|
Islom dining tarqalishi. Islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi
|
bet | 157/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiyaIslom dining tarqalishi. Islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi.
Yuqorida aytilib o‘tilganidek, Muhammad rasululloh 632 yilda vafot etdi. Bu davrga kelib musulmonlar davlati Yamandan Sinoy yarim oroligacha, Qizil dengiz sohillaridan Markaziy Qum sahrosigacha cho‘zilgan hududlarni o‘z ichiga olgan katta mamlakat edi. Bu yerlarda Islom hukmron dinga aylandi.
Muhammad vafotidan keyin uning o‘rinbosarlari yoki noiblari (arabcha xalifalar) davlatni boshqara boshlaganlar va shu munosabat bilan musulmonlar davlati «arab xalifaligi» deb nom olgan.
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning «Mendan keyin xalifalik 30 yil davom etadi. Undan so‘ng podshohliklar paydo bo‘ladi», degan hadislari bor. (Imom at-Termiziy). Haqiqatdan ham, payg‘ambarimiz bashoratlarini tarix tasdiqladi. 30 yil xulofoyi Rashidiylar, Abu Bakr as-Siddiq, Umar bin al-Hattob, Usmon bin Affon, Ali bin Abu Tolib 632-661 yillar davomida islomni asl holida saqlagan holda xalifalik qildilar. Undan keyingi davrlarda xalifalar emas, balki ummaviylar, abbosiylar sulolalariga mansub bo‘lgan podshohlik va amirliklar hukmronlik qildilar.(Qarang: Dinlar haqida ma'lumot. Toshkent-2000, Buklet. 3-buklam).
Dastlab Muhammadning ilk safdoshlaridan biri (Qaynotasi) bo‘lgan Abu Bakr Siddiq (hukmronlik davri 632-634 yillar) xalifa deb e'lon qilingan. Shu vaqtda bir qancha arab qabilalari o‘rtasida Madina hukmronligiga qarshi, o‘z mustaqilligi uchun harakatlar ham bo‘lgan. Lekin ular tezda bostirilgan. Abu Bakr davrida shimoliy hududlarga hujum boshlangan. Vizantiyaning kuchsiz qo‘shinlari jiddiy qarshilik ko‘rsatishga ojiz edilar. Abu Bakr vafot qilgach Muhammadga uzoq qarindosh, unga sodiq safdosh bo‘lgan Umar ibn-ul-Hattob xalifa etib saylanadi. Uning xalifalik davri (634-644 yillar) 10 yilga cho‘zilgan. U ikkinchi xalifa edi. Umar davrida Arabistondagi barcha qabilalar bo‘sundirildi va ularni Madina hokimiyati qo‘l ostida birlashtirish oxiriga yetkazildi. Iqtisodiy, siyosiy hamda mafkuraviy jihatlardan mustahkamlanib olgan arab xalifaligining qo‘shni mamlakatlarni bosib olish uchun yurishlarining birinchi bosqichi Umar davrida boshlandi. Bu davrda, ya'ni 638 yili Damashq, 640-yili Quddus (Ierusalim) olindi. Falastin va Suriya yerlari to‘la ravishda xalifalik qo‘liga o‘tdi. Shu vaqtning o‘zida Mesopatamiya va Eronga ham yurishlar boshlandi. 637 yili arab qo‘shinlari Eron poytaxti Tehronga bostirib kirdilar. 644-645 yillarda Hindiston chegaralariga yaqinlashdilar. Shimol va shimoliy-sharq tomonga yurish boshlagan arab qo‘shinlari 640 yili Armanistonni bosib oldilar. 639-yilda Misrga hujum boshlandi va 647 yilgacha arablar shimoliy Afrika sohillarini Tunisgacha egallab oldilar.
