• MA’RUZA 7 ELEKTR QURILMALARI QUVVAT KOEFFITSIENTI QIYMATINI OSHIRISH USULLARI. Reja
  • Muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 6 Mb.
    bet9/47
    Sana27.01.2024
    Hajmi6 Mb.
    #146855
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
    Bog'liq
    Elektr energiyasinig sifat ko\'rsatkichlari majmua 2chalalari
    Axmedova Mashxuraxon, gfhgfbd
    Nazorat savollari:

    1. Kondensator batareyalari liniyaga ketma-ket ulanganda tarmoq qarshiligi qanday o‘zgaradi?

    2. Ketma-ket ulangan kondensator batareyalarida kuchlanishni pasayishi liniya qanday bog‘langan?



    MA’RUZA 7
    ELEKTR QURILMALARI QUVVAT KOEFFITSIENTI QIYMATINI OSHIRISH USULLARI.
    Reja:

    1. Quvvat koeffitsienti tushunchasi.

    2. Quvvat koeffitsientini oshirish.

    Elektr energiyasi sifatini oshirishda elektr qurilmaning quvvat koeffitsienti cos katta ahamiyat kasb etadi. Uning kichik qiymatga ega bo‘lishi elektr tarmog‘ida, generator va transformatorlarda metallarni ko‘p sarflashga, o‘rnatilgan quvvatni to‘liq bo‘lmagan holda ishlatilishga olib keladi.
    Iste’molchilarining umumiy yuklamasi uning aktiv va reaktiv yuklamalarini yig‘indisidan iborat. Iste’mol qilinayotgan elektr energiyani kamaytirish, korxonaning ishlab chiqarish faoliyatining asosiy ko‘rsatgichi hisoblanadi. Elektr energiya iste’molini kamaytirishning asosiy usuli - uni istemolini optimal qilish. Elektr ta’minoti tizimida elektr energiya isrofini (transformatorlar, liniya, reaktorlarda) kamaytirish.
    Transformatorlarda elektr energiya isrofi katta o‘lchamni tashkil etib, uni mumkin bo‘lgan minimumgacha- transformatorlar quvvati va sonini to‘g‘ri talab, ularni ratsional tartibda ishlashi va minimum yuklamada salt yurishni yo‘qotib erishish mumkin. Bir vaqtda ishlaydigan transformatorlar sonini transformatorlarda yuklamaga bog‘liq holda elektr energiyani minimal isrofi sharti bilan navbatchi xodim aniqlaydi.
    Iste’molchiga aktiv (R) va reaktiv (Q) quvvatlarni uzatish jarayonida elektr ta’minoti tizimida aktiv quvvat isrofi yuzaga keladi.
    (1)
    ΔRa va Rr- tegishli aktiv va reaktiv quvvat isrofi quvvat koeffitsienti
    cosφ=P/s=P/√P2+Q2 (2)
    bu erda
    P2+Q2= P2/ cos2φ (3)
    Ushbu ifodadan
    ΔR=ΔRa+ ΔRr= P2R/(V2 cos2φ) (4)
    SHunday qilib aktiv quvvat isrofi quvvat koeffitsientning kvadritiga teskari proporsional bu bilan elektr energiyani ta’minlash manbaidan iste’molchigacha uzatishda quvvat koeffitsienti qiymati tasdiqlanadi.
    (1)ifodadan ko‘rinadiki, uzatilayotgan reaktiv quvvat Q kamaytirilganda tarmoqdagi aktiv quvvat isrofi ΔR1 dan ΔR2 qiymatgacha kamayadi.
    Bunga kompensatsiya qurilmalarini ishlatib erishiladi. Olingan aktiv quvvat isrofi ΔR= ΔR1- ΔR2 uzatilayotgan reaktiv quvvat Q ga nisbati isrofni pasayish koeffitsienti yoki iqtisodiy ekvivalent KEK deb ataladi. Bu qiymat 0,02-0,12kVt/kVar tashkil etadi va elektr ta’minoti sxemasini cosφ, va ta’minlash manbaidan qancha uzoqda joylashganligiga bog‘liq.
    Elektr qurilmalarda reaktiv quvvat iste’molini o‘sishi elektr ta’minotining har bir bo‘g‘inida o‘tkazgichlarda iste’mol qilinayotgan tokni o‘sishiga va elektr qurilmalarining kuvvat koeffitsientni pasayishiga olib keladi.
    cosφ ni oshishi iste’mol qilinayotgan reaktiv quvvatga bog‘liq. Iste’mol qilinayotgan reaktiv quvvat Q dan Q-Qkomp gacha, (kompensatsiya kurilmani reaktiv quvvati) kamayganida burchak φ1 φ2 gacha kuchayadi, shunday qilib quvvat koeffitsienti cosφ1 dan cosφ2 gacha kattalashadi.

    Sanoat korxonasining quvvat koeffitsienti vaqtining har lahzasida


    cosφi = Ri/Si= Ri/√Pi2+Qi2; tgφi=Qi/ Pi
    bu erda Pi , Qi va Si aktiv, reaktiv va to‘liq quvvat tegishli ti vaqt momentida



    Kompensatsiya qurilmasining
    vektor diogrammasi.

    Undan tashqari cos ning kichik qiymatlari quyidagi natijalarga olib keladi;


    - elektr motorlari stansiya generatorlari va nimstansiya transformatorlarining kam Samara bilan ishlashga majbur qiladi;
    - elektr stansiyadagi birlamchi motorlarni quvvat bo‘yicha to‘liq ishlamaslikka va kichik kiymatdagi foydali ish koeffitsientiga ega bo‘lishga olib keladi;
    - tok o‘tkazgich simlarda quvvat isrofi ortib ketadi.
    Ma’lumki, asinxron motorining ishlashi aylantiruvchi magnit maydoni bilan bog‘liq. Bu maydonni hosil qilish uchun motor magnitlovchi yoki reaktiv tok qabul qilishi zarur. Bu tok motor kirish boshmog‘idagi kuchlanishga nisbatan faza bo‘yicha 90oga orqada qoladi. Salt ishlagan davrda elektr motorining quvvat koeffitsienti 0,1÷0,3 ga yaqin.
    Motor yuklama borgan sari qabul qilayotgan tokning aktiv tashkil etuvchisi o‘sa boradi va magnitlovchi reaktiv tokning nisbiy qiymati kamaya boradi. SHunga ko‘ra tok va kuchlanish oralaridagi burchak siljishi  kamaya boradi. Natijada cos qiymati ortadi.
    Kichik qiymatli motorlar katta quvvatlariga nisbatan kichik qiymatli cos larga ega. Bunga sabab – kichik qiymatli motorlarda stator rotor oralig‘idagi havo bo‘shlig‘i  nisbatan katta va u reaktiv energiyani katta qiymatda talab etadi.
    Kichik tezlikda aylanuvchi motorlar kichik qiymatli cos ga ega. Buni kichik tezlikda ishlovchi motorlarda qutblar soni ko‘pligi va o‘lchovlarni kattaligi bilan tushuntirish mumkin. Bunga yana sekin aylanuvchi motorlar havo bo‘shlig‘i kattaroq qilib qabul qilishi ham sababchi buladi.
    Xalqa kontaktli elektr motorlari qisqa tutashgan rotorlilariga qaraganda (3-4)% ga kam miqdorda cos ga egalar. Bu erda ham bu xolat kontakt halqali motorlar havo bo‘shlig‘i qisqa tutashgan rotorliligiga qaraganda kattaroq qilib olinishi bilan izoxlanadi.
    Elektr motorlarini normal holda ekspluatatsiya qilish cos qiymatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Motorlar kam yuklama yoki o‘ta yuklama bilan ishlaganda cos qiymati keskin kamayib ketadi. Noto‘g‘ri yoki sifatsiz bajarilgan ta’mirlov ishlari ham cos qiymatini pasaytirib yuboradi.
    Quvvat koeffitsienti qiymatiga kuchlanishning og‘ishi va tebranishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Kuchlanish qiymati ko‘tarilganda cos kamayadi, pasayganda esa kutariladi. Bunga asosan magnitlovchi tok sababchi bo‘ladi.
    Elektr texnika qurilmalar quvvat koeffitsienti qiymatini tabiiy va su’niy usullar orqali oshirish mumkin.

    Download 6 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




    Download 6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 6 Mb.