-MAVZU. DINIY MADANIY AN'NALARNING AXAMIYATI




Download 2,19 Mb.
bet159/193
Sana29.05.2024
Hajmi2,19 Mb.
#256562
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   193
Bog'liq
Muhandislik-texnologiya

12-MAVZU. DINIY MADANIY AN'NALARNING AXAMIYATI.

«Umumbashariy qadriyatlarga intilish bilan bir qatorda, hayotimizda sharq falsafasi munosib o‘rin egallamoqda. Biz musulmonchilikning ulug‘ madaniy qadriyatlari xuquqini qayta tikladik.


«Din, shu jumladan, Islom dini ham ming yillar davomida barqaror mavjud bo‘lib kelganligining o‘ziyoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganligidan, uning o‘ziga xos bo‘lgan bir qancha vazifalarini ado etishidan dalolat beradi.
Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma'naviy hayotining muayyan sohasi bo‘lgan din umuminsoniy ahloq me'yorlarini o‘ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy hulq - atvor qoidalariga aylantirgan. Madaniyatga katta ta'sir ko‘rsatgan. Insonning odamlar bilan bahamjihat yashashga ko‘maklashgan va ko‘maklashmoqda.
Binobarin, din odamlarda ishonch hissini mustahkam-lagan. Ularni poklab, yuksaltirgan. Hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan. Umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam berib kelgan.
Dinning yuksak rolini e'tirof etish bilan birga, diniy dunyoqarash tafakkurning, insonning o‘zini o‘rab turgan dunyoga, o‘zi kabi odamlarga munosabatining yagona usuli bo‘lmaganligini ham ta'kidlash zarur. Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma-yon va u bilan teng yashash huquqiga ega bo‘lgan holda rivojlanib kelgan.
Afsuski, insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo‘lgan odamlardagi e'tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o‘ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko‘rsatuvchi misollar ko‘p.
«Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qaerda mafkuraviy bo‘shliq bo‘lsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi tayin.
Demak, bugungi kunda g‘oyani, fikrni ta'qiq bilan, ma'muriy choralar bilan yengib bo‘lmaydi. G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga karshi fikr, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin.» (Qarang: Barkamol avlod orzusi. «Sharq» nashriyoti matbaa konserni bosh tahririyati. Toshkent-1999, 32,33,34-betlar.)
Mana shunday ijtimoiy-siyosiy vaziyatda, shart-sharoitlarda dinga butunlay yangicha munosabat shakllandi. Natijada «Ilmiy ateizm»ni o‘qitish tugatildi, uning o‘rniga «dinshunoslik» kursi joriy etilib, mana bir necha yildan buyon bu fan oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilmoqda. Bu o‘zgarishdan xalqimiz hursand bo‘ldi, talabalar bu predmetni qiziqib o‘rganmoqdalar. «Dinshunoslik»ning maqsadi talabalarga dinning falsafiy, nazariy, tarixiy va amaliy xususiyatlarini