Umar zaharlab o‘ldirilgach xalifalik taxtiga Muhammad-ning yaqin do‘stlaridan bo‘lgan Usmon ibn Affon (uchinchi xalifa) o‘tirdi. Uning xalifalik yillari (644-656 yillar) 12 yil davom etgan. U vafot etgach o‘rniga payg‘ambarning kuyovi va amakisining o‘g‘li Ali ibn Tolib o‘tdi va (656-661-yillar) 5 yilgina xalifalik qildi. Usmon va Ali xalifaligi davrida ham istilolar davom etdi. Ayniqsa, Kavkaz va Markaziy Osiyo tomonlarga yurishlar kuchaydi. Qisqa vaqt ichida Gruziya, Ozarbayjon, Eronning shimoliy qismi, Xuroson yerlari arablar qo‘l ostiga o‘tdi va ularning qo‘shinlari Amudaryo sohillariga chiqdi.
7-asr oxiri va 8-asr boshlarida (xalifalikda ummaviylar xonadoni hukmron bo‘lgan 661-750 yillarda) arablar istilosining ikkinchi davri boshlandi. Shimoliy Afrikada istiloni davom ettirib, u joylar va Ispaniya bosib olindi va uni Al-Andalus nomi bilan xalifalik tarkibiga kiritdilar.
Arab istilochilari 7-asr 70-yillarida Eron hududini bosib olishni tugallab, Markaziy Osiyo yerlariga (arablar Movoraunnahr - daryo ortidagi yerlar deb ataganlar) avval bosqinchilik hujumlari qildilar, keyinchalik 8-asr boshlaridan 8-asr (705-715) o‘rtalarigacha bu yerlarni lashkarboshi Abu Muslim ibn Qutayba to‘la bosib oldi. Mahalliy xalqlar arablarga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Mavorounnahrda ularga qarshi Muqanna, Sumbob, Mug‘, Gurak, Divashti boshchiligida yirik xalq qo‘zg‘olonlari bo‘ldi. Arablar mahalliy xalqlar sig‘inadigan otashparastlik ibodatxonalarini buzib tashladilar. Kitoblarni ma'jusiy kitoblar deb yoqib yubordilar. Mahalliy olimlarni, savodli kishilarni o‘ldirdilar yoki qul qilib olib ketdilar. Bular to‘g‘risida 10-asrda yashagan Muhammad Narshahiy o‘zining «Buxoro tarixi» degan 2 jildli kitobida va Abu Rayhon Beruniy o‘zining «O‘tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar» degan kitobida ma'lumotlar qoldirganlar.
Bosib olingan yerlarda islom dinini kiritish uchun hamma vositalar (qurolli kuchlar ham, da'vat, targ‘ibot, soliq siyosati ham, pora, imtiyozlar berishlar ham) ishlatildi.
Islom dini 9-10-asrlarda Tataristonda, 10-12-asrlarda Boshqirdistonda tarqaldi.
Qozog‘iston va Qirqg‘izistonda islomning kiritilishi 19-asrda ham davom etdi. Shimoliy Kavkaz xalqlari o‘rtasida Islom, 14-asrda kabardinlar va balkarlar, 19-asrgacha chechenlar va ingushlar orasida yoyildi.
Nisbatan qisqa tarixiy muddat ichida arab xalifaligi o‘sha zamondagi eng katta imperiya bo‘lgan Vizantiyaning juda katta hududlarini bosib oldi. Eronda Sosoniylar imperiyasi butunlay tugadi. Buning natijasida Amudaryo sohillaridan Shimoliy Afrikagacha, Tbilisi va Darbanddan Yaman va Ummongacha, Ispaniyagacha cho‘zilgan yangi davlat - xalifalik vujudga keldi.
