|
Amaliyot darsida o'qitish texnologiyasi
|
bet | 6/13 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,84 Mb. | | #239795 |
Bog'liq IP Hisobot AbduxakimovaAmaliyot darsida o'qitish texnologiyasi
O'qish shakli
|
Amaliyot
|
Amaliyot tayyorlash rejasi
|
1. Loyiha uchun tizim talablari.
2. Funksional talablar.
|
O‘quv maqsadi: O‘quvchilarga mavzu bo‘yicha umumiy tushuncha berish
|
Pedagogik savollar:
|
O'quv jarayonining natijalari:
|
Quyidagi tushunchalarni tushuntiring:
1. Loyihaga uchun tizim talablariga nimalar kiradi?
2. Funksional talablarga misol keltiring.
|
Quyidagi tushunchalarni bilib oling:
1. Dastur arxitekturasi.
2. Tizim talablar.
|
Metodlar
|
Ko'rgazmali ma'ruza. "Qo'shish" usuli.
|
O‘qitish shakli
|
Frontal. Kollektiv.
|
O‘qitish vositalar
|
Ma'ruza matni. Tarqatma. Proyektor.
|
Ta'lim shartlari
|
Auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Savol-javob
|
A4. Tasniflash masalasini yechish: potensial funksiyalar usuli
Yuzni tanib olishning afzalliklari
Yuzni tanish tizimi smartfon qulfini ochishdan tashqari, boshqa bir qancha afzalliklarga ham ega:
Xavfsizlikni oshirish. Hukumat darajasida yuzni tanish terrorchilar yoki boshqa jinoyatchilarni aniqlashga yordam beradi. Shaxsiy darajada esa, smartfon qurilmalarini qulflash va kuzatuv kameralari uchun xavfsizlik vositasi sifatida ishlatilishi mumkin.
Jinoyatlarni kamaytirish. Yuzni tanib olish o‘g‘rilar va huquqbuzarlarni izlashni osonlashtiradi. Yuzni tanib olish tizimi ayniqsa, kichik jinoyatlarni oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari ushbu texnologiyadan jismoniy xavfsizlikdan tashqari, kiberxavfsizlikda ham keng qo‘llaniladi. Kompaniyalar kompyuterlarga kirish uchun parollar o‘rniga yuzni aniqlash texnologiyasidan foydalanishlari mumkin. Nazariy jihatdan, yuzni tanish tizimini buzib bo‘lmaydi, chunki unda parol bilan bo‘lgani kabi o‘g‘irlash yoki o‘zgartirish uchun hech narsa yo‘q.
Qidiruv tizimini yaxshilash. Jamoatchilik orasida gumonlanuvchilarni qidirish politsiyachilar uchun bir muncha qiyin jarayondir. Yuzni tanish texnologiyasi esa, jarayonni yaxshilashi mumkin. Olomon orasida gumonlanuvchilarni insonlar emas, balki avtomatlashtirilgan tizim bilan izlash orqali yuzni aniqlash texnologiyasi potensial qarama-qarshilikni kamaytirishga va qonunga bo‘ysunuvchi fuqarolarga nisbatan tushunmovchiliklarni kamaytirishga yordam beradi.
Kattaroq qulaylik yaratish. Texnologiya keng tarqalib borar ekan, mijozlar do‘konlarda xarid uchun kredit kartalari yoki naqd pullardan emas, balki yuzlaridan foydalangan holda to‘lashlari mumkin. Bu orqali do‘konlardagi kassalarda vaqtni tejash imkonini beradi. Barmoq izlari yoki boshqa xavfsizlik choralari kabi yuzni tanib olish uchun kontakt talab qilinmagani uchun yuzni tanish bizga tez, avtomatik va muammosiz tekshirish tajribasini taqdim etadi.
Tezroq ishlash. Yuzni tanib olish jarayoni atigi bir soniya davom etadi, bu esa yuzni tanishdan foydalanadigan kompaniyalar uchun foydalidir. Kiberhujumlar va ilg‘or xakerlik vositalari davrida kompaniyalar xavfsiz va tezkor texnologiyalarga muhtoj. Yuzni tanib olish insonning shaxsini tez va samarali tekshirish imkonini yaratadi.
|
| |