Muhandislik-texnologiya




Download 2,19 Mb.
bet160/193
Sana29.05.2024
Hajmi2,19 Mb.
#256562
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   193
Bog'liq
Muhandislik-texnologiya

Katoliklarning diniy marosimlari
Katoliklarning marosimlari juda tantanali o‘tishi bilan ajralib turadi. Marosimlarning ko‘pi cherkov va monastirlarda o‘tadi, ularda musiqa asboblaridan organ chali-nadi, yakka ashulalar va xor munojotlar aytiladi. Bu dindorlar hissiyotiga ta'sir etib, ularda diniy zavq uyg‘ota-di. Marosimlar:

  1. Momo Havoga (yeva) va Bibi Maryamga sig‘inish marosimi ayollar orasida keng tarqalgan bo‘lib, bu marosimda «ayollar Momo Havo sizlarga doimo homiylik qiladi», degan g‘oya mujassam bo‘lgan.

  2. «Avliyolarga» sajda qilish, tabarruk narsalarga va mumiyolangan avliyolar jasadiga sig‘inish marosimi ham mavjud, Masalan, G‘arbiy yevropa cherkovlari va monastirlarida dindor ko‘rib sig‘insin degan maqsadda go‘yoki Isoning sochi, tirnoqlari, kiyimlari, qizil plashi, Momo Havoning suti, Iso mixlangan xoch qo‘yilgan. Ularda yana avliyolar: Matfey, Luka, Pyotr, Yulianlarning jasadi namoyish qilinadi, dindorlar ularni taof qiladilar.

  3. Turli vaqtlarda butlarni yangilash, «yig‘lovchi» butlar, o‘zi yonadigan shamlar, mo‘jizali davolash kabi mo‘jizalar ko‘rsatish ham keng tarqalgan.

  4. Xristianlikdagi asosiy marosimlar: tavba qilish, prichashchenie, nikoh, cho‘qintirish ham katoliklar tomonidan marosim va bayramlar deb amal qilinadi.

  5. Katolik cherkovlarida diniy xizmat paytida, avlodlar xotirasiga sham yoqish odati ham keng tarqalgan.

Rim papasi katolitsizmi boshqa xristianlik yo‘nalishlaridan qat'iy markazlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Katolik cherkovi tepasida Rim papasi turadi. Papa-lotincha ota degani bo‘lib, papa barcha katoliklarning «ruhoniy otasi» hisoblanadi. Papa o‘z siymosi, e'tiqodi bilan, ahloq-odobi, bilimdonligi, xudojo‘yligi bilan barcha katoliklarga namuna hisoblanadi. U gunohdan xolis yerdagi xudoning vakili, bosh ruhoniy deb tushuniladi.
Papa kardinallar, ya'ni oliy darajadagi ruhoniy-larning vakillari kollegiyasi tomonidan umrbod muddatga saylanadi. Papalik mansabiga nomzod bo‘lgan ruhoniy ovozlarning kamida 2G‘3 qismini va yana oshiqcha bir ovoz olishi kerak. Saylovdan o‘tgan kishi o‘zining ilgarigi ismidan voz kechadi va o‘ziga yangi ism oladi.
Katolitsizmning ko‘p asrlik tarixi davomida papalik mansabiga 300 ga yaqin kishi saylangan. Ulardan 31 tasi papalik lavozimiga noloyiq, yaramas ishlar qilgan. Lekin papaning «gunohsiz»ligi haqidagi aqida 1870 yilda bo‘lib o‘tgan Vatikan cherkov sobori tomonidan tasdiqlangan. Hozirgi papa 1978 yilda saylangan Korol Vaytilla - Oann Pavel 11 bo‘lib, u 1920 yilda Polshannig Krakov shahrida tug‘ilgan yirik ruhoniydir. U xristian ahloqiga oid 400 ga yaqin kitob yozgan. Ioann Pavel II davrida Rim papasining obro‘si kuchaydi, yangi cherkovlar ochildi. Vatikan xazinasi boyidi, katolik cherkovlari turli xristian-demokratlar orqali siyosatda aktiv qatnashmoqdalar.
Vatikan Rim shahrida 44 gektar maydonga joylashgan papalik davlati bo‘lib, uning davlatga xos o‘z bayrog‘i, gerbi, chegarasi, politsiyasi, oliy organlari mavjud. Papalikning oliy diniy tashkilotini Rim Quriyasi deyiladi. Quriya yig‘ilishlarida barcha katolik cherkovlari bajaradigan qarorlar qabul qilinadi. Vatikanda Rim papasi akademiyasi mavjud bo‘lib, unda din va fan, ahloq va ijtimoiyot, ekologiya va inson huquqlariga oid bo‘lgan masalalar bilan shug‘ullanadigan olimlar ishlaydilar. Rim papasi XIII asrda yashagan italiyalik ruhoniy, faylasuf Foma Akvinskiyning «muqaddas ruh zarralari barcha moddiy narsalarda yashirin ravishda mavjud, fanning vazifasi ularni ochib faktlar to‘plash, faktlardan umumiy xulosalar, nazariy umumlashgan tushunchalar chiqarish esa dinning vazifasi, dinga fan xizmat qilishi lozim, ular ittifoq bo‘lishi kerak», degan ta'limotni Neotomizm nomi bilan rivojlantirayotir. Foma Akvinskiyni papalikning piri hisoblaydilar.
Ammo ming yildan ziyod davom etgan o‘rta asrda papa qoshida dahshatli inkivizatsiya sudi ish olib borib, u katolitsizm g‘oyalariga qarshi chiqqan ta'limotlarni bad'at deb, fanni esa shakkoklik hisoblab, olimlarni ta'qib qildi. Minglab kishilarni qattiq jazolagan. Inkivizatsiya 9-12 million kishini jazolagan. U Vatikan va papaning eng kuchli quroli edi. 1540 yilda ispan dvoryani Ignatiy Loyola tomonidan tuzilgan Iezuitlar diniy ordeni papalik tayanchi bo‘lib, o‘zlarini oddiy kishilardan ajralmaydigan kiyim kiygan. Yashirin ish olib boradigan iezutlar yuqori tabaqa orasida targ‘ibot olib borib, katolik cherkovi uchun xayr-ehson qilish, papalikni qo‘llab-quvvatlash, bid'atlarni aniqlash kabi hufyona harakatlar qilganlar.
Katolitsizm Germaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Polsha, Belorus, Ukraina, Latviya, Litva, Estoniya; Afrika, Amerika mamlakatlarida hozir ham mavjud bo‘lib, 35 ming iezutlar, 27 ming fransiskanslar, 21 ming solezianslar, 18 ming xristianlar birodarligi, monaxlar birlashmasi hamda ko‘p mingli ruhoniylar orqali ishlaydi. Vatikan va Rim papasi turli mamlakatlarda joylashgan radiotelekompaniya-lar, 50 dan ortiq tilda bosiladigan yuz millionlab nusxali jurnallar va diniy kitoblarga egadir. Katolik universitetlari, kollejlari, diniy maktablari, hatto yasli-bog‘chalari mavjud.
Vatikan va Rim papasi umumbashariy muammolar - urush va tinchlik, ekologiya, spid, rak kasalliklari, inson huquqlari, ocharchilik va qashshoqlik, yalpi qirg‘in qurollarini ta'qiqlash kabi masalalarni hal qilishga oid qalqaro simpozium, konferensiyalarda aktiv qatnashdi.