Qisqa davrda arab qo‘shinlari bunday yengil g‘alaba qozonishining sababi: bu davrda ularga jiddiy qarshilik ko‘rsatadigan kuchning yo‘qligi edi. Qadimgi imperiyalar Vizantiya bilan Eron o‘zaro urushlarda holdan toygan, xalqlar qattiq jabr-zulmdan bezigan edi. Shimoliy Hindiston, Kavkaz, Markaziy Osiyda ham kuchli yirik davlatlar yo‘q edi. Masalan, Markaziy Osiyoda 8-asr boshlarida 19 ta mayda xonliklar bo‘lib, ular o‘zaro urush olib borardi. Buxoro Samarqandga, Samarqand Toshkentga yordam ko‘rsatmadi. O‘zaro qirg‘inbarot urushlar xalqning joniga tekkanligi, islom dinining mahalliy dinlarga yaqinligi va o‘xshashligi, yangi dinning moslashuvchanligi, uni qabul qilish shartlarining yengilligi islom tantanasini ta'minlagan omillardan biridir.
Xorazm esa chetda turardi. Bu arablarga yengil g‘alaba qilishga vaziyatni paydo qilgan edi.
Bosib olingan barcha hududlarda xalifalikka bo‘ysunuvchi hokimliklar tashkil topdi, xalqlardan davlat hisobiga va mahalliy hokimiyat uchun o‘nlab soliqlar, o‘lponlar yig‘ib olinardi. Ko‘p shahar va qishloqlarda masjid, madrasalar, diniy maktablar, katta ruhoniylar maqbaralari, ko‘plab qalandarxonalar vujudga kelib, islom urf-odatlari va shariat dasturlari turmushga chuqur singib ketdi, yagona islom mafkurasi va «musulmon madaniyati» hukmronlik qildi.
Xalifalikka bo‘ysundirilgan xalqlar o‘rtasida sadvo-sotiq kuchaydi. «Ipak yo‘li» orqali o‘zaro aloqalar olib borildi.
Hozirgi zamonda islom jahon dinidan biri sifatida 120 davlatda tarqalgan, dunyoda 1 milliarddan ko‘proq musulmon-lar mavjud. Arabiston yarim orolida, Kichik Osiyoda, Shimoliy Afrikada, Osiyo qit'asida, yevropa, Amerika qit'alarida ham musulmonlar yashaydilar. 28 davlatda islom dini rasman davlat dini hisoblanadi. (Eron, Pokiston. Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Amirliklar, Quvayt va boshqalar). Eng ko‘p musulmonlar arablar (136 mln kishi). Indoneziya - musulmon davlatlari orasida aholisi eng ko‘p (153 mln. kishi) mamlakatdir.
Qur'oni Karim – muqaddas, iloxiy kitob. Suralar va ularning nozil bo‘lish tarixi. Qur'on suralari parcha-parcha holda Muhammad payg‘abarga 22 yil (hijriy yil hisobida 23 yil) mobaynida vahiy qilingan. Eshituvchilar bu suralarni yod olib, ba'zilarini esa yozib olganlar.
«Qur'on» arabcha «kara'a»-o‘qimoq, oddiy o‘qish, shuningdek, ma'lum matnni ohang bilan o‘qish, ya'ni «qiroat qilish», «Tilovat qilish» mazmunidagi fe'ldan, «o‘quv», «o‘qiladigan kitob» ma'nosini beradi.
Muhammad payg‘ambar savodli kishi bo‘lmaganligi uchun (Rasulullohning savodi bo‘lmaganligi to‘g‘risida Qur'onning 7-al-A'raf surasining 156-oyatida «ar-rasul an-na-biy al-ummiy» degan so‘zlarni uchratamiz. Bundagi «ummiy» so‘zi «xat yozish va o‘qishni bilmaydigan odam» deb tafsirlangan yoki 29-al-Ankabut surasining 47-oyatida: «Vo mo kunta tatlu ming qablihi min kitabin va lo tuxattuxu bi yaminaka», ya'ni «Bundan (Qur'ondan) oldin sen biror kitobni o‘qimagansan va o‘z qo‘ling bilan xat yozmagan hamsan», deyilganki payg‘ambar savodsiz ekanining aytilishi hyech kimga malol kelmasligi uchun vahiyni yoddan o‘qigan, targ‘ibot vaqtida musulmonlar ham uni yod olganlar. Qur'on suralarini to‘la yodlab olgan musulmonlar ko‘p bo‘lgan va ular «huffoz al-Qur'on» (Qur'onni yod bilganlar yoki Qur'on hofizlari) deb yuritilgan. Abu Bakr hukmronligi davridagi janglarda ana shunday huffozlardan bir qanchasi halok bo‘lgan. Ma'lumot-larga ko‘ra, barcha suralarni to‘la yod bilgan faqat 7 nafar kishi qolgan, boshqalari esa bir qism suralarnigina yod bilganlar, xolos. Muhammad payg‘ambarga umrining oxirgi besh yili davomida kotiblik qilgan Zayd ibn Sobit bitta suraning oxirinigina bilmagan, qolgan barcha suralarni yod olgan. U ko‘pgina suralarni yozib borgan.
Binobarin, yana bir necha jangdan so‘ng suralarni yod bilganlar qolmasligi va Qur'on matnini tiklash mumkin bo‘lmay qolishi havfi yuzaga kelgan.
Shuni hisobga olib, xalifa Abu Bakr eng yaqin safdoshi Umar maslahati bilan 633 yilda Qur'on suralarini to‘plab, dastxat (qo‘lyozma) qildirish vazifasini Zayd ibn Sobitga topshirgan. U payg‘ambar masjidida bu vazifani bajarishga kirishgan, ya'ni sahobalardan har biri o‘zi bilan suralarni o‘qigan, Zayd ibn Sobit esa yozib borgan. Har bir sura, parcha yoki oyatlar guruhini avval bir kishi o‘qib, so‘ngra ikkinchi kishi o‘qiganda aynan mos kelsa, o‘shani yozib olgan. Bu usul Qur'on sura, oyatlari aniq va ishonarli yozilishini ta'minlagan.
Bu to‘plam Suxuf (sahifalar) deb nom olgan bo‘lib, unda ja'mi 109 ta sura bo‘lgan, ya'ni suxuf tarkibi to‘la bo‘lmagan. Chunki unda 1, 34, 41, 45 va 96-suralar hali mavjud emas edi. Oradan 17-18 yil o‘tgach, ilgaridan o‘z ixtiyori bilan suralar-ni yozib yurgan va alohida to‘plam qilib olgan ayrim kishilar qo‘lidagi nusxalar bilan, xaliflikning hokimiyatlarida (viloyatlarida) o‘qish va ibodatlarda ulardan foydalanish kengayib borgan sari, Suxuf orasidagi tafovutlar sezilib qolgan hamda davlatni boshqarish, kelajakdagi xilma-xillik ma'lum muammolarni keltirib chiqarishining oldini olish zaruriyati tug‘ilgan. Xalifa Usmon ibn Affon 651 yilda barcha dastxatlarni to‘plab, taqqoslab chiqish va ular asosida Qur'onning yagona nusxasini tayyorlashga farmon bergan va o‘zi bu ishga bevosita boshchilik qilgan.
Bu vazifani bajarish uchun, tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, 4 kishilik guruh belgilangan. Unga yana Zayd ibn Sobit rahbarlik qilgan, uning tarkibiga Qur'onni yaxshi bilgan sahobalardan Abdulloh ibn az-Zubayr, Sa'd ibn al-Os, Abd ar-Rahmon ibn Xoris, ibn Xishom kiritilgan. Bu guruh barcha nusxalar va topilgan suralarni qaytadan tekshirib taqqoslash asosida yagona nusxani tayyorlagan. Ilgarigi shaxsiy nusxalarning barchasi kuydirib yo‘qotilgan. Yangidan dastxat qilingan yagona nusxa «Musxaf», aniqrog‘i «Xalifa Usmon Musxafi» deb nom olgan.
