-MAVZU. ISLOM DINI VA TARIXI




Download 2,19 Mb.
bet155/193
Sana29.05.2024
Hajmi2,19 Mb.
#256562
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   193
Bog'liq
Muhandislik-texnologiya

11-MAVZU. ISLOM DINI VA TARIXI.

Islom (islom dini) Arabiston yarim orolining janubiy-g‘arbiy tomonidagi viloyatlarda, xususan Hijoz vohasida joylashgan Makka va Madina shaharlarida yashaydigan arab qabilalari (qurayshlar) orasida VII asrning birinchi yarmida vujudga kelgan yangi jahon dinidir.


Islom paydo bo‘lishi arafasida Arabistonning g‘arbida O‘rta yer dengizining Sharqiy qirg‘oqlarida, shimoliy Afrikada (xususan Misrda) yakka xudolikka asoslangan iudaizm (yaxudolik) dini, shimol tomondagi Vizantiya (Hozirgi Turkiya) davlatida esa nasroniy dini (xristian) mavjud bo‘lib, bu dinlar arablar orasida ham tarqalmoqda edi. Bu to‘g‘rida Qur'onda ham ma'lumotlar berilgan. (Baqara surasi). O‘sha davrdagi tarixiy vaziyatda arab qabilalari va shahar davlatlari aholisi oldida quyidagi tarixiy vazifalar mavjud edi:

  1. Arablar hayotida urug‘chilik, qabilachilik tartiblari yemirila boshlab, qulchilik bilan feodal tartiblari shakllanayotgan edi. Natijada arablar ijtimoiy turmushida tabaqalanish, sinfiy tengsizlik ro‘y berib, bir tomondan boy badavlat xonadonlar, ikkinchi tomondan qashshoq xonadonlar mavjud bo‘lib, hayotda yuqori tabaqa oilalarida dabdabali to‘y-ma'rakalar, aysh-ishratbozlik, isrofgarchilik, maishiy aynish avj oladi. Ayni paytda kambag‘allar, yetim-yesirlar ahvoli og‘ir edi. Rahm-shafqat, adolat kamayib ketgan edi. Bu xususda Qur'onda (Niso surasi va boshqa suralarda) juda ko‘p fikrlar aytilgan.

«Islom - ixlos, tinchlik, omonlik, sulh, turli ofatlardan salomat bo‘lish, itoat , bo‘sunish kabi ma'nolarni anglatadi»

  1. Arab qabilalarining bir qismi vodiy va vohalardagi qishloq hamda shaharlarda yashab, dehqonchilik, hunar-mandchilik va savdo ishlari bilan shug‘ullanardi. Bu joylarda madaniyat ancha rivoj topgan edi. Makka va Madina madaniyat va diniy markazlar edi.

Biroq o‘sha vaqtlarda arablarning ko‘pchiligi sahrolarda yashab, ular chorvachilik bilan shug‘ullanib ko‘chmanchilik hayotida yashaganlar. Shaharlik va sahroyi-badaviy arablar orasida tez-tez talonchilik urushlari yuz berib turganligi tarixiy manbalarda ko‘rsatilgan. Arablarda ularni tartibga solib turadigan markazlashgan kuchli davlat ham yo‘q edi. Ana shunday kuchli davlat tuzish tarixiy zaruriyatga aylangan. Bu davlat ijtimoiy tarqoqlikka barham berib, arablarni birlashtirishi zarur edi.

  1. O‘sha davrda arablarda g‘oyaviy-mafkuraviy birlik ham yo‘q edi. Chunki, arab qabila va urug‘lari turli-tuman dinlarga diniy urf-odatlarga amal qilganlar, ayniqsa ajdodlar ruhiga sig‘inish, ayrim hayvonlarni ilohiylashtirish (totemizm), ayrim tog‘lar, g‘orlar, suv manbalari, daraxtlar, toshlar, osmon jismlaridan; oy, quyosh, yulduzlarni muqaddaslashtirib ularga sig‘inish (fetishizm), ins-jinslar, devlar, alvasti, pari, afsonaviy xizr kabi g‘ayritabiiy kuchlarga ishonish kuchli bo‘lgan. Qabilaviy xudolar, ma'budalar, ya'ni ilohalarga e'tiqod qilishardi. Ka'ba (toshdan qurilgan to‘rtburchak ibodat uyi) to‘g‘risida tarixiy ma'lumotlar saqlanib qolgan.

Islomiy davrgacha hukm surgan bu johiliya davri mushriqiylik bo‘lib bu ham arablarni mafkuraviy jihatdan birlashtirish yo‘lidagi g‘ov edi. Kun tartibida ko‘p xudolik - mushrikiylikdan vahdoniyatga, ya'ni yakka xudolikka o‘tishdek muhim tarixiy vazifa turar edi.

  1. Shahar boylari va boy chorvadorlar orasida ko‘p xotin olish, ko‘p kunlarga cho‘zilgan dabdabali to‘y-ma'rakalar, ichkilikbozlik, qimor o‘ynash, fohishabozlik kabi yaramas odatlar keng tarqalgan edi. Ayrim arab oilalarida qiz bolalarni yerga ko‘mib tashlashdek dahshatli odat ham bor edi. Kun tartibida ana shunday ahvolga barham berish vazifasi ham mavjud edi.

Yuqorida sanab o‘tilgan tarixiy vazifalarni faqat Olloh xohish irodasi bo‘lgan Islom dini kuch-quvvati bilangina bajarmoq mumkin bo‘ldi. Ollohga iymon-e'tiqodga da'vat qilish faoliyatini xanifalar boshlab yuborgan edilar.
Xanifalar (xanif, arabcha so‘z bo‘lib, ma'nosi chinakam e'tiqod qiluvchi, taqvador kishi) demakdir. O‘z hayotini yakka xudoga e'tiqod qilishga da'vat qilishga bag‘ishlagan.
Islom dini vujudga kelmasdan ilgari arablar orasida yakka xudolik g‘oyasini targ‘ib qilib chiqqan ruhoniylar xaniflar edi. Xaniflardan Sijjah, Tulayh, Asvad, Musaylima kabilarning ismlari manbalarda tilga olingan. Xaniflar o‘sha davrda arab qabilalari o‘rtasida keng yoyilgan mushrikiylikka qarshi chiqib yakka xudolikni targ‘ib qilib chiqqanlar. Xaniflar Tangri, Vohid, Karim, Faxim. Rahmon, Akbar, Taolo, Odil kabilarning har biri Ollohning, yaratuvchining sifatlari deb targ‘ib qilganlar. Xaniflar odamlar ahloqidagi badnafslik, ochko‘zlik, ahloqiy buzuqlik, shuhratparastlik, dabdababozlik, haddan ziyod isrofgarchi-likka olib boradigan katta to‘ylar, ma'rakalar qilishni qattiq qoralaganlar va aksincha, insof, adolat, nafsni tiyish, o‘zgalar haqqidan hazar qilish, bir-birlariga yordam qilish, vatanni sevish, ilm-ma'rifatni egallash kabi fazilatlarni targ‘ib qilganlar. Ular turli butlarga sig‘inishga chaqir-ganlar. Ortiqcha urf-odatlarni bid'at deb hisoblaganlar.

Download 2,19 Mb.
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   193




Download 2,19 Mb.