o‘rgatishdir. Modomiki, ming yillardan buyon mavjud bo‘lgan turli dinlar, diniy dunyoqarash, urf-odatlar mavjud ekan, bu jahon xalqlarida dinga ehtiyoj mavjudligini, dinning odamlar uchun foydasi hadsiz ekanligini ko‘rsatadi. «Dinshunoslik»ning maqsadi din to‘g‘risidagi ob'ektiv haqiqatni tushuntirib, izohlab berishdir. «Dinshunoslik»ning mazmuni dinlarning falsafiy, nazariy jihatlarini ochib berish, dinlar tarixini yoritib berish, dinlarning ijtimoiy funksiyalarini turli jihatda tushuntirishdir.
«Dinshunoslik»ni o‘rganar ekan, talabalar ahloqan va ma'naviy jihatlardan o‘z ongini kengaytiradilar; ular dunyo voqyea va hodisalariga, jamiyatdagi murakkab insoniy munosabatlar mohiyatini yanada sinchkovroq bo‘lib tushunadilar; ular dinlarning jamiyat hayotida tutgan o‘rnini yaqqolroq anglab yetadilar; o‘zlarida iymon-e'tiqod erkinligiga ongliroq munosabatni shakllantiradilar, ya'ni bu fanning talabalar dunyoqarashi uchun ahamiyati beqiyos.
Ma'lumki, din yangi mafkuramiz tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, «Dinshunoslik»ni o‘qigan talabalar mafkuramiz mazmunini chuqurroq tushunib yetadilar, mamlakatimizning aktiv rivojlantiruvchilari, ongli fuqarolari bo‘lib yetishadilar.
Turli davrlarda paydo bo‘lgan dinlarning o‘ziga xos an'ana va urf odatlari mavjud bo‘lgan. Ushbu an'analarining madaniy axamiyatini aloxida ko‘rib chiqamiz.
Konfutsiychilik qadimgi Xitoyda eramizdan avvalgi VI-V asrlar paydo bo‘ldi. Keyinchalik diniy mazmun kasb etgan bu ta'limotga ma'rifatparvar Konfutsiy (Kun-Szi 551-479 yil-lar) asos solgan.
Konfutsiychilik ta'limotida dunyoqarash masalalariga emas, balki ijtimoiy-ahloqiy muammolarga ko‘proq o‘rin beri-ladi. Unda «ahloqli kishi» bo‘lish, donishmandlardan ta'lim olish haqidagi g‘oya ilgari suriladi. Konfutsiychilik ta'limo-tiga ko‘ra jamiyatda hukm surgan «Jen» insonparvarlikka rioya qilmog‘i lozim. Insonparvarlik kamtarlik, onglilik, bosiqlik, mehribonlik, odillik, saxiylikdan iborat. Inson «Jen» qonunini o‘zlashtirish uchun jamiyatda tutgan o‘rniga qarab «Li» normalarini bajarishi talab etiladi. Jamiyatdagi ahloqiy normalar, an'analar, urf-odatlar shunga muvofiq belgilanadi. Past tabaqa «ahloqi ulug‘» boshliqlariga itoat qilishi Li bilan oqlangan.
Konfutsiychilikda kishilarning yuqori va quyi tabaqalarga ajratishda ularning boyligi yoki ijtimoiy kelib chiqishi asosiy rol o‘ynamaydi, bunda yuksak ahloqiy fazilatning xizmati katta, deyiladi. Biroq bu hukmron va qaram tabaqalarga ajratish butunlay inkor etiladi, degan gap emas. Konfutsiyning fikricha tabaqalarga ajratish tartibi eski an'analarga asoslanishi va u davlat tomonidan boshqarilishi lozim. Nomlarning to‘g‘rilanishi, Chjen-min siyosati bo‘yicha hamma narsa va hodisalar o‘z ismiga mos kelishi kerak. Ana shunda hamma o‘z huquqi va majburiyatini biladi.