Musxaf - qadimiy arab tilida pergament, ya'ni o‘rama qog‘ozni anglatgan. «Musxaf» kufa yozish usulida va saj' shaklida (g‘azal) yozilgan. Unga xalifa Abdul Malik (685-705 yy) va Iroq hokimi al-Xajjoj (694-714 yy.) davrida asos solgan. Asosan 697 yilda adib Abdul-Asvad ad-Duvaliy tomonidan harflarning ustiga va ostiga nuqtalar qo‘yib chiqilib, Qur'onni o‘qishdagi chalkashliklarga barham beril-gan. Lekin «Usmon Musxafida» bu nuqtalar yo‘q edi.
Qur'on VII asrga oid qadimiy yodgorlik bo‘lgani sababli ichki tuzilishi, yozilish uslubi, mazmuni, iboralari jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan kitobdir.
U 114 ta sura, 6236 oyatdan iborat. Suralar «oyatlar to‘plami» («oyatlar tizmasi») ma'nosini bildiradi. «Oyat» so‘zi faqat Qur'oniy o‘ziga xos ibora bo‘lib «mo‘jiza», «ilohiy belgi» ma'nosini anglatadi.
Qur'on matni sura va oyatlardan tashqari yana 30 ta «juz'» (o‘zbekcha «pora») ga bo‘lingan. Juz' - keyinchalik Qur'on matnini o‘qishga oson bo‘lishi uchun teppa-teng 30 ga bo‘linganligidan paydo bo‘lgan.
Masalan. Qur'ondagi eng katta 2-al-Baqara surasi ikki poradan ko‘proq, keyingi 37 ta kichik suralar jamlanib bir poraga kiritilgan.
Suralar Qur'onda o‘z mazmuniy izchilligiga yoki nozil bo‘lgan vaqtiga, ya'ni muddatlar tartibiga qarab emas, balki hajmiga qarab joylashtirilgan. Bundan faqat bir necha sura mustasno. Masalan, faqat 7 ta oyatdan iborat 1-sura («Fotiha») oldinga joylashtirilgan, chunki bu sura mazmuni iymon uchun juda muhim hisoblanadi.
Suralardan 90 tasi Makka davrida va 24 tasi Madina davrida nozil bo‘lgan. Qur'onda diniy-falsafiy tasavvurlar va rivoyatlar: qabila-urug‘chilik hayot tarziga xos an'ana, urf-odat va marosimlar, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy va ahloqiy qonun va qoidalar, jumladan, oila-nikoh, ajdodlar va avlodlarga munosabat, mulkchilik va vorisilik, savdo-sotiq va qarz muammolariga xos ko‘rsatmalar o‘z ifodasini topgan. Qur'onning insof, vijdon, halollik kabi ahloqiy ta'limotlari umumbashariy qadriyat hisoblanadi.
Qur'on xalq orasida uni yoddan o‘qiydigan «qorilar» orqali keng tarqalgan. Lekin «qorilar» Qur'onning mazmuni bilan deyarlik shug‘ullanmaydilar, ular faqat oyatlarni qiroat bilan o‘qishga odatlanganlar.
Qur'onning mazmunini izohlash (tafsir qilish) bilan shug‘ullanadigan ulamolar «mufassirlar» (ya'ni tafsirchilar) deb ataladi. Islomdagi «ahli sunna» (Sunniylar yo‘nalishi) da 6 ta tafsirchi: at-Tabariy 838-924 yillar), as-Saolibiy (1036 yilda vafot etgan), az-Zamahshariy (1074-1143 yillar Xorazmdan), Faxriddin ar-Roziy (vafoti 1209 y.), qozi al-Bayzoviy (vafoti 1282 y.) va Jalolayn Shayx at-Tabarsiy (XIII asr) tafsiri eng obro‘li sanaladi.
Qur'onda diniy-falsafiy dunyoqarash, iymon va e'tiqod asoslari undagi aqidalarda bayon qilingan.
Qur'on ilk islomda yakka-yu yagona manba edi. Ammo arab istilolari natijasida vujudga kelgan xalifalik hududlarida yashayotgan turli xalqlar talab-ehtiyojlariga Qur'on to‘la javob bera olmas edi. Shu tariqa o‘zgargan tarixiy sharoitdagi talab va ehtiyojlarga javob beradigan yangi manbalar vujudga kelishi zarur bo‘ldi. Islom olimlari Muhammad payg‘ambarning hayot yo‘li, u aytgan hikmatlari, ibratli xabarlar, ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlari, uning va sahobalarining yaxshi ishlari, o‘git va nasihatlarini, bilgan shaxslardan eshitib, to‘play boshlaganlar. Bu yangi ma'lumotlarni «hadis», ya'ni «hikoya», «xabar», «hikmat» deb aytish mumkin. Hadislar to‘plami Sunna deb yuritiladi. Sunniy yo‘nalishdagi musulmonlar tan olgan, hadislargina sunna hisoblanib, u Qur'ondagi keyindagi ikkinchi manba hisoblanadi. Hadislarni dastlab Muhammadning qarindosh-lari, xalifalar, sahobalar ishlatgan, ya'ni ular biron-bir ko‘rsatmani (avvalo huquqiy harakterdagi ko‘rsatmani) qonunlashtirish uchun o‘zlari Muhammaddan eshitgan so‘zlarni dalil qilib keltirganlar. VII-IX asrlarda ming-minglab hadis to‘plangan yoki to‘qilgan. Hadisshunoslik savob ish hisoblangan, hadislarni to‘plash mustaqil bilimga aylangan, bu ishga ixtisoslashgan ilohiyot peshvolari esa muhaddislar, deb atalganlar.
Hadislarning aksariyati huquqiy va ahloqiy normalarni, marosim va urf-odatlar, oilaviy munosabatlar, kasb-kor, savdo-sotiq, ilm, ota-ona, farzand, qarindosh-urug‘, do‘stlik, yaxshilik yoki yomonlikka oid bo‘lgan. Ammo tarxiy mazmunga ega bo‘lgan.
Muhammad tarjimaiholini, xalifalar, sahobalar faoli-yatini bayon etgan hadislar ham bo‘lgan. Islomda taniqli va nufuzli hisoblangan kishilar tomonidan yetkazilgan hadislar (sahih) deb e'tirof qilingan.
Hadislarni yetkazgan kishilar ishonchli bo‘lsa, bu hadis yaxshi (hasan) deb atalgan. Ishonchli bo‘lmagan shaxslar yetkaz-gan hadislar bo‘sh (zaif) deb atalgan.
Haqiqiy rost, chin hadislarni soxta hadisdan ajratish eng muhim ish hisoblangan. Bu ishda ham qiyoslash, taqqoslash usulidan foydalanilgan. Masalan, biron hadis turli shaxslardan, turli, bir-biridan uzoq joylarda solishti-rilgan ular aynan tug‘ri kelsa o‘shanday hadis sahih, ya'ni chin hadis hisoblangan, agar bir-biriga bironta so‘zda, ma'noda to‘g‘ri kelmasa unday hadis soxta yoki zaif hisoblangan va tashlab yuborilgan.
IX-X asrlarda hadisshunoslik va hadislarni to‘plash tugallangan. To‘plangan hadislar hajmi, chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida olti muhaddis (hadis to‘plovchi) mashhur bo‘lgan. Shulardan uchtasi Markaziy Osiyo-dan chiqqan. Muhaddislar orasida eng orbo‘lisi va mashhuri Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (809-870 yillar) dir. U Buxoroda tug‘ilib, shu yerda o‘z davri ilmlarini, ayniqsa, diniy bilimlarini har tomonlama o‘rgangan. So‘ng o‘z bilimlarini mukammallashtirish maqsadida Makka, Madina, Bog‘dod, Damashq, Hijoz, Kufa, Nishopur kabi shaharlarga borgan. Bu shaharlarda juda ko‘p olimlar, dinshunoslar, muhaddislar bilan uchrashgan, hadislar to‘plagan, so‘ng Buxoroga qaytgan. U Samarqand yaqinida vafot etgan. Uning maqabarasi hozir ta'mirlangan va ziyoratgohga aylantirilgan.
Buxoriydan bizga juda ko‘p meros qolgan. Uning islom dinshunosligiga oid 20 taga yaqin katta hajmdagi asarlari mavjud. «Al-Jome'-Sahih», «At-tarix al-Kabir», «At-tarix as-sagir», «Al-Adab al-Shufrad» kabilar shular jumlasiga kiradi.
«Islom olamida hazari imom Buxoriy va imom Muslim ikkalalarining ikki sahih kitobi paydo bo‘lgach, olimu muhaddislar juda nozik did bilan tekshirib, bahs yuritganlaridan keyin eng ishonchli ekaniga qalblari taskin topdi. Allohning kitobi Qur'oni Karimdan keyin Islomning ikkinchi manbasi, «Eng oliy va eng sahih» manba deb shu ikki kitobni tasdiqladilar». (Qarang: Imom Buxoriy ta'rifi. Toshkent.-«Cho‘lpon» nashriyoti.-1996 yil. 9-bet)
Buxoriyni butun musulmon olamiga mashhur qilgan asari to‘rt jildli «Al Jome' al-Sahih» («Ishonchli to‘plam») bo‘lib, u «Sahih- al-Buxoriy» nomi bilan ham ma'lumdir. Bu asar 160 qismdan iborat bo‘lib, 3450 bobni o‘z ichiga oladi. Chunki, Buxoriy 20 mingdan ortiqroq hadis to‘plab, bulardan 7250 tasini mana shu kitobiga kiritgan. Buxoriy to‘plamiga haqiqiy bilgan hadislarnigina kiritgan. Bu kitobdagi hadislarda inson uchun tarbiyaviy ahamiyati, uning ma'naviy yuksalishi, pokligi, donoligi, yaxshi-yomonni ajrata bilishi kabi g‘oyalar bayon etilgan.
Hadislarning asosiy maqsadi: do‘stlik, adolat, o‘zaro yaxshi munosabatlarni mustahkamlash, insonni yomonlikdan asrashdir. Ismoil Buxoriy «Sahih»ning hozir to‘rttala jildi o‘zbek tiliga tarjima qilinib, undan xalqimiz foydalanmoqda.
Buxoriyning yaqin shogirdlaridan bo‘lmish mashhur muhaddislardan biri Imom Iso at-Termiziydir (824-892 yillar). Undan «Jame' al-kabir», «Jome' at-Termiziy», «Ash-Shamoil al-Nabaviya», «At-Tarix», «Kitob az-Zuxd» kabi o‘ndan ortiq asarlar qolgan. Termiziyni musulmon olamiga mashhur qilgan asari «Jome' at-Termiziy» bo‘lib, unda insonparvarlik g‘oyalari keng ifodalangan. O‘g‘irlik, zo‘ra-vonlik, yolg‘onchilik, ichkilikbozlik, manmanlik kabi salbiy, ahloqqa zid qusurlar qattiq tanqid qilingan.
Islomda mashhur bo‘lgan muxaddislardan yana biri Abu Abdurahmon an-Nasoyidir (850-915 yillar). U Nisa (Turkmaniston) shahrida tug‘ilib, horijiy sharq shahar-larida, xususan Misrda o‘z bilimini oshirgan. U Falastin-ning Romla shahrida vafot etgan. Uning «at-sunai al-Kubro» kitobi mashhur bo‘lgan. Qolgan yana uchta hadis yozganlar Eron va Arab mamlakatlarida edi.
Hadislar Qur'on kabi muqaddas manba sifatida musulmonlarning ta'lim-tarbiyasida, fiqx sistemasida, oilaviy tarbiyada hamon katta ahamiyatini saqlab kelmoqda.
|
| |