Muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 6 Mb.
bet14/47
Sana27.01.2024
Hajmi6 Mb.
#146855
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
Bog'liq
Elektr energiyasinig sifat ko\'rsatkichlari majmua 2chalalari
Axmedova Mashxuraxon, gfhgfbd
Nazorat savollari:

  1. Tizimli boshqaruv tartibi qanday bo‘ladi?

  2. CHastota va aktiv quvvatni boshqarish qanday amalga oshiriladi?



MA’RUZA 10
KUCHLANISHNI AVTOMATIK ROSTLASH.
Reja:

  1. Kuchlanish boshqarilishi birlamchi qurilmasi,

  2. Sinxron mashinalarniing qo‘zg‘atishini tez xarakatlantiruvchi avtomatik rostlagichdir (AQR).

Ushbu rostlagichning o‘lchash organi mashina tugunida kuchlashnishni berilgan qiymatdan og‘ishini nazorat qiladi, o‘tish jarayonlariga, ko‘p hollarda esa boshqa parametrlar tartibini o‘zgarish tezligi, tezlanishiga munosabatni bildiradi. Kuchlanishni og‘ishi, EYUKga, demak ishlab chiqarilayotgan reaktiv quvvatga, ta’sir qiluvchi qo‘zg‘atish tokini o‘zgartirish bilan kompensatsiyalanadi. 12.1-rasmda I va II yuklamalarning statik xarakteristikalari va zarur bo‘lgan AQRni rostlash xarakteristikalari 1 va 2, 4% atrofidagi statizm bilan ko‘rsatilgan.





12.1-rasm. Rostlagich va yuklamani statik xarakteristikalari

12.1-rasmdan (1-chiziq) ko‘rinib turibdiki, iste’mol qilinayotgan reaktiv quvvat oshganda kuchlanish pasayadi. Kuchlanish bo‘yicha tartib U0 kuchlanishga to‘g‘ri keladigan, ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinadigan reaktiv quvvat teng bo‘lgandagi xarakteristikalar kesishish n1 nuqtasida o‘rnatiladi. Reaktiv quvvatni Q1 qiymatga oshishida kuchlanish U1 qiymatga pasayadi (n2 nuqta). Elektrostansiyaning bosh shinasidagi kuchlanish shu qadar pasayishi mumkinki, AQR o‘rnatmasi shunday o‘zgartiriladiki, bunda uning xarakteristikasi 2-ko‘rsatilgan liniyaga surilsin. Unda xarakteristikalar kesishuvi, Q quvvatga va ruxsat etilgan oraliqdagi ma’qul kuchlanish U0 ga to‘g‘ri keladigan n3 nuqtaga suriladi. O‘rnatmani o‘zgartirib parallel ishlayotgan sinxron mashinalar orasida, kuchlanishni ruxsat etilgan oraliqda saqlab, reaktiv quvvatni qayta taqsimlash mumkin. SHunday qilib, reaktiv quvvat balansi ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan quvvatlar tengligini bajarilishidan iborat:


QG=Qist
Bunda, tarmoqning nazorat nuqtalarida talab qilingan kuchlanish Unaz=0 saqlab. turiladi.
Kuchlanish va reaktiv quvvat tartibining ikkilamchi boshqarish sistemasi. AQR qurilmasiga (o‘rnatmaga) yo xodim, yoki barcha elektrostansiya generatorlari AQR si ishini muvofiqlashtiruvchi sekin xarakatlanadigan ikkilamchi kuchlanish rostlagichi AQR ta’sir etishi mumkin. Stansiyaning bosh shinasidagi kuchlanishning berilgan qiymatidan og‘ishi ikkilamchi rostlagich yordamida bartaraf qilinadi. Ammo qo‘zg‘atish avtomatik o‘zgarganda, ortiq yuklanishda ham, qo‘zg‘atish o‘ta kamayganda ham, generatorlar qizib ketishi mumkin. Ikkinchi xolatda, generatorlar sinxronizmdan chiqib ketishi mumkin. SHuninig uchun generatorlar ruxsat etilmagan tartiblarga o‘tib ketmasligi uchun, xodim ularni chegaraviy qiymatlardan ancha uzoqda ushlab turadi, bu esa – generatorlar reaktiv quvvatidan 25% gacha foydalanmaslikka olib keladi. Bunday xodisalar bo‘lmasligi uchun qo‘zg‘atishni avtomatik cheklagichlari qo‘llaniladi.
SHunday qilib, ikkilamchi boshqarish tizimi qurilmalar majmui: ikkilamchi kuchlanish rostlagichi, qo‘zg‘atishni yuqori va pastgi oraliqlarini cheklagichlari va generatorlar orasida reaktiv quvvat taqsimlanishini boshqaruvchi uskunalar majmuidir.

Download 6 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Download 6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 6 Mb.