Vatikan va Rim papasiining siyosati «Xristian sotsializmi», «Xristian demokratiyasi»ni butun dunyoda o‘rnatishdir.
Shunday qilib xristianlikning yirik yo‘nalishi bo‘lgan katolitsizm dindorlarga xizmat qilmoqda.
Islom tarixidan ma'lumki, Muhammad va uning safdoshlari «muhojirlar», ya'ni ko‘chib kelganlar, yasriblik musulmonlar esa «ansorlar», ya'ni «yordamchilar», deb nom oldilar. Ulardan Muhammad payg‘ambarga eng yaqin turgan va maslahatchi bo‘lgan bir guruhi «sahobalar» (ko‘pligi «asxob»-safdoshlar) deb ataladi. Muhammad payg‘ambar ko‘chib kelgandan so‘ng Yasrib Madina, ya'ni shahar, ba'zan esa Madina an-Nabiy (payg‘ambar shahri) deb atala boshlandi. Keyinchalik Islom adabiyotida Makka va Madina Islomning muqaddas markazi sifatida «Makkai mukarrama» «Madinai munavvara» deb ataladigan bo‘ldi.
Muhammad Madina Markazidagi maydonda o‘z izdoshlari bilan juma namozini o‘qiydi va shundan boshlab barcha musulmonlar to‘planib (jamoat bo‘lib) Muhammad payg‘ambar imomligida namoz o‘qishi an'anaga aylanadi. Shu yerda payg‘ambar birinchi bor xutba aytgan, keyin xutba ham an'anaga aylangan. Xutba islom an'anasida o‘ziga xos duo-iltijo shakli bo‘lib, Muhammad payg‘ambar musulmonlar jamoasiga g‘alaba va omonlik tilab, xutba o‘qigan.
Keyingi islom tarixida hukmronlar tarixining barqaror bo‘lishini tilab, juma namozidan oldin xutba o‘qilgan. Xutba o‘qiydigan ruhoniylar xatib (ba'zan imom-xatib) deyilgan. Muhojirlar va ansorlar bir-birlari bilan aka-uka tutinib, Madinada yagonada diniy jamoa-musulmonlar jamoasi paydo bo‘ldi va uni «Ummat al-Mo‘minin», deb ataldi. Uni ayrim manbalarda qisqa qilib «umma» deb ham ataladi. «Umma» dinga asoslangan kishilarning birlashishi edi.
Muhojirlar bilan ansorlar shahar markazida masjid va payg‘ambarga uy qurdilar. Payg‘ambar oilasini ham Makkadan Madinaga ko‘chirib keltirildi. Makkadan yarim yil ichida bir nechta guruh musulmonlar Madinaga ko‘chib keldilar.
Muhammad Madinada payg‘ambar deb tan olindi, keyinchalik esa siyosiy hokimiyat ham uning qo‘liga o‘tdi. U bosh lashkarboshi, bosh qozi, bosh imom edi. Muhammad payg‘ambar rahbarligida musulmonlar Madinaga ko‘chib kelgandan keyin bu yerda to‘rtta - muhojirlar, avsetlar, xazrajiylar va yahudiylardan iborat guruhlar vujudga keldi. Muhammad ular o‘rtasida birlikka erishish uchun alohida ahdnoma tuzdi va hujjat sifatida rasmiylashtirdi. Olimlarning yozishicha (Masalan, Muhammad Hamidulloh) bu hujjat «Madina konstitutsiya»si edi. Hujjatda, bu to‘rt guruh bir jamoadan iborat, ular bir kuch sifatida jangga kiradi, asirlarni qutqarish uchun sarflangan harajatlarni ham o‘rtada qilinadi, ular o‘z oralaridan hyech kimni qarovsiz qoldirmaydi, qonunbuzar va jinoyatchilarga qarshi birga kurashadi, barcha dindorlarning himoyachisi Allohdir, dindorlar esa bir-biriga himoyachidir, dushman bilan jang tugagach, barcha guruh birlikda sulh tuzadi, o‘ldirilgan shaxs uchun dindorlar bir-biridan qasos olish huquqiga ega, lekin qon to‘kmasdan tovon to‘lash ma'quldir, hamma guruhlar islom dushmani bo‘lgan qurayshlarga qarshi kurashadilar, hyech kim ularni himoya qilmasligi kerak, bu ahdnomani buzganlar Allohning qahriga uchraydi, deb yozib qo‘yilgan edi. Bu tarixiy hujjat islom mamlakatlarida ilk feodalizm davrida g‘oyat muhim ahamiyatga ega edi. Uning ko‘pgina talablari hozir ham ahamiyatga ega. Madinada birlik va hamjihatlik paydo bo‘lgach, Muhammad payg‘ambar Makkaga qarshi kurash boshlab yubordi.
Makkadan shimolga, Falastin va Suriya yerlariga olib boradigan karvon yo‘li Madina yaqinidan o‘tardi. Bu yo‘l Makka hokimlari va savdogarlari uchun g‘oyat katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun, dastlabki yillarda kurash ana shu kavron yo‘li ustida boshlangan.
Dastlabki jang 624-yil mart oyida Badr qudug‘i atrofida bo‘lgan. Bu jangda Muhammad boshchiligida 300 dan ziyod musulmonlar va Abujahl boshchiligida 850 Makkalik qo‘shin qatnashgan. Urushda musulmonlar yengib chiqadi. Natijada musulmonlar jamoasi mustahkamlanadi. Jangda musulmonlar 30 ta ot, 150 ta tuya, ko‘p qurol-anjomlarni o‘lja oladi. 624-yil 16 mart (Hamal) kuni Qur'onning 8-al Anfol (O‘lja) surasi vahiy bo‘ladi. Bu surada o‘ljani qanday taqsimlash ko‘rsatilgan. Unda, o‘ljaning beshdan bir qismi musulmonlar jamoasining manfaatiga, piyoda askarga bir hissa, otliq asqarga ikki hissa berilishi ko‘rsatilgan, adolatli taqsimlashga da'vat qilingan. Keyinchalik bu qoida xalifalar davrida ham saqlanib qolgan. Badr jangida 622 yildagi ahdnoma buzilganligi uchun Kaynuka yahudiy jamoasi jazolanadi va 624 yil 10 aprelda ko‘chirib yuboriladi. Musulmonlar bilan yahudiylarning tarixiy nizolari o‘sha davrdan boshlanib, hozirgi davrda arab davlatlari bilan isroil mojaralarida davom etmoqda.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, musulmonlar bu davrda (Makkada ham Madina ham) an'anaviy muqaddas shahar hisoblangan Quddus (Ierusalim) tomonga qarab namoz o‘qishgan. Qiblaning o‘zgarilishi va Makkadagi Ka'baning qibla deb belgilanishi Badr jangi va Kaynuka bilan to‘qnashuvdan keyin yuz bergan.
Shuningdek, birinchi bor masjidda namoz o‘qish boshlanishi oldidan azon aytish ham shundan boshlangan. Payg‘ambarning Bilol ismli ozod qilingan quli azonchi (muazzin)lik qilishni boshlagan. Xuddi shu davrda birinchi bor ro‘za tutish marosimi va u tamom bo‘lgach ro‘za hayiti namozi ham kiritilgan. Ro‘za tutish 625 yilning ramazon oyidan tutilishi belgilab qo‘yilgan edi. U hozir ham o‘z kuchini saqlamoqda.
632-yilning yanvarida Muhammad payg‘ambar o‘zi hajga boradi. U 100 ta tuyani qurbonlik qiladi. O‘zi bilan olib kelgan Ka'ba yopig‘i (arabcha «kisva»)ni Ka'ba ustiga yopadi. Bu an'ana hozir ham saqlanib qolgan. Har yili haj boshlanish oldidan Ka'ba ustiga yangi kisva yopiladi, eskisini hojilarga, parchalab, tarqatiladi.
Muhammad payg‘ambar qurbonlikdan so‘ng barcha hojilarni to‘plab ularga xutba aytgan, haj marosimini ado etish bilan bog‘liq juda ko‘p masalalarga anikqlik kiritgan. Bu payg‘am-barning oxirgi haj safari bo‘lganligi uchun u islom tarixida «haj-al-vido'» (vidolashuv haji) deyiladi.
Muhammad payg‘ambar hajdan qaytgach bir necha oydan keyin salomatligi yomonlashadi, boshi qattiq og‘riydi va dar-monsizlanib yotib qoladi.
Bir necha hafta kasal bo‘lib yotgandan keyin Rasululloh 632 yil 8 iyunda o‘z uyida vafot etadi. Abu Bakr ba'zi yaqin safdoshlari bilan birga uni yuvib va kafanlab, o‘sha uy ichiga kovlangan qabrga qo‘yadilar.
Sunniylar (sunna so‘zi arabcha bo‘lib, «an'anaviy yo‘l») dunyodagi barcha musulmonlarning to‘rtdan uch qismini tashkil qiladi. Hozirgi paytda Sunniylar asosan arab mamlakatlarida, Turkiya, Afg‘oniston, Indoneziya, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Xitoy, Bolgariya, Albaniya, Yugoslaviya, sobiq SSSR o‘rnidagi mustaqil davlatlarda yashaydilar. Jumladan O‘zbekistonda yashaydigan Sunniylar uchun Makka, Madina, Ka'ba, Qur'on, Muhammad payg‘ambar va to‘rt xalifalar «choryorlar», payg‘ambar hadislari sunna to‘plami muqaddas hisoblanadi. Sunniylar Allohni odam qiyofasida go‘yo arshi a'lodagi o‘z taxtida o‘tirgan sharqona shahanshoh qiyofasida tasavvur qiladilar.
Sunniylar siyosiy hokimiyat mamlakatni boshqaradigan oliy kuch, diniy jamoalar esa ularga bo‘ysunuvchi va unga yordam beruvchi g‘oyalar kuchi deb bilganliklari uchun podsholar, amirlar, sultonlar yonida shayxu islom lavozimida oliy islom vakili turgan.
Sunniylar Shialardan farq qilib, Muhammad payg‘ambar vafotidan keyin Alloh bilan odamlar o‘rtasida vositachilik bo‘lishini tan olmay, podsholar payg‘ambar yo‘lini davom ettiruvchi Allohning yerdagi vakili deb hisoblaydilar. Ali va uning avlodlarini imomatga, ya'ni musulmon jamoasiga rahbarlik qilish huquqi bor deyuvchi Shialar talabini ham inkor qiladilar. Shuningdek, huquq masalalarini hal qilishda, hayitlar xususida, g‘ayridinlarga munosabatda, namozning juz'iy masalalarida, diniy masalalarda, fuqarolik huquqlarida, ruhoniylarning darajalari, masjidlar xususida, diniy tashkilotlar tuzilishida ham Sunniylik Shialikdan jiddiy farq qiladi.
Shariatga munosabat, uning tamoyillarini qo‘llash jarayonida Sunniylikda to‘rtta mazhab paydo bulgan:

ISLOMDAGI MAZHABLAR:


«Mazhab» arabcha so‘z bo‘lib, «oqim», «yo‘l», «ta'limot» ma'nosini anglatadi.
Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1,3 mlrd. musulmon aholisining 92.3 foizini Sunniylar tashkil etib, mazhablar bo‘yicha quyidagicha nisbatda bo‘lingan: Xanifiylar 47 foiz, shofiylar 27 foiz, molikiylar 17 foiz, Xanbaliylar 1.5 foiz.
Shialar 7.5 foiz bo‘lib, unda islomiy, ja'fariy, zaydiy mazhablari mavjud. (Qarang: Dinlar haqida ma'lumot. Toshkent 2000. Buklet 1-buklam).

  1. Xanifiylar. Bu mazhabga imom Abu Xanifa an-No‘mon (696-767-yillar) asos solgan. Xanifiya o‘zining sharoitiga qarab ish tutganligi va xalqlarning mahalliy an'analarini e'tiborga olganligi bilan keng tarqalgan. Ular Turkiya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Afg‘oniston, Afrika xalqlari, Markaziy Osiyo xalqlari (Ozarbayjondan tashqari) orasida, jumladan, O‘zbekis-tonda ham, tarqalgan. Xanifiylar hozirgi davrda butun musulmonlarning 47 foizini tashkil etadilar.

  2. Malikiylar mazhabiga imom Malik ibn Onas (795 yilda vafot qilgan) asos solgan. Bu mazhab qonunlari aqlga asoslanmaganligi bilan boshqa mazhablardan farq qila-di. Hozir bu mazhab shimoliy Afrika (Tunis, Jazoir, Marokash), g‘arbiy Afrika va Sudanda tarqalgan.

  3. Shofi'iylar. Bu mazhabga imom Muhammad al-Shofi'iy (820-yilda vafot etgan) asos solgan. Shofi'iylar xanifiya va molikiylardan o‘zgalarning fikrini hisobga olib, sarb-toqatli bo‘lishliklari bilan ajralib turadilar. Hozir shofi'iylar Misrda, Sharqiy Afrika va Indoneziyada ko‘proq tarqalgan.

  4. Xanbaliylar mazhabiga Imom Ahmad ibn Xanbal (855-yilda vafot etgan) asos solgan. Bu mazhab o‘zining o‘ta mutaassabligi va qattiqqo‘lligi bilan boshqa mazhablar-dan ajralib turadi. Bu mazhabdagilar Saudiya Arabis-tonining Naj va Hijoz hududlarida yashaydilar. Ular barcha musulmonlarning 1.5 foizini tashkil qiladilar. Ulardan vahhobiylar yuzaga kelgan.

Shialar (arabcha Shia - tarafdorlar guruhi demakdir) Ali va uning o‘g‘illari Hasan, Xusayn, ularning avlodlari -jami 12 ta imomni Muhammad payg‘ambarning birdan-bir qonuniy vorislari deb biladilar. Shialar «imomiyat inoyati Alloh» deb xalifalik hayotida barcha huquq va imtiyozlar imomiyatda bo‘lishi, hokimlik imom qo‘lida bo‘lishi, bosh imom xalifaning o‘zi bo‘lishini talab qiladilar. Musulmon jamoa mulki barcha musulmon manfaatiga xizmat qilishi lozim deb hisoblab, boy ham o‘ta qashshoqlar ham bo‘lmasligi zarur deydilar. Tug‘ilgan yili noma'lum bo‘lgan imom Ja'farning ikkinchi o‘g‘li Ismoilning g‘oyib bo‘lgan o‘g‘li imom Mahdini qaytib kelib yer yuzida adolat o‘rnatadi deb ishonadilar. Shialar Alloh har bir musulmonning qalbida, dilida bo‘lganligi uchun hamma narsani ko‘rib turadi deb tasavvur qiladilar. Shialar Qur'onni tan oladilar, ammo «115 ikki yoritgich» degan surani undan ataylab tushirilib qoldirilgan deb hisoblaydilar. Bu surada Ali Muhammad Allohning nuri, lekin Ali Allohning valiysi deb ishonadilar. Hozir Shialar Iroq, Yaman, Eron, Livan, Ozarbayjonda, Tojikistonning tog‘li Badahshon avtonom viloyatida yashaydilar.

Download 2,19 Mb.
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   193




Download 2,19 Mb.