• Xatolik doirasi.
  • Maxfiylikni buzish
  • Boshqa texnologiyalar bilan integratsiya (birlashish)




    Download 0,84 Mb.
    bet7/13
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,84 Mb.
    #239795
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
    Bog'liq
    IP Hisobot Abduxakimova

    Boshqa texnologiyalar bilan integratsiya (birlashish). Yuzni aniqlash tizimlarining aksariyati ko‘pgina xavfsizlik dasturlariga mos keladi. Yaʼni, u muammosiz integratsiyalashadi. Bu esa qo‘shimcha xarajatlar miqdorini kamaytiradi.

    Yuzni tanib olishning kamchiliklari
    Baʼzi odamlar jamoat joylarida suratga olinishga va yuzni tanib olish texnologiyasidan foydalanishga qarshi emaslar. Albatta bu aniq foyda yoki asos mavjud bo‘lgan holatlarda. Ammo ushbu texnologiya baʼzi insonlarda zo‘ravonlik reaksiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Yuzni tanib olishning baʼzi kamchiliklari va muammolari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    • Nazorat. Baʼzilar hamma joyda mavjud bo‘lgan videokameralar, sunʼiy intellekt va maʼlumotlar tahlili bilan bir qatorda yuzni tanishdan foydalanish ommaviy kuzatuv uchun imkoniyat yaratadi, bu esa shaxsiy erkinlikni cheklashi mumkin. Yaʼni yuzni tanish texnologiyasi hukumatga jinoyatchilarni izlashga imkon bersada, ular oddiy va begunoh odamlarni istalgan vaqtda kuzatib borish uchun sharoit yaradi.

    • Xatolik doirasi. Yuzni tanib olish maʼlumotlari xatolikdan xoli emas, bu esa odamlarning o‘zlari qilmagan jinoyatlarga aloqador bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Misol uchun, kamera burchagidagi yengil o‘zgarish yoki tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarish, masalan, yangi soch turmagi xatoga olib kelishi mumkin. 2018 yilda Newsweek nashri Amazonʼning yuzni tanish texnologiyasi AQSH Kongressining 28 nafar aʼzosini jinoyatlar uchun hibsga olingan shaxslar sifatida noto‘g‘ri aniqlagani haqida xabar berdi.

    • Maxfiylikni buzish. Axloqiylik va maxfiylik masalasi eng munozarali masaladir. Hukumatlar bir nechta fuqarolarning rasmlarini ularning roziligisiz saqlashlari maʼlum. 2020 yilda Yevropa komissiyasi maxfiylik va axloqiy huquqbuzarliklarning oldini olish uchun meʼyoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishga vaqt ajratish uchun jamoat joylarida yuzni aniqlash texnologiyasini besh yilgacha taqiqlashni ko‘rib chiqayotganini aytgan. 


    • Download 0,84 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




    Download 0,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqa texnologiyalar bilan integratsiya (birlashish)

    Download 0,84 Mb.