Markaziy Osiyo (Turkiston) xalqlarining turli marosimlarida hozir ham otashparastlik dinining an'ana-larini uchratish mumkin. Ba'zi udumlar yuzasidan sham yoqib qo‘yish, to‘ylarda gulxan yoqib, uning atrofida bazm uyushti-rish, kelinni ko‘chada gulxan yoqib kutib olish va uni olov atrofidan aylantirib o‘tish, chavandozlarning katta gulxan alangasidan sakrab o‘tishlari, qabrlar ustiga chiroq yoqish va boshqa rasm-rusumlar otashparastlik bilan bog‘liqdir.


«Avesto» zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lib, uning dastlabki 1300 bobi Zardo‘sht tomonidan eramizdan avvalgi 548-529 yillarda yozilgan. Keyinchalik Eronda otash-parastlik dini ulamo-kohinlar tomonidan to‘ldirilib, tako-millashtirildi. Bu kitob 12 ming ho‘kiz terisidan ishlangan teriga yozilgan. Makedoniyalik Aleksandr Makedonskiy sharqni zabt etganda «Avesto»ning nodir nusxasini Elladaga (Gretsiya-ning shimoliy qismi) olib ketgan, kerakli boblarini grek tiliga tarjima qildirgan, qolgan boblarini esa kuydirib tashlagan. Eramizning birinchi asrida ashkoniylar hukmdori Valages Arshakid va III asrda Husrav Parviz, shopuri Xurmuzd davrlarida «Avesto» bir necha bor ko‘chirilgan, qayta tiklan-gan(bir qismi xolos).
Ko‘p yillar «Avesto» kitobi yozilgan joy, mamlakat qaer-daligi olimlar o‘rtasida ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘lib keldi. Lekin «Avesto»da Marv, Baqtriya, Xirot, So‘g‘d, Niso, Xorazm , Seiston, Amudaryo atamalari mavjudligini hisobga olinib «Avesto»ning Turkistonda (Turonda) yozilgan, degan xulosaga kelindi (XX asrning 80-yillarida), chunki, «Avesto»da Amudaryo haqida mulohazlar ko‘p uchraydi.
7-asrda arablar Eronni bosib olgan vaqtda zardo‘shtiylikka sadoqatli bir necha ming mahalliy aholi janubiy Hindistonga qochib ketadilar. Ular o‘zlari bilan «Avesto»ning to‘rtdan bir qismining eng nodir nusxalarini, madaniyat, e'tiqodga doir yodgorliklarini ham olib ketganlar. 1723 yili ingliz olimi Jorj Bouja «Avesto»ning bir nusxasini Oksford kolledjining kutubxonasiga olib borib topshiradi. Bir necha yil otashparastlar orasida yurib, ularning qadimgi tili va odatlarini o‘rgangan fransuz olimi Anketil Dyupperan 1711 yili «Avesto»ning bir qismini so‘z boshi, asl matn va tarjimasi bilan nashr etadi. Bu ishlar oqibatida G‘arbiy yevropada «Avesto»ga qiziqish va uni o‘rganish avj olib ketadi.
Hozirgi davrda «Avesto»ning qo‘lyozmasi Hindistondagi Bombey shahrida Koma sharqshunoslik ilmgohida saqlanmoqda. Bu ilmgoh zardo‘shtiylarning madaniy markazi bo‘lib, shu jamoa mablag‘iga ishlaydi. «Avesto» 1615 yilda Parfiyona yozuvida ko‘chirilgan bo‘lib, 672 betdan iborat. Bizga yetib kelgan «Avesto» quyidagi qismlardan iborat:

  1. Yasna - ibodat paytida ijro etiladigan matnlar. 72 bobdan iborat bo‘lgan bu qismning 17 bobi Zardo‘sht qo‘shiqlari - Got madhiyalaridan iborat.

  2. Yasht - otashparastlarning xudoni tavsif etadigan maxsus ohanglar asosiga qurilgan madhiyalari.

  3. Vendidod - devlarga, zulmat timsoliga qarshi qonunlar majmuasi. Mazkur bo‘limda diniy qonunlarning matni, qadimgi dostonlar, afsonalarning mazmuni, parchalar saqlangan afsonaviy qahramonlarning ismlari zikr etilgan.

