• 1. Elektr energiya iste’molchilari ishlariga kuchlanish og‘ishining ta’siri
  • Muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 6 Mb.
    bet5/47
    Sana27.01.2024
    Hajmi6 Mb.
    #146855
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
    Bog'liq
    Elektr energiyasinig sifat ko\'rsatkichlari majmua 2chalalari
    Axmedova Mashxuraxon, gfhgfbd
    Nazorat savollari:
    1. Kuchlanish va toklar shakllarining nosinusoidalligi nimadan iborat?.
    2.Kuchlanish nosimmetriyasi qanday paydo bo‘ladi?
    3.Nosinusoidallik va nosimmetriyalik iste’molchilarining ishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?


    MA’RUZA 4
    KUCHLANISH OG‘ISHINING ISTE’MOLCHILAR ISHLARIGA TA’SIRI
    Reja:
    1. Elektr energiya iste’molchilari ishlariga kuchlanish og‘ishining ta’siri;
    2. Kuchlanish og‘ishi keltiradigan zararlarni aniqlash;


    1. Elektr energiya iste’molchilari ishlariga kuchlanish og‘ishining ta’siri
    Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tizimida kuchlanish og‘ishini yuzaga keltiruvchi asosiy omillar tugin nuqtalarida elektr energiya iste’molchilari yuklamalarini ishlash tartibini o‘zgarishi, ta’minlash manbai tartibini o‘zgarishi elektr ta’minoti tizimi elementlariga bir fazali va zarbali yuklamalarni noto‘g‘ri ulanishi.
    Iste’molchilar qisqichlarida GOST bo‘yicha o‘rnatilgan oraliqdan kuchlanishni og‘ishi uning texnik- iqtisodiy ko‘rsatgichlariga ta’sir etadi. Bundan tashqari kuchlanishni og‘ishi, quvvat va energiya isroflarini o‘zgarishi hisobiga ta’minlovchi tarmoq ko‘rsatgichlari o‘zgaradi.
    Kuchlanish og‘ishining ma’lum bir iste’molchilarni ishlash rejimlariga va texnologik jarayonga ta’sirini bir necha misollar asosida ko‘rib chiqamiz.
    Hozirgi kunda eng keng qo‘llanilgan elektr iste’molchi bu asinxron yuritgichdir. Jadvalda kuchlanish og‘ishi –10 dan +10% oraliqda asinxron yuritkichlarning tavsifilariga ta’siri ko‘rsatilgan.




    YUritgich tavsifi

    Kuchlanish o‘zgargandagi tavsiflar o‘zgarishi







    -10%

    +10%

    1
    1

    Ishga tushuruvchi va aylantiruvchi moment

    -19%

    +21%

    2

    Sinxron aylanish chastotasi

    const

    const

    3

    Sirpanish, %

    +23%

    -17%

    44

    Nominal yuklamada aylanish chastotasi

    -1,5%

    +1%

    55

    FIK
    a) nominal yuklamada
    b) yuklama 75% da
    v) yuklama 50% da

    +2%
    const


    -1­-2%

    +1%
    const


    -1+2%

    66

    Kuydagi yuklamalarda cos 
    a) 100%
    b) 75%
    v) 50%

    +1%
    +2+3%


    +4+5%

    -3%
    -4%


    -5-6%

    77

    Nominal yuklamada rotor toki

    +14%

    -11%

    88

    Nominal yuklamada stator toki

    +10%

    -7%

    99

    Ishga tushirish toki

    -10-12%

    +10+12%

    110

    Nominal yuklamada chulgamlarda t-xaroratning usishi

    +5+60 S

    Amalda uzgarmaydi

    Kuchlanishni og‘ishi asinxron motorlarni ishlash muddatiga (kuchlanishni pasayishi va katta yuklamalarda ishlash muddati kamayadi) ta’sir etadi. Ushbu holatda motor toki oshadi va izolyasiyani eskirishi tezlashadi. Nominal yuklamada, qisqichlarda kuchlanishni V=10% ga o‘zgarishidan motorni ishlash vaqti ikki marta kamayadi. Motor qisqichlarida kuchlanishni oshishidan SYU (salt yurish) tokini oshishi hisobiga iste’mol qilayotgan reaktiv quvvat ko‘payadi.


    Asinxron motorlarni aylanish chastotasi qisqichlariga keltirilgan kuchlanishga qarab o‘zgaradi. Avtomatlashtirilgan stanoklardan iborat uzluksiz liniyalarda texnologik uskunalarning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
    YUqoridagi keltirilgan qiymatlar faqatgina yuritgich tavsifini ko‘rsatadi. Nominal qiymatdan og‘ish yuritgich bilan birga ishlayotgan qurilmalarning ham ish holatiga ta’sir qilib bir qancha iqtisodiy zarar keltiradi.
    Keltirilgan quyidagi ko‘rsatgichlar sifatsiz kuchlanish keltirgan zararlarni ko‘rsatadi:
    1. Kuchlanishning o‘rtacha 3,86% nominal qiymatdan og‘ish oqibatida 280 kVt quvvatli elektropechlar rangli metall eritishda ortiqcha isrofgarchilik 65000kVt soat/yil bo‘ladi.
    2.Kuchlanish og‘ishi 2,87% bo‘lganda poyabzal ishlab chiqaruvchi fabrikalarning issiq vulkanizatsiya sexi sifatsiz mahsulot ishlab chiqaradi, chunki og‘ishning +1-2% i haroratning oshishiga olib keladi, bu esa mahsulot ishlab chiqarishni sekinlashtiradi va bunda 1 mlrd. sum/yil zarar keltirishi mumkin.
    3 .10000kVA quvvatli elektropech sutkasiga 44 tonna silikoxrom mahsulotni ishlab chiqaradi. Kuchlanishning 5-9% kamayishida ishlab chiqaruvchanlikni 38,8 tonnaga kamaytiradi, bu taxminan 12% bo‘ladi.
    Kuchlanishning kamayishi payvandlash sifatini yomonlashtiradi. Kuchlanish kamayishi 10% bo‘lganda payvandlash vaqti 20% ko‘payadi.
    Agar tikuv sexida 2220 ta tikuv mashinasi (AT-120-5) ishlayotganda kuchlanishning nominal qiymatida 5% kamayishi 1 soat davomida 131m mato ishlab chiqarmasligiga olib keladi.
    Kuchlanishning 6-7% kamayishi metallarni quydiruvchi 3x225 kVt quvvatli elektropechlarda elektro-energiya isrofi 270000kVt-soat/yilga teng va texnologik jarayonning uzok davom etishiga olib keladi.
    Kuchlanish og‘ishiga lampa chulg‘ami juda ham sezgir hisoblanadi. Rasmda yorug‘lik oqimi va lampaning ishlash vaqtini kuchlanishning darajalarining quvvatga bog‘liqliklari ko‘rsatilgan.
    1 - YOrug‘lik oqimi F
    2 - YOrug‘lik qaytarilishi 
    3 - Quvvat R
    4 - O‘rtacha ishlash muddati T (protsentlarda)
    Lampalarni qisqichlarida kuchlanishni o‘zgarishidan energetik ko‘rsatgichlari va ishlash muddati quyidagi ifodalardan aniqlanadi:
    CHo‘g‘lanish lampalari uchun
    ;


    ;
    bu erda - nominal kuchlanishda lampa iste’mol qiladigan aktiv quvvat; T- lampani nominal ishlash muddati;  - lampani qisqichlaridagi nisbiy kuchlanish; bo‘lingan faza sxemasi bo‘yicha ulangan lyuminessent lampalar uchun
    ;
    ;
    ,
    bu erda V nisbiy o‘lchamdagi lampani qisqichlaridagi kuchlanishni nominal qiymatdan o‘zgargan kuchlanishda yorug‘lik qurilmalari ishlaganida keladigan umumiy zarar:
    CHo‘g‘lanish lampalari uchun
    Y= ( -1) S0t+  ( -1)t
    Bo‘lingan faza sxemasi bo‘yicha ulangan lyuminessent lampalar uchun:
    Y= VS0t+  [(1+V)-2,72 -1]t,
    bu erda S0- 1 kvt·s elektr energiyaning narxi, so‘m/kvt·s; t-zarar aniqlanadigan vaqt, soat,   -bitta lampaning narxi, so‘m;  -lampa almashtirishni narxi, so‘m; n-o‘rnatilgan lampalar soni; KDS- ikki lampali uskuralar soni;
    Kuchlanish tebranishini kamaytirish. Keskin o‘zgaruvchan yuklamalar ta’sirini kamaytirish uchun har xil sxemalar va qurilmalar ishlatiladi. Eng oddiy usul kuchlanish tebranishini yuzaga keltiradigan iste’molchilarni sex podstansiyalar orqali ta’minlamasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri ayrim liniyalar orqali ta’minlash manbaiga ulab amalga oshiriladi.
    Sokin va zarbali yuklamalarni ikkilangan reaktorlarni ishlatib bir manbadan ta’minlash mumkin. Bunda yuklama rasmda ko‘rsatilgandek reaktorni har xil seksiyalariga ulanadi.
    Zarbali va sokin yuklamalar uchun 6-10 kv kuchlanishli tarmoqlarda cho‘lg‘amlari bo‘lingan kuch transformatorlari ishlatiladi. Bunda transformatorning past kuchlanishli cho‘lg‘amlarini biriga sokin, ikkinchisiga zarbali o‘zgaruvchan yuklamalar ulanadi.
    Kuchlanish tebrannishini pasaytirishni samarali vositalaridan biri tabiy rostlashda samaradorlikka ega sinxron motorlar va kompensatorlar zarbali yuklamada kuchlanish tebranishini pasayishini namoyon qiladi. Motorni tabiy rostlanishida kuchlanish tebranishini pasayishi KV quyidagi ifodada baholanadi.
     = - 
    bu erda motorni boylama o‘qidagi nisbiy o‘tish va o‘ta o‘tish qarshiliklari qiymati.
    CHulg‘anish lampalari uchun kuchlanishning 1% nominal qiymat oshishi iste’mol quvvatining taxminan 1,5% oshishiga va yorug‘lik oqimining 3,7% ga oshishiga ishlash muddatini 14% kamayishiga olib keladi. Kuchlanishning 3% ga oshishi chulg‘anish lampalarini ishlash muddatini 30% ga kamayishiga olib keladi. Kuchlanishning 5% ga oshishi lampalar ishlash vaqtini 2 martda kamaytiradi. Lyuminitsent lampalarining kuchlanishi 10% ga oshganda ularning ishlash muddati 20-30%ga kamayadi.

    Download 6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




    Download 6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 6 Mb.