayllarni ayirboshlash protokoli FTP (File Transfer Protocol) faylga masofadan turib ega bo‘lishni tashkil qiladi. Fayllarni ishonchli ayirboshlash maqsadida FTP TCP bilan aloqa o‘matib undan transport protokol sifatida foydalanadi. Fayllarni ayirboshlashdan tashqari FTP boshqa xizmatlarni ham taklif qiladi. Ya’ni foydalanuvchi masofadagi kompyuter bilan interaktiv holatda ishlashi mumkin, mi sol uchun uning katalogidagi tashkil etuvchilami bosmaga chiqarish mumkin. FTP dagi ma’lumotlardan foydalanish uchun foydalanuvchi o'zining nomini va parolini kiritishi kerak. Intemetning e’lon qilingan FTP arxiv kataloglariga parol talab qilinmaydi, ya’ni foydalanuvchi Anonymous nomidan foydalanadi.
    TCP/IP stekida FTP protokoli bir qancha kengroq xizmatlarni taklif qiladi va o‘z navbatida bu protokol dasturlash uchun eng murakkab hisoblanadi. Dasturda FTP ning barcha imkoniyatlaridan foydalanilmasa, u holda faqat fayllarni ayir- boshlash protokoli TFTP(Trivial File Transfer Protocol) dan foydalaniladi. Bu protokol faqat fayllami ayriboshlashni tashkil qiladi. Transport protokoli sifatida esa TCP dan birmuncha sod- daroq bo‘lgan UDP protokolidan foydalaniladi.
    Telnet protokoli jarayonlar va terminal o‘rtasida baytlar oqi- mini almashinuvini ta’minlab beradi. Bu protokoldan masofadagi kompyuter terminalining emulyatsiyasi uchun tez-tez foy- dalanib turiladi. Telnet xizmatlaridan foydalanish jarayonida foydalanuvchi masofadagi kompyutemi huddi lokal foydalanuvchi kabi boshqaradi, shuning uchun ham yaxshigina himoyani talab qiladi. Himoyani ta’minlash maqsadida minimum parol bo‘yicha autentifikatsiyadan foydalaniladi, lekin baribir birmuncha mustahkam himoya vositasi bu misol uchun Kerberos tizimi.
    SNMP (Simple Network Manegment Protocol) tarmoq boshqaruvini tashkil qilish uchun ishlatiladi. Awalida SNMP protokol Internet marshrutizatorlarini, odatda shlyuzlar deb ham ataluvchi vositalarni masofadan nazorat qilish va boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Keyinchalik esa SNMP protokoli istalgan kommunikatsiya vositalarini — kontsentratorlami, ko‘prik- lami, tarmoq adapterlarini va boshqalami boshqarish uchun qo‘llaniladi. SNMP protokolidagi boshqaruv qiyinchiliklari ikki qismga bo‘linadi: birinchi masala axborotni uzatish bilan bog‘liq, ikkinchisi esa o‘zgaruvchilami nazorat qilish, ya’ni boshqaruv qurilmasining holati bilan bog'liq.

    Download 1.14 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "kompyuter injiniring" fakulteti

    Download 1.14 Mb.