MA’RUZA 2. Kuchlanish og‘ishi va tebranishi




Download 6 Mb.
bet3/47
Sana27.01.2024
Hajmi6 Mb.
#146855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Elektr energiyasinig sifat ko\'rsatkichlari majmua 2chalalari
Axmedova Mashxuraxon, gfhgfbd
MA’RUZA 2.
Kuchlanish og‘ishi va tebranishi
Reja:
1) Kuchlanishni og‘ishi.
2) Kuchlanishni tebranishi.

Elektr energiyani muhim sifat ko‘rsatgichlaridan biri kuchlanishni ishlatilayotgan qiymati – iste’molchini ulanish sxemasiga bog‘liq liniyali yoki faza kuchlanishidir.


Transformatsiyalashni bir pog‘onasi orasida tarmoq kuchlanishni nisbatan kichik oraliqda o‘zgaradi, shuning uchun hisoblarni soddalashtirish maqsadida amaliyotda kuchlanishni og‘ishi tushunchasidan foydalaniladi.
Kuchlanishning og‘ishi bu – ish rejimining sekin o‘zgarishida, ya’ni kuchlanishni o‘zgarish tezligi sekundiga 1% dan oshmaganda, kuchlanishning haqiqiy qiymatining uning nominal qiymatidan farqiga aytiladi.
yoki
Normal ish holatlarida kuchlanishning og‘ishi quyidagi qiymatlarda ruhsat etiladi:
-5+10% gacha elektr yuritkich va apparatlarning qisqichlarida yurgizish va boshqarish paytida;
- 2,5+5% gacha ish yuritish qurilmalari qisqichlarida;
5% qolgan elektr iste’molchilar qiskichlarida.
Avariyadan keyingi holatlarda kuchlanish kamayishi qo‘shimcha 5% ga ruxsat etiladi.
Har qanday elektr iste’molchi kuchlanishni nominal qiymatiga mos qilib qurilgan, shu bilan kuchlanishni me’yorida o‘zgarishi uni normal ishlashiga ta’sir qilmaydi. Ko‘rsatilgan me’yordan ortiq o‘zgarganda iste’molchilarning ish holati buzulishi mumkin (Elektrotermik kurilmalarida xarorat uzgarishi, yoritkichlarning yoritilganlik darajasi o‘zgarishi, elektr yuritkich valida FIKning o‘zgarishi va boshqalar).
Elektr ta’minoti sistemasida kuchlanish og‘ishiga asosiy sabab elektr iste’molchilar rejimining o‘zgarishi, ta’minlovchi energiya sistemaning holatining o‘zgarishi, liniyaning 10-6kV etarlicha qarshiliklari o‘zgarishi.
Kuchlanishning ko‘rsatilgan me’yorlarda o‘zgarishi ham iste’molchilarning texnik-iktisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Kuchlanishning og‘ishi bir kancha tez-tez o‘zgarib turuvchi faktorlarga bog‘liq. Kuchlanish og‘ishining oqibatlari faqatgin qiymatida emas, balki kuchlanish og‘ishining davomiyligiga va kuchlanish og‘ishi ta’sir qilgan iste’molchilar hajimiga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan: qisqa vaqt ichida yuz bergan ba’zi ma’lum bir iste’molchilar uchun kuchlanish og‘ishining oqibati shu og‘ishni bartaraf qilish uchun ketgan sarf-harajatdan qimmatga tushishi mumkin.
Kuchlanish sifatini tavsiflash uchun hozirgi vaqitda ehtimollik nazariyasiga asoslangan baholash uslubi yaratilgan bo‘lib, uning asosini matematik statistika tashkil etadi. Bu usul birinchi marta P.Ayere tomonidan taklif etilgan. Bu usulga ko‘ra asta-sekinlik bilan o‘zgaruvchi kuchlanishining iste’molchining iqtisodiy ko‘rsavtkichlari yaxshi bo‘lishligini aniqlash aniq va qulay ravishda olib borishlik uchun T davrida kuchlanish og‘ishining o‘rtacha kvadrati orali bajarish kerak bo‘ladi. Muallif tomonidan bu usul bir xil bo‘lmagan kuchlanish deb yuritiladi:
=
bunda vaqt orasidagi kuchlanish og‘ishi;
vaqtda tarmoqning ko‘rilayotgan nuqtasidagi kuchlanish og‘ishi.
Kuchlanish har xilligining o‘lchov birligi foizning kvadrati bilan belgilangan: 1(%)2 yoki 1/10000. Masalan, 25 (%)2 li kuchlanish har xilligida nisbiy og‘ishlik kvadrati 25/10000 ga, og‘ishlikning o‘zi esa 5/100 yoki 5% ga teng.
Elektr tarmog‘idagi kuchlanish rejimini tahlil qilishlik uchun mahsus analizatorlar qo‘llaniladi. Ular yordamida og‘ishlikning o‘rtacha kvadratini o‘lchash mumkin. SHuningdek, T davr ichidagi kuchlanish og‘ishning o‘rtacha qiymatini ham o‘lchash imkoniyati tug‘iladi:

Bu qiymatlar bo‘yicha qiymatlar dispersiyasi, ya’ni tasodifiy qiymatlarning o‘rtacha qiymatdan og‘ish me’yori aniqlanadi:



Olingan qiymatlar va bo‘yicha berilgan qiymatning og‘ish ehtimolligi aniqlanadi. Buning uchun normal funksiyalar taqsimoti (ehtimollik integrali) jadvallari yordamga keladi.
Kuchlanish tebranishi. Kuchlanish tebranishi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi:
a) Kuchlanishning tebranishi U – bu ish rejimining etarlicha tez o‘zgarishida, ya’ni kuchlanish o‘zgarish tezligi sekundiga 1% dan kam bo‘lmaganda, kuchlanishning ta’sir etuvchi eng katta va eng kichik qiymatlari o‘rtasidagi farq tushuniladi:

b) Kuchlanishning o‘zgarish chastotasi (1/s, 1/min, 1/soat)
F=m/T
b
unda m – kuchlanish o‘zgarish tezligi sekundiga 1% dan kam bo‘lmaganda kuchlanishning T vaqt oralig‘ida o‘zgarishlar soni.
v) Kuchlanishning ketma-ket o‘zgarishlari oralig‘i tkj.
Quyidagi rasmda kuchlanishni vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafigi ko‘rsatilgan bo‘lib, unda 12 sekund davomida kuchlanish 5 marotaba quloch yoyadi.
Rasmda U1,U2,…, U5kuchlanish o‘zgarishining qulochlari;
t12, t23, …, tm5 ketma-ket kelayotgan ekstremumlar orsidagi vaqt intervali; T- o‘lchov olib borilgan oraliq vaqt. Agar kuchlanish o‘zgarishni oxiri va keyingisini boshini bir yo‘nalishda vaqt oralig‘i 0,04 sekunddan kichik bo‘lsa, bu o‘zgarish bir deb qaraladi. Kuchlanishni tebranishi deb, 12 sekund oralig‘ida beshta tebranib o‘zgarishi tushuniladi.
Kuchlanishni tebranishi(12 sekund oralig‘ida kuchlanishni besh kenglikda o‘zgarishi).
Tebranish amplitudasi kuchlanishni haqiqiy qiymatlarini keyingi ketma-ketligini egilgan ekstremumlari farqi bilan aniqlanadi.
δU= Umax – Umin
yoki nisbiy birlikda
 
Chastota(yoki o‘rtacha chastota) kuchlanishni m songa (miqdorga) T(1/sek, 1/soat) vaqt ichida o‘zgarishidir:

Fliker tezligi yoki ko‘pincha fliker dozasini qiymati kuchlanishni tebranishi quvvati bilan bog‘langan va integraldan aniqlanadi.

Bu yerda, g1(f) – ko‘rish analizatorining amplituda – fazali xarakteriktikasi; G(f,t) – t vaqtda kuchlanishni chastotali spektr o‘zgarish jarayoni; ϴ – qabul qilish qobiliyati samaradorligini o‘rtacha intervali ϴ=300 mc.
Formuladagi K koeffitsiyenti shunday tanlanadiki, P=1 kattalikda, kuzatishda yomon ta’sir etish yuzaga kelishi oralig‘ida to‘g‘ri kelsin. P ni yuqori qiymati shuni qo‘rsatadiki, FT (fliker tezlashganda) toqat qilib bo‘lmaydigan bezovtalanish ta’sirchanligi bo‘lishi mumkin.
KF(kuchlanish flikeri) tezligi, kuchlanishni tebranish quvvatini to‘liq shunga o‘xshab, q.t. ni inson tomonidan cho‘g‘lanish lampasi yorug‘lik oqimini ko‘rish va aqliy qabul qilish xususiyatini hisobga olib tavsiflaydi. O‘rtacha chastotada tebranish amplitudasining ruxsat etilgan o‘rtacha kvadrati yoki energiyani tebranishini baholovchi fliker “dozasi” me’yorlashtirilgan:
  (1.3)
Q.t. ni me’yorlash, ko‘rish qabul qiladigan q.t. ni yuzaga keltiradigan cho‘g‘lanish lampasining nurlanishiga asoslangan.
Uch fazali tarmoq kuchlanish nosimmetriyasi – kuchlanishni teskari ketma ketligi U2 ni nominal kuchdanishga nisbati bilan aniqlanadigan, kuchlanishni teskari ketma – ketlik koeffitsiyenti 2 bilan tavsiflanadi.
2=(U/Unom)∙100 % (1.4)
Har qanday uch fazali EE iste’molchilari qisqichlarida uzoq vaqtli ruxsat etilgan 2 ni qiymati 2%, chegaralangan ruxsat etilgan qiymati 4 %.
Kuchlanishni nol ketma-ketlik koeffitsiyenti asosiy chastotada kuchlanish nol ketma-ketligini faza nominal kuchlanishiga nisbati bilan aniqlanadi, Unf%:
0= (U0/Unom.f)∙100 % (1.5)
GOST 13109-97 ga asosan, bir fazali yoritish va maishiy elektr iste’molchilarining taqsimlash tarmoqlarida 0 ni qiymati 2% URQ–4%.
YOrug‘lik manbalarini uchun kuchlanishni tebranishini chegaralanishi mexnatni himoya qilish shartlariga asosan kiritilgan.
Sanoat korxonalari tarmoqlarida katta quvvatli tez o‘zgaruvchan yuklamalar: elektr yoyli po‘lat eritish pechlari, payvandlash qurilmalari, ventilli o‘zgartgichlarni ishlashi tufayli kuchlanishni tebranishi yuzaga keladi GOST 13109-97 yoritish lampalari radio uskunalarida kuchlanish tebranishi boshqa iste’molchilarni ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Payvandlash mashinalarini ta’minlaydigan podstansiyalar shinalarida katta kuchlanishni tebranishi yuzaga keladi. Ushbu podstansiyadan ta’minlanadigan iste’molchilarga ularni ta’siri bo‘lib, payvandlash mashinalarida payvandlash sifati yomonlashadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har xil ko‘rinishli detallarni kontaktli payvandlash kuchlanishni tebranishi 5% dan oshmasligi kerak.
Qarshilik pechlarini tiristorli o‘zgartgichlari orqali ta’minlanganda kuchlanishni tebranishi yuklama tokini tebranishini yuzaga keltiradi, bu esa harakatni avtomatik rostlash tizimini turg‘un bo‘lmaslik tartibi yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Kuchlanish tebranishini kamaytirish. Keskin o‘zgaruvchan yuklamalar ta’sirini kamaytirish uchun xar xil sxemalar va qurilmalar ishlatiladi. Eng oddiy usul kuchlanish tebranishini yuzaga keltiradigan iste’molchilarni sex podstansiyalari orqali ta’minlash manbasiga ulab amalga oshiriladi.

Sokin va zarbali yuklamalarni ikkilangan reaktorlarni ishlatib bir manbadan ta’minlash mumkin. Bunda yuklama rasmda ko‘rsatilgandek reaktorni har xil seksiyalariga ulanadi.
Zarbali va sokin yuklamalar uchun 6-10 kV kuchlanishli tarmoqlarda cho‘lg‘amlari bo‘lingan kuch transformatorlari ishlatiladi. Bunda transfomatorning past kuchlanishli chulg‘amlarini biriga sokin, ikkinchisiga zarbali o‘zgaruvchan yuklamalar ulanadi.
Kuchlanish tebranishini pasaytirii samarali vositalaridan biri tabiiy rostlashda samaradorlikka ega sinxron motorlar va kompensatorlar zarbali yuklamada kuchlanish tebranishini pasayishini namoyon qiladi.
Motorni tabiiy rostlanishda kuchlanish tebranishini pasayishi quyidagi ifodadan baholanadi

Bu erda motorni bo‘ylama o‘qidagi nisbiy o‘tish va o‘ta o‘tish qarshiliklari qiymati.
Sinxron mashinalarni o‘ta qo‘zg‘alish tartibida ishlatish quvvat koeffitsienti va tarmoq kuchlanishni darajasini, shuningdek kuchlanishni nosimmetriya va nosinusoidallik darajasini pasaytiradi, bu teskari ketma-ketlikni ekvivalent qarshiligi va chastotada garmonika qarshiliklarini kamayishi bilan tushuntiriladi.



Download 6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Download 6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MA’RUZA 2. Kuchlanish og‘ishi va tebranishi

Download 6 Mb.