|
Bahs yuritish san’ati (eristika)
|
bet | 115/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiyaBahs yuritish san’ati (eristika) о‘ziga xos qonun-qoidalarga amal qilishni talab etadi.
Bularga asosan quyidagilar kiradi:
– zaruriyatsiz bahslashmaslik;
– mavzusiz bahs yuritmaslik va bahs davomida mavzudan chetga chiqmaslik yoki mavzuni о‘zgartirmaslik;
– bahs mavzusi yuzasidan о‘zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar bо‘lmasa, bahsni tо‘xtatish;
– mavzuni yaxshi biladigan, aqlli odamlar bilangina bahslashish;
– bahs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish, о‘z va muxolifining fikrlaridan xulosa chiqara olish, mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish, asoslar tо‘g‘ri bо‘lsa, isbotlashning ham tо‘g‘riligini e’tirof etish va h.k.;
– bir bahs doirasida bahslashish usullarini aralashtirib yubormaslik.
Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va bahs yuritish qoidalariga amal qilish tafakkur madaniyatini yuqori darajaga kо‘tarish imkonini beradi.
Tayanch iboralar: mantiq va mantiq ilmi, predmet belgisi, predmetlar sinfi, tushuncha, tushunchaning mazmuni, tushunchaning xajmi, tushunchaning turlari, tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar, tushunchani chegaralash, tushunchani umumlashtirish, tariflash, tasniflash,tushunchani bo‘lish, Xulosa chiqarish, deduktiv xulosa chiqarish, sillogizm, entimema, polisillogizm, epixeyrema, sorit, induktiv xulosa chiqarish, tо‘liq induksiya, tо‘liqsiz induksiya, ommabop induksiya, ilmiy induksiya, ilmiy induksiya metodlari, statistik umumlashtirish, analogiya, xususiyatlar analogiyasi, munosabat analogiyasi, modellashtirish, argumentlash, tezis, asos-dalil, isbotlash, rad etish, tanqid, argumentlashning strategiyasi, argumentlashning taktikasi, paralogizm, sofizm, paradoks, kommunikativ model, proponent, opponent, muammo, savol, javob, muammoli vaziyat, muammoni qo‘yish, muammoni hal etish, gipoteza, ishchi gipoteza.
|
| |