  4. Vis parad - Butun borliq xudoniki. Ibodatlar to‘plami, ibodat qoida-tartiblari.

«Yasht» hamda «Vendidad»da Zardo‘shtning shaxsiyati, ruhiy olami, ijtimoiy kelib chiqishiga oid dallilar, zardo‘shtiylikning tarqalishi yo‘lidagi ziddiyatlar haqidagi ma'lumotlar mavjud.
«Avesto» zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi bo‘lishi bilan birga, u ilm-fan, hayotning barcha sohalari bo‘yicha mu-kammal ma'lumot beradigan ulkan, eng qadimgi manba hisob-lanadi. Grek olimi Pliniy (eramizdan avvalgi 3-asrda yashagan) «Avesto»ni 2 million baytdan iborat g‘oyat muhim kitob degan edi. Biz «Avesto»dan Turkiston, Eron, Ozarbayjon xalqlarining eng qadimgi marsimlari, urf-odatlari, rasm-rusum, e'tiqod ibodatlari paytida aytadigan qo‘shiqlari, diniy marosimlarda ijro etiladigan maxsus qo‘shiqlari, minglab xalqlar ohanglari haqida ma'lumotlar olamiz. Bundan tashqari kitobda qadimgi xalq og‘zaki ijodiga taalluqli dostonlardan parchalar mavjud: Jamshid, Kayumars, Mitra, Anaxita, Ardivissura, Zaxxak, Faridun, Bahrom singari ko‘plab tarixiy shaxslar obrazlari, asotirlar bilan bog‘liq atamalar to‘g‘risida xabarlar mavjud. Shuningdek, «Avesto»da «Mavzui suxan» - alohida xijo va qofiyali she'r haqida ham ma'lumot berilgan.
Unda chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq bilan bog‘liq juda ko‘p lavhalar, mulohazalar bayon etilgan. Xalqiga hamisha g‘amxo‘r bo‘lgan payg‘ambar Zardo‘sht qurg‘oqchilik kelib, ko‘plab chorva mollari qirilib ketayotga-nidan tashvishga tushgan holda, bu ofatdan qutqarishni iltijo qilib xudo Axuramazdaga yolvoradi. «Avesto»da eramizdan avvalgi 2 ming yildan yangi eraning VII asrigacha bo‘lgan davrdagi Turon va Eron xalqlari tarixiga doir, Sirdaryo va Amudaryo sohillarida yashaydigan xalqlarning ijtimoiy turmushiga oid ma'lumotlar berilgan. Chunonchi, kitobda ajdod-avlodlarimizning kasb-kori, savdo-sotig‘i, qo‘shni xalqlar bilan siyosiy va madaniy aloqalari, tijoratlari bayon qilingan. Har bir kasb, hunar egasining jamiyatda tutgan o‘rni alohida qayd etilgan. Dehqonlar bilan chorvadorlar jamiyat moddiy boyliklarini yaratuvchi kuchlar sifatida ta'riflangan.
Bundan tashqari, mazkur kitobda iqtisodiy hayot, geografiya, astronomiya, ilmi-nujum, ijtimoiyot, biologiya, falsafa va tibbiyotga doir ko‘plab qimmatli ma'lumotlar mavjud. «Avesto»dagi tibbiy dalillar ota-bobolarimizning tabobatga doir qarashlari rim, yunon va arab tabobatidan ko‘hna va uzoq tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Undagi tibbiy ma'lumot ko‘proq «Vendidod»ning turli joylarida uchraydi. Undagi tibbiy fikrlarni quyidagicha bayon etish mumkin:

