• MA’RUZA 5 Kuchlanishni rostlash R eja
  • Muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 6 Mb.
    bet7/47
    Sana27.01.2024
    Hajmi6 Mb.
    #146855
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
    Bog'liq
    Elektr energiyasinig sifat ko\'rsatkichlari majmua 2chalalari
    Axmedova Mashxuraxon, gfhgfbd
    Nazorat savollari:
    1. Kuchlanish og‘ishini elektr iste’molchilariga ta’sirini aytib bering?
    2. Kuchlanish og‘ishi yoritgich uskunalarini qanday ko‘rsatgichlariga ta’sir qiladi?
    3. Asinxron yuritgichni kuchlanish og‘ishida qanday sarf xarajatlarni keltirib chiqaradi?
    4. Kuchlanish og‘ishi qanday zararlar keltirib chiqadi?
    MA’RUZA 5
    Kuchlanishni rostlash
    Reja:
    1. Kuchlanishni rostlash;
    2. Sanoat korxonalarida tarmokdagi kuchlanishni boshkarish vositalari.


    1. Kuchlanishni rostlash
    Elektr ta’minoti tizimida kuchlanish sifatini aniqlaydigan asosiy omil yuklama tugunlarida reaktiv quvvat balansi, ta’minlash markazida kuchlanishni optimal rostlash, kuchlanishni kuchlanishni mahalliy rostlash, zarbali va bir fazali yuklamalarni fazalar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash.
    Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimini loyihalashda kuchlanish sifatini yaxshilaydigan shartlar – uning nominal darajasini ko‘tarish. Bu holatda uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari yaxshilanadi. Masalan taqsimlanuvchi tarmoq 6 kV kuchlanishda ishlatishda tarmoq uchun ma’qul kuchlanish hisoblanmaydi, chunki kuchlanishni og‘ishi 15-20 % tashkil etib, chuqur rostlashni talab etadi. Ko‘pincha rostlash qurilmasini o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi, chunki tarmoq uchun kapital xarajatlarni oshishiga va qo‘shimcha elektr energiya isrofiga sabab bo‘ladi. Ko‘rilyotgan misolda 20 kV kuchlanishni ishlatish to‘g‘ri qaror bo‘lib, elektr energiya isrofini kamaytiradi, sanoat korxonasi quvvatini oshirishga, yangi elektr yuklamalarni ishlab chiqarishga kiritishga imkon beradi.
    Mahsus texnik vositalar-yuklama ostida rostlanuvchi transformatorlar, liniyali rostlagichlar, boshqariladigan kondensator batareyalari, sinxron mashinalarni ishlatishdan iqtisodiy samaradorlik, rostlovchi qurilmalarga ketgan keltirilgan harajatlar va kuchlanishni past sifatidan keladigan zararni taqqoslash bilan aniqlanadi.
    Elektr ta’minoti sistemasida kuchlanishni rostlash usullarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
    a) elektr stansiya va podstansiya shinalarida rostlash.
    Elektr stansiya shinalarida yuklama maksimum soatlarida va yuklama minimum soatlarida generatorlarining qo‘zgatish tokini o‘zgartirib kuchlanishni rostlash mumkin.
    Pasaytiruvchi 6-20 kV li nimstansiyalar shinalarida kuchlanishni rostlash transformatorlar, statik kondensatorlar, sinxron kompensatorlar, avtotransfor-matorlar yordamida rostlash mumkin.
    b) uzatuv liniyalarida rostlash.
    Podstansiyaning uzatuv shinalarida yakka ravishda rostlash effektiv usul xisoblanadi. Bu hollarda yuklama ostida rostlashga ega bo‘lgan transformatorlardan, qo‘shimcha kuchlanish bera oladigan transformator va liniyalariga ketma-ket ulanadigan kondensatorlardan foydalaniladi.
    v) qo‘shma rostlash – birinchi (a) va ikkinchi (b) usullar birga qo‘llanadi.
    g) kuchlanishning ko‘shimcha ravishda rostlash. Bu usul boshqa usullarni qo‘llaganda kerakli darajaga erishilmaganda qo‘shimcha ravishda qo‘llanadi.
    d) elektr ta’minoti sistemasini o‘zgartirish bilan rostlash
    Elektr ta’minoti sxemalarida reaktiv quvvatni miqdori, yo‘nalishi va tarmoqni ayrim joylarda qarshilikni o‘zgartiriladi, ya’ni bu bilan tarmoqni ba’zi nuqtalarida kuchlanishni rostlash imkoniyati hosil bo‘ladi.
    Kuchlanish darajasini kerakli miqdorda ushlab turish uchun ikki xil usul qo‘llaniladi. Birinchi – bu maxsus rostlovchi qurilmalar ishlatmasdan har xil tadbirlar qo‘llash, ikkinchisi bu - maxsus rostlovchi qurilmalar ishlatish.
    Birinchi tadbir o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
    1. Ratsional elektr ta’minoti sistemasini qurish (korxonalarni ta’minlaydigan liniyalarda kattaroq kuchlanishlarni qo‘llash, chuqur kirib borishni ta’minlash, yuklanish koeffitsienti optimal bo‘lgan transformatorlarni qo‘llash, taqsimlovchi tarmoqlar uchun tok o‘tkazuvchilarni qo‘llash va boshqalar).
    2. CHulg‘amlarni sonini o‘zgartirishga ega bo‘lgan transformatorlarda chulg‘am sonini tugri tanlash.
    3. Sex nimstansiyalarni ikkilamchi kuchlanish tomonida o‘zaro ulanish qurilmalarini kullash.
    4. Bosh pasaytiruvchi nimstansiya transformatorlarini parallel ishlashini amalga oshirib zavodning ichki elektr ta’minoti sistemasida qarshilikni kamaytirish.
    5. Korxonaning hususiy ta’minlovchi manbalarida generator kuchlanishini rostlash.
    6. Rostlash imkoniyati bo‘lgan sinxron elektr yuritkichlardan foydalanish.
    Kuchlanishni rostlash tadbirining ikkinchi guruhiga quyidagilar kiradi:
    1. Bosh pasaytiruvchi podstansiya transformatorlari uchun yuklama ostida rostlash mumkin (RPN) bo‘lgan transformatorlardan foydalanish.
    2. Kompensatsiya qurilmalarini qo‘llash.
    3. Maxsus kuchlanishni rostlovchi qurilmalarni qo‘llash.



    Download 6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




    Download 6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 6 Mb.