• 1. Elektr energiya sifatini belgilovchi ko‘rsatgichlar
  • Muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 6 Mb.
    bet2/47
    Sana27.01.2024
    Hajmi6 Mb.
    #146855
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
    Bog'liq
    Elektr energiyasinig sifat ko\'rsatkichlari majmua 2chalalari
    Axmedova Mashxuraxon, gfhgfbd
    MA’RUZALAR MATNI


    MA’RUZA 1
    ELEKTR ENERGIYA SIFATINI KO‘RSATUVCHI
    ASOSIY KATTALIKLAR
    Reja:
    1. Elektr energiya sifatini belgilovchi ko‘rsatgichlar.
    2. Elektr energiya sifat ko‘rsatgichlarini iste’molchilar ishiga ta’siri.
    1. Elektr energiya sifatini belgilovchi ko‘rsatgichlar
    Elektr energiya xar xil ishlab chiqarish jarayonlariga kerak bo‘ladigan maxsus ko‘rinishli mahsulot sifatida baho berilishi bilan xarakterlanadi.
    Zamonaviy sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni ko‘tarishga intilish shuningdek texnologik jarayonlarni murakkablanishi asosan rostlanuvchi ventili o‘zgartgichlar, katta quvvatli yoyli pechlar va payvandlash qurilmalarini ishlatish bilan bog‘langan. Ushbu iste’molchilarni ishlashini harakterli tomoni, ularni ta’minlovchi tarmoqlar elektr energiyasini sifatiga ta’siridir. O‘z navbatida elektr uskunalarni me’yoriy ishlashi ta’minlovchi tizim elektr energiyasini sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
    Elektr energiya iste’molchilari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni ma’lum bir sharoitlardagina to‘la-to‘kis bajarishlari mumkin. Bunday sharoitlarni belgilovchi parametrlar elektr energiya sifati deb yuritiladi. Sifat belgilarining istalgan tomonga og‘ishi energiyadan to’liq foydalanmaslik sabab bo‘ladi. SHuningdek, elektr qurilmalari va jihozlardan to’liq foydalanmaslikka va ishlab chiqarilayotgan mahsulot kamaishiga olib keladi.
    Elektr energiya sifat ko‘rsatkichlarini me’yorlash elektr energiya sifatini asosiy masalalaridan hisoblanadi. Elektr energiyaning sifat ko‘rsatkichlari(ESK) tizimi amaldagi kuchlanish qiymatlarini sekin(og‘ish) va tez(tebranish), uning shakli va uch fazali tizim simmetriyasi, shuningdek chastota o‘zgarishini miqdoriy tavsiflarini tashkil etadi. Korxona energetika xizmati xodimlari amaliyotda kam uchraydigan mustaqil manbadan tashqari tarmoq chastotasining darajasiga ta’sir eta olmaydi. Shuning uchun faqat kuchlanishga tegishli energiya sifati(ES) masalalari ko‘rib chiqiladi. Kuchlanish bo‘yicha ESK ni me’yorlash prinsipi texnik-iqtisodiy asosga tayanadi va quyidagilarni tashkil etadi:
    a) Kuchlanish bo‘yicha ESK energetik ma’noga ega, ya’ni quvvat (energiya), kuchlanish egri chizig‘ini buzilishi, buzilgan energiyani elektr uskunalarga salbiy ta’siri darajasi va texnologik jarayonlar ESK qiymatlari bilan o‘lchanadi;
    b) ESKni ruxsat etilgan chegeraviy qiymatlari texnik-iqtisodiy mulohazalardan aniqlanadi;
    v) Aniq va taqqoslangan qiymatlarni olish uchun ESK vaqtni ma’lum intervali oralig‘ida berilgan ehtimollik bilan me’yorlanadi;
    g) ESKni ruxsat etilgan elektr iste’molchilarini(EI) qisqichlarida va elektr tarmog‘i tugunlarida ko‘rsatiladi.
    Ushbu asoslangan ESK tizimi loyihalash amaliyotida nisbatan oddiy asboblar yordamida ES umumiy metrologik nazoratini, tadbirlarni amalga oshirish va ES texnik vositalarini me’yorlashni ta’minlaydi.
    Ko‘pgina MDH mamlakatlarida standart GOST 13109-97- “Belgilangan umumiy elektr ta’minoti tizimida elektr energiyani sifati va me’yori” qabul qilingan. Ushbu standartda ESK(energiyaning sifat ko‘rsatkichlari)ning ruxsat etilgan qiymatlari elektr ta’minoti tizimida(ETT), MEK (международый электротехнический комитет) nashrlarida keltirilgan EMM (elektr magnit mosligi) milliy standartlarni tayyorlashda tavsiya etilgan.