  1. Tashrex (anatomiya) va mijoz (fiziologiya).

  2. Kasalliklar haqidagi ma'lumotlar.

  3. Bemorlikni oldini olish vositalari.

  4. Bemorlarni davolash yo‘llari.

  5. Tabiblarning ahloqi va tabobatga oid ba'zi qonun-qoidalar.

«Avesto»da inson organizmi-tanasi mushak, suyak, teri, asab, badan juni, tomir va qonga (asab va miya yerga, badan tuki daraxtga o‘xshatilgan), badandagi tomirlarni qora qonli tomirlar, qizil qonli tomirlar va oq, ya'ni qonsiz tomirlar (asab) ga bo‘lishgan. Badanning quvvati esa jon, vijdon, ravon (tan), idrok va azaliy (qadimiy) ruh kabi 5 qismga bo‘lingan. Mijozni esa harorat (issiqlik), rutubat (sovuqlik), burudat (namlik) va quruqlikka bo‘lishgan. «Jigar qon manbai bo‘lib, o‘ng tomonda joylashgan», deyiladi. «Avesto»da yer, suv, zamin, uy hayvonlari, badan, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlarni toza tutish va saqlashga alohida e'tibor berilgan. Unda qabriston-larni shahar va qishloqlardan uzoqroq joylarda tashkil qilish, ularni devor bilan o‘rab qo‘yish, murdani yuvadigan (g‘assol) kishilar maxsus gigienaga rioya qilishi, murda tekkan kiyim, palos, yerlarni qatron qilish xususida fikrlar mavjud. Inson yoki hayvon jasadi tushgan soy, ariq, hovuz, quduqlarni bir necha marta qatron qilish (suvga to‘ldirib bo‘shatish) ta'kidlangan. «Uning (ariq) ustiga uch marta yomg‘ir yog‘ib o‘tsin, so‘ngra u oldingidek inson va hayvon ichadigan ariqqa aylanadi» - deb yozilgan. Axuramazda: o‘t-o‘lanlar hamda mevali daraxtlar ekilgan, suvlari hamisha ravon bo‘lgan zamin eng yaxshi yerdir. Ayol va farzandlari sarson va sargar-don yuradigan (ro‘shnolik topolmaydigan) yer eng yomon zamin-dir, deb ta'lim bergan, deyiladi ana shu manbada. yerni, suvni iflos qilgan shaxslar 400 qamchi urib jazoga tortilganligi xabar qilingan. «Avesto»da avlodalarimiz ekologiya talab-lariga jiddiy e'tibor berganliklari, kasalliklarning oldini olishga oid ma'lumotlar bor.
Boshqa dinlar kabi xristianlikda ham ko‘pgina marosim va bayramlar mavjud. Dindorlar hayoti va turmushida, diniy tashkilotlar ish faoliyatida xristianlik marosimlari va bayramlarining ko‘pi tantana, shodlik, hursandchilik kunlari bo‘lsa, ayrimlari sovuq, g‘amginlik, marsiyaviy holatlar hisoblanadi. Marosimlar ibodat, sig‘inish, ruhiy poklanish mazmuniga ega bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Ibodat qilish vaqtidagi diniy sirli holatdagi vaziyat, cherkovning tantanali va sirli bezagi, musiqa, munojot, qo‘ng‘iroq ovozi, yonib turgan sham va moy chiroqlari, xudoga madhiyalar, oltin suvi berilgan yorqin rizolar, butlar, devorga ishlangan suratlar va skulptura, ruhoniylarning sig‘inish buyumlari va ibodat qiluvchilarning o‘zlari ustidan qiladigan sehrli irim-sirimlari - bularning hammasi dindorlar ruhiyatiga, qattiq ta'sir qilib ularni mahzun holatga soladi, irodasini bukib, yaratgan xudoga e'tiqodini kuchaytiradi, emotsiyani oshiradi, sirli va sehrli «u dunyo»ning lazzatlari tasavvurini yaqqolroq namoyon qiladi. Marosimlar har qanday dinning eng aktiv elementi bo‘lib, ular kishilar ruhiy hayotida qattiq o‘rnashib qoladi.
Marosim va bayramlar: a) dindorlarni hamkorlik ruhida tarbiyalaydi; b) dindorlar orasida tartib-intizomni mustahkamlaydi; v) dindorlarning vaqti, moddiy harakat-larini talab qiladi; g) dindorlar iymon va e'tiqodini kuchaytiradi; d) ular milliy va baynalminal madaniyatning bir qismiga aylanib, umuminsoniy qadriyatlarni kuchaytiradi. Bu xususiyatlarning barchasi xristianlik marosim va bayramlarida ham to‘la amal qiladi.
Xristianlik marosimlari asrlar mobaynida asta-sekin shakllanib borgan, ular quyidagilardir: cho‘qintirish, prichashchenie (non va vino iste'mol qilish), miropomazanie (cherkovlarda chaqaloqni cho‘qintirgandan keyin xushbo‘y moy surkash), yelosvyashchenie (soborga olib kelish), nikoh (gulcham-bar kiydirish, nikoh uzugi taqish kabilar), tavba qilish (gunohlariga pushaymon bo‘lish), ruhoniylikka qabul qilish, Pasxa, rojdestvo Xristovo, troitsa bayramlari. Xristianlik marosimlarini tainstvolar deb ataladi. Bu marosim va bayramlar barcha xristian yo‘nalishlarida mavjud, faqat ularni shakli va vaqti turlicha xolos.
Cho‘qintirish marosimi xristian dinining eng muhim va asosiy marosimidir. Bu marosim cherkovda o‘tkaziladi. Marosiming asosiy mohiyati tug‘ma gunohdan bolani xalos qilish, uni xristianlikka dohil qilish, unga xristiancha ism qo‘yish, uni cherkov qavmiga, ya'ni aholi ro‘yxatiga yozib qo‘yishdir.
Marosim o‘tkazish uchun yangi tug‘ilgan bolani cherkovga olib kelishadi. Bu yerda ruhoniy uning yuziga qarata uch marta kuf-suflaydi, dajjollarga qarshi afsun o‘qiydi. Shaytondan yuz o‘girishga, uni puflashga va unga tuflatishga chaqiradi. Bu ishlarning hammasini chaqaloq nomidan cho‘qintirayotgan erkak yoki ayol, ya'ni chaqaloqni «cho‘qintirayotgan otasi yoki onasi» bajo keltiradi. Shundan keyin pop chaqaloqni uch marta suvga botirib oladi, chaqaloqqa zaytun yog‘i surtaydi, uning boshidan bir tutam sochini kesadi va bolaga ism qo‘yib beradi. Rivoyatga ko‘ra Iso payg‘ambarni Iordan daryosida avliyo Ioann Cho‘qintiruvchi cho‘qintirgan.
Cho‘qintirish marosimi qadimgi Hindiston, Rim, Misr, Kichik osiyo va boshqa davlatlar hududlarida yashagan xalqlar orasida ham mavjud bo‘lgan. Xristianlikda cho‘qintirish marosimi yangi eraning 1-asri oxirlarida paydo bo‘lgan. Birinchi xristian jahon soborining (4-asr) qaroriga muvofiq, bu marosim har bir xristian uchun majburiy deb topilgan va «e'tiqod simvoli»ga kiritilgan. Shu vaqtdan boshlab «cho‘qin-tirilgan» so‘zi «xristian» degan so‘z bilan teng ma'no kasb etgan. Xristianlar boshqa dindagi hamma kishilarni «cho‘qin-maganlar» («Isoni tanimaganlar») deb atay boshlaganlar.
Nikoh marosimi ham cherkovda o‘tkaziladi. Bu marosim oila qurish marosimidir. Cherkovda o‘tkazilgan nikoh xristian oilasining qonuniy asosi hisoblanadi. Nikoh paytida pop kelin-kuyovga oq fotiha beradi, ularni qo‘sha qarib, uvali-juvali bo‘lishini xudodan tilaydi, kelin-kuyovga shohona jig‘a taqadi, ularga yonib turgan shamni ushlab turishni buyuradi. Ularning yuzlariga krest bilan soya soladi, isiriq-buxur tutatadi (yoki isiriqqa o‘xshash xushbo‘y hid tutuni soladi). Kelin bilan kuyov bir-birlarining barmoq-lariga nikoh uzugi taqishadi, pop ularni bir-biriga vafodor, g‘amxo‘r, ittifoq bo‘lib yashab, turmush kechirishga da'vat qiladi. Oilani buzish, ajralish ham cherkov ruxsati bilangina bo‘ladi.
Tavba qilish marosimi ham cherkovda bo‘ladi. Tavba qilishda gunoh qilib qo‘ygan har bir xristian o‘z gunohidan pushaymon bo‘ladi. U gunohini kechirishni xudodan so‘rab berishni popdan iltimos qiladi. Tavba qiladigan shaxs popga hyech bir guvohsiz, u bilan yuzma-yuz, tiz cho‘kkan holda o‘zining hamma gunohlarini batafsil so‘zlab beradi. «Buzuq niyatlar»dan qattiq pushaymon bo‘lib tavba qiladi. Pop gunohkorga nasihat qilib, uni to‘g‘ri yo‘lga soladi va «muqaddas ruhning kuchi» bilan uni gunohlaridan pok qiladi. Shu xizmati uchun cherkovga gunohkor shaxs haq to‘laydi. Pop esa unga «gunohdan pok bo‘lganligi» haqidagi indulgensiya yorlig‘ini beradi. Bu marosim dindorlarni halol yashashga chorlasa, cherkovning esa dindor ustidan nazorat qilib turishiga keng imkoniyat yaratib beradi.
Prichashchenie marosimi xristian dinining asosiy marosimlaridan biri hisoblanadi. Bu marosimni go‘yoki Isoning o‘zi tayin qilgan emish. