Muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 6 Mb.
bet4/47
Sana27.01.2024
Hajmi6 Mb.
#146855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Elektr energiyasinig sifat ko\'rsatkichlari majmua 2chalalari
Axmedova Mashxuraxon, gfhgfbd
Nazorat savollari:
1. Kuchlanish og‘ishi nima?
2. Kuchlanish tebranishi deganda nima tushuniladi?
MA’RUZA 3.
KUCHLANISH VA TOK SHAKLLARINING NOSINUSOIDALLIGI VA NOSIMMETRIYALIGI


Reja:
Kuchlanish va tok shakllarining nosinusoidalligi.
Kuchlanish nosimmetriyasi.

YUqori garmonikalarini asosiy manbalari ta’minlaydigan elektr stansiyalarning sinxron generatorlari, shuningdek ta’minlovchi tarmoq elementlaridan kuch transformatorlari o‘zagiga yuqori magnit induksiya bo‘lganda ya’ni chiqishda nominaldan katta bo‘lgan kuchlanishga yuzaga keladi.


Ammo sinxron generatorlar va kuch transformatorlari bilan ta’minlangan tarmoqlarda tok va kuchlanish nosinusoidalishi juda kichik va tarmoq elementlariga etarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Nochiziqli vol’t-amper tavsifga ega iste’molchilar elektr payvondlash, yoyli-elektr pechlari, boshqariladigan to‘g‘rilagichlarni ishlatilishi yuqori garmonikalar muammosini yuzaga keltirdi.
Hozirgi vaqtda yuqori garmonikali iste’molchilar va ularni ta’minlaydigan elektr tarmoqlarini elektromagnit mosligi zaruriy muammo hisoblanadi. Boshqariladigan ventilli o‘zgartirgichlar ta’minlovchi tarmoq elektr energiyaning sifatini, xususan ta’minlovchi kuchlanish va tokning sinusoidani jiddiy buzilishini yuzaga keltiradi. SHuning uchun ularning bo‘lishi, nosinusoidallikni chuqur o‘rganishni talab etadi. YUqori garmonikalarni ... qatori va darajasi, yuqori garmonikali elektr uskunalari va ularni ishonchli ishlashi, yuqori garmonikalar darajasini kamoytirish zarurligi yuzaga keldi. Qabul qilingan GOST 13109-97 bo‘yicha elektr energiyani sifatiga asosan kuchlanish egri chizig‘i shaklini nosinusiodalligi 5%dan oshmasligi kerak. Ammo tajriba ishlari shuni ko‘rsatadiki, ventilli o‘zgartirgichlar nisbatan ko‘p bo‘lgan tarmoqlarda kuchlanishni nosinusoidaligi meyorlashtirilgan oraliqdan juda katta bo‘lishi mumkin.
Elektr tarmoqlarida kuchlanish egri chizig‘ini katta miqdorda buzilishi quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:
Ta’minlash liniyalari, transformatorlar, kondensator batareyalari va boshqada qo‘shimcha quvvat isrofi yuzaga keladi;
Elektr mashinalari va apparatlar va kabellarni izolyasiyasini eskirishi tezlashadi, bu o‘z navbatida elektr uskunalarini ishonchliligi va ishlatish muddatini kamaytiradi.
Elektr o‘lchovlarini aniqligini kamaytiradi.
Avtomatika va releli himoyasini noto‘g‘ri ishlashi yuzaga keladi.
Qiyinchilik, ba’zi hollarda kuch zanjirlarini axboratlarni uzatish kanali sifatida ishlatish mumkin bo‘lmaydi.
Ba’zan ventilli o‘zgartirgichlarni ishlashi buziladi.
Kondensator batareyalarini yuqori garmonika toklari bilan o‘ta yuklanishi va rezonansni paydo bo‘lishidan ishlatilishi chegaralanadi.
Elektr ta’minoti tizimini loyihalash jarayonida kuchlanishnosinusoidalligini zarur chegaralashga erishish mumkin. Ammo bu vo‘shimcha sarf-harajatlarni talab etadi.
Kuchlanish nosinusoidalligi. Kuchlanish egri chizig‘ini buzilish koeffitsiyenti, Kns%, yuqori garmonika kuchlanishi U ni asosiy chastota 1 yoki nominal kuchlanishga nisbati bilan tavsiflanadi:
(1.6)
Bu yerda, -  - garmonika kuchlanishini haqiqiy qiymati; V, kV:
n – hisobga olinayotgan oxirgi garmonikani tartib raqami;
Kns ni ruxsat etilgan qiymatlari 1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval. Nosinusoidallik koeffitsiyentlari qiymatlari

Unom kuchlanishda me’yoriy ruxsatlangan qiymatlari % kV

Unom kuchlanishda chegaraviy ruxsatlangan qiymatlari % kV

0,38

6-20

35

110-330

0,38

6-20

35

110-330

8,0

5,0

4,0

2,0

12,0

8,0

6,0

3,0

Nosinusoidallik koeffitsiyentidan tashqari GOST 13109-97 kuchlanishni  - garmonika tashkil etuvchi koeffitsiyentini ham me’yorlaydi.

Nosinusoidallik koeffitsienti har qanday iste’molchilarda 5% dan oshmasligi kerak.
Kuchlanish nosimmetriyasi deganda faza yoki liniya kuchlanishlarining amplitudaviy yoki fazaviy burchak siljishlarining o‘zaro teng bo‘lmasligi tushuniladi.
Bir fazali yoritish va maishiy iste’molchilar bo‘lgan uch fazali taqsimlovchi tarmoqlarda elektr energiyani no‘l ketma-ketliklari ruhsat etilgan chegaralangan qiymatdan katta bo‘lmasligi kerak.
Ta’minlovchi tarmoqni nosimmetriya tartibi manbaning, shuningdek iste’molchilarning nosimmetriyasidan yuzaga kelishi mumkin. Birinchi holatda simmetriyalash, uch fazali iste’molchilarni chiqishida bo‘lib, ta’minlash tizimining vazifasiga kiradi. Ikkinchi holatdagi vazifa nosimmetriyali yuklamani fazalar bo‘yicha bir xiltaqsimlashdan iborat. Bunda simmetriyalash uchun maxsus choralar, shuningdek simmetriyalaydigan qurilmalarni ishlatab erishiladi.
Ta’minlash manbalarida kuchlanish nosimmetriyasi nosimmetriyali yuklamalarni soni va quvvatini oshirish bilan bog‘langan. Bunday qurilmalarga induksion yoyli pechlar, temir yo‘llarni tortish qurilmalari, o‘zgaruvchan tokli elektr payvandlash qurilmalari, maxsus bir fazali yuklamalar va boshqalar kiradi. Bunday qurilmalarni chegaralangan quvvatli uch fazali tarmoqlarga ulash tok va kuchlanishni uzoq shuningdek qisqa vaqtli nosimmetriya tartibini yuzaga keltiradi.
Kuchlanish nosimmetriyasi elektr tizimini barcha bo‘g‘inlariga salbiy ta’sir etadi, elektr ta’minoti tizimida quvvat isrofinioshishiga, elektr uskunalarni ishonchli ishlashini pasaytiradi.
Sinxron mashinalarda ta’minlovchi kuchlanish nosimmetriyasida statorda teskari ketma-ketlik toklarini oqishi hisobiga stator va rotorda qo‘shimcha qizish va isrof yuzaga keladi. Bundan tashqari mashina statorda teskari ketma-ketlik toklari asosiy aylantiruvchi momentga teskari momentni yuzaga keltiradi. Elektr mashinalari uchun GOST va elektr stansiyalari va tarmoqlarni texnik ishlatish qoidalariga asosan generator va sinxron kompensatorlarni faza toklari statorning nominal tokidan farqi turboganeratorlar uchun 10% dan, gidrogeneratorlar uchun 20% dan oshmasligi kerak. Bunda faza toklari nominal qiymatlardan oshmasligi kerak.
Asinxron motorlarda kuchlanish nosimmetiyasi qo‘ishmcha qizishni, shuningdek qarama-qarshi harakatlanuvchi momentni yuzaga keltiradi. CHunki asinxron motorlarda teskari ketma-ketlik qarshiligi to‘g‘ri ketma-ketlik qarshiligidan 5-7 marta kichik, kuchlanishni teskari ketma-ketligini kichik miqdordan katta tok yuzaga keltirish mumkin.
Bu tok to‘g‘ri ketma-ketlik tokiga qo‘shilib motorni qizishiga olib keladi, natijada ega bo‘ladigan quvvat kamayadi., izolyasiyani eskirishi tezlashadi. Tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadiki, asinxron motorlar uchun kuchlanish nosimmetiyasi 2% dan oshmasligi kerak. To‘liq yuklangan asinxron motorlarda 4% kuchlanish nosimmetiyasida ishlatish muddati 2 marta kamayadi.
Kuchlanish nosimmetiyasi ko‘p fazali ventilli o‘zgartirgichlarni ishlash tartibini yomonlashtiradi. Fazalar bo‘yicha har xil kuchlanishlarni bo‘lishi natijasida to‘g‘irlangan kuchlanish pulsatsiyasi katta qiymatga oshadi. Impuls- faza tizimi bilan boshqariladigan, tiristorli o‘zgartirgichlarga nosimmetiya salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kondensator qurilmalari kuchlanish nosimmetiyasida fazalar bo‘yicha reaktiv quvvatda bir tekis yuklanmaydi, bu o‘rnatilgan reaktiv quvvatni to‘liq ishlatilmasligiga olib keladi. Ushbu holatda kondensator qurilmalari mavjud nosimmetiyani kuchaytiradi, chunki kichik kuchlanishda tarmoqqa berilayotgan quvvat boshqa fazalarga nisbatan pasayadi (quvvat kondensator batareyalarida kuchlanishini kvadratiga proporsional.)
Ko‘p fazali tizimlarda kuchlanish nosimmetiyasi releli himoya ishlarini qiyinlashtiradi elektr energiya schetchiklarini ishlashini yomonlashtiradi.
Umuman olganda yuklama nosimmetiyasi ko‘p fazali va shuningdek bir fazali bo‘lishi mumkin. Ayniqsa bir fazali xarakterli, chunki har qanday ko‘p fazali nosimmetrik yuklamalarni ko‘p fazali va bir fazali nosimmetik yuklamalarni geometrik yig‘indisi sifatida qarash mumkin.
Dastlabki hisoblar uchun nosimmetiya koeffitsientini quyidagi formuladan aniqlash mumkin.

bu erda – ekvivalent bir fazali yuklamani quvvati;
Sq- ko‘rilayotgan nuqtadagi qisqa tutashuv quvvati.
Keltirilgan ifodadan ko‘rinadiki, agar
Unda kuchlanish nosimmetriyasi 2% dan oshmaydi.
Nosimmetriyaning normalangan ko‘rsatkichi bu teskari yo‘nalgan kuchlanish U2 bo‘lib hisoblanadi va u quyidagicha aniqlanadi:

Bu koeffitsientning ruhsat etilgan qiymati 2%.
Elektr energiya sifat ko‘rsatkichlarining me’yoridan o‘zgarishi elektr ta’minoti sistemasida elektr energiya isrofiga, elektr qurilmalarining ishonchli ishlash darajasini pasayishiga, texnologiya jarayonlarining buzilishi va mahsulot ishlab chiqarishning kamayishiga olib keladi.



Download 6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Download 6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 6 Mb.