    Standart GOST 13109-97 ga muvofiq uch fazali tok tizimidan ta’minlanganda ESK tizimi kuchlanishni og‘ishi(KO), ∆U; kuchlanishni o‘zgarish kengligi, δU1 (kuchlanishni tebranish amplitudasi, KT); fliker tezligi(miqdori), R1; liniya, faza kuchlanishi egri chizig‘i sinusoidasini buzilish koeffitsiyenti, Ku (keyinchalik Kns); ν – yuqori garmonikalar (YuG) koeffitsienti, Ku(ν); kuchlanishni teskari, ε2 va nol ε0 ketma – ketligi koeffitsiyenti; kuchlanish yo‘qolish davomiyligi, ∆ty; kuchlanish impulsi, Uimp; vaqtinchalik o‘ta kuchlanish koeffitsiyenti, Ko‘taU; chastotani og‘ishi, ∆ƒ ni tashkil etadi.
    Standart GOST 13109-97 da ES uchun ikki xil ruxsat etilgan me’yoriy va chegeraviy kattaliklar(ChRQ) o‘rnatilgan. Standart talablariga ESK ni to‘g‘ri kelishini baholash, 24 soatga teng hisoblash oralig‘ida amalga oshiriladi.
    Elektr energiyasi sifat muammosini hal qliishda iqtisodiy, matematik va texnik vazifalar ko‘rilishi kerak. Iqtisodiy vazifa o‘ziga elektr ta’minotida sifatsiz energiya iste’mol qilgandagi zararlarni hisoblash usullarini yaratishni ko‘zda tutsa, matematik vazifa sifat ko‘rsatkichlarini u yoki bu usullar bilan hisoblashni, texnik vazifai esa texnik vosita va tadbirlarni yaratib, sifatini yaxshilashni va sifat belgilarini nazorat hamda boshqaruv usullarini yaratish va ishlab chiqarishni qamrab oladi.
    Umuman olganda «Elektr energiyasi sifati» deganda energiya tizimning asosiy parametrlarining o‘rnatilgan normadagi qiymatlarga to‘g‘ri kelishi va shu qiymatlar bilan energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash tushuniladi.
    GOST-13109-97 ga asosan elektr energiyani sifat ko‘rsatkichlariga quyidagilar qabul qilinadi:
    1. Bir fazali tok elektr tarmoqlaridan ta’minlanganida: chastotani og‘ishi: kuchlanishni ogishi; chastotani tebranishi darajasi; kuchlanishni o‘zgarish darajasi; kuchlanishni nosinusoidallik koeffitsienti.
    2. Uch fazali tok tarmoqlaridan ta’minlanganda: chastotani og‘ishi: kuchlanishni ogishi; chastotani tebranishi darajasi; kuchlanishni o‘zgarish darajasi; kuchlanishni nosinusoidallik koeffitsienti; kuchlanishni bir xil bo‘lmasligi koeffitsienti.
    3. O‘zgarmas tok tarmoqlaridan ta’minlanganida:
    Kuchlanishni og‘ishi; kuchlanishni tebranishi koeffitsienti.
    Elektr energiyani sifat ko‘rsatgichlari o‘rnatilgan oraliqda 0,95 bo‘lishi kerak.
    Korxonaning elektr ta’minoti tizimida elektr energiyani sifatini tahlil qilishda quyidagi oraliqdagi o‘lchovlarni nazorat qilish ko‘zda tutiladi:
    1) Kuchlanishni og‘ishini nazorat qilishda;
    a) Haftasiga besh kun ishlaydigan korxonalar va energetika tizimini tugunlarida bir ishlaydigan va ishlamaydigan sutka uchun;
    b) Uzluksiz ishlaydigan korxonalar uchun – bir sutkadan kam bo‘lmasligi kerak;
    v) boshqa hollarda – ikki ish kun iva bir ishlamaydigan sutka;
    2) Kuchlanishni nosinusoidallik koeffitsient iva kuchlanishni o‘zgarish va chastotani tebranish darajasida;
    a) elektr yoyli po‘lat eritish pechlarida – eng katta yuklamada (eritish da-vomida) 30 minut oralig‘ida;
    b) elektr yoyli va kontaktli payvandli elektr tarmoqlarida – 30 minut oralig‘ida;
    v) kuydiruvchi prokat stanli tarmoqlarda prokatni 10-12 davrida;
    g) Odam yashaydigan va ma’muriy binolarni ta’minlaydigan elektr tar-moqlari – bir soat davomida kuchlanish tebranishni yuzaga kelishida;
    d) Boshqa holatlarni hammasida bir sutka davomida;
    3) Kuchlanish nosimmetriya koeffitsietini nazorat qilishda;
    a) Sokin tartibda ishlaydigan bir fazali elektr pechlarini (qarshilik pechlari, elektr shlakli qayta erishish va boshqalar) ta’minlaydigan tar-moqlarda eng katta yuklama vaqtida bir soat davomida;
    b) Keskin o‘zgaruvchan tartibda ishlaydigan (elektr yoyli po‘lat erituvchi pechlar tortuvchi yuklamalar, elektr yoyli va kontaktli payvandlash v.b.q) yuklamalarni ta’minlaydigan tarmoqlarda – eng katta yuklamada bir soat davomida;
    v) Boshqa holatlarni hammasida – sutka davomida;
    4) Kuchlanishni bir xil bo‘lmaslik koeffitsientini nazorat qilishda – sutka davomida;
    5) o‘g‘rilangan kuchlanishni pulsatsiya koeffitsientini nazorat qilishda – 30 minut davomida;
    6) CHastotani og‘ishini nazorat qilish doim bo‘lishi kerak.
    Elektr energiyani sifatini ta’minlovchi tarmoqni vositalari yoki tegishli qo‘shimcha uskunalarni loyihalovchi va ishlatuvchi tashkilotlarni tajribasiga asosan qo‘llab, yaxshilash mumkin.
    Texnik talablarga asoslangan xulosalarni bir qismi umumiy bo‘lib, bor bo‘lgan ko‘rsatmalarga asosan qabul qilinishi kerak. Boshqa holatlarda aniq sharoitlarni o‘ziga hosligi (katta quvvatli zarbali yuklamali korxonalarni o‘ziga hos hususiyati) hisobga olinishi kerak.
    CHastotaning og‘ishi bu – 10 minut oralig‘ida chastotaning haqiqiy qiymatini nominal qiymatdan farqini ko‘rsatuvchi o‘rtacha qiymat. Normal xolatda chastotaning og‘ishi nominal qiymatdan 0,1 Gs o‘zgarishi ruhsat etiladi. Qisqa vaqt ichida esa 0,2 Gs ga o‘zgarishi mumkin.
    CHastotaning tebranishi bu – chastotaning o‘zgarish tezligi sekundiga 0,2 Gs dan kichik bo‘lmaganda, rejim parametrlarining tez o‘zgarishida asosiy cha-stotaning eng yuqori va eng kichik qiymatlari orasidagi farq hisoblanadi.
    CHastotaning tebranishi, og‘ishga ruxsat berilgan 0,1 Gs dan tashkari, 0,2 Gs dan oshishi mumkin emas.
    ;
    CHastotani qatiy o‘rnatilgan oraliqda og‘ishi va tebranish darajasini o‘zgarishi ham elektr energiya iste’molchilarini va bir xil turdagi elektr uskunalarini ishonchli ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi. Valdagi o‘zgarmas momentli asinxron va sinxron motorlar ham aylanish chastotasini tarmoqni chastotasiga bog‘liq xolda o‘zgartiradi. Masalan: asinxron motorlar uchun ushbu bog‘liqlik quyidagicha aniqlanadi.
    Bu erda S – motorni sirpanishi; ƒ – ta’minlovchi tarmoq kuchlanishini chastotasi, Gs; R – motorni juft polyuslari soni.
    Tezlikni ikkinchi darajasiga bog‘liq momentli asinxron motorlari o‘zining ishlab chiqarish qobilyatini chastotani o‘zgarish bilan anchaga o‘zgartiradi; bir qator hollarda texnologik jarayonlar buzilishi mumkin.
    CHastotani og‘ishidan mexanizmlarni ishlab chiqarish qobilyati ularni tiliga bog‘liq. Ushbu xolatda iste’mol qilinadigan aktiv quvvat quyidagi formuladan aniqlanadi.
    R = aƒ
    Bu erda n – 0 ÷4 qiymatda qabul qilinadigan daraja ko‘rsatkichi
    Metall qirqadigan stanoklarda motorlarni quvvati chastotaga to‘g‘ri proporsional va n = 1 ventilyatorlar va markazdan qochuvchi nasoslar uchun ishlash xarakteriga bog‘liq xolda n = 2 ÷ 4. Qarshilik va yoyli po‘lat eritish pechlari va cho‘g‘lanish lampalari ishlashi chastotani o‘zgarishiga bog‘liq emas.
    Nazorat savollari:
    1.Elektr energiyaning sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlar nimalardan iborat?
    2. Elektr energiyaning sifat ko‘rsatkichlari iste’molchilar ishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    Download 6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




    Download 6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 6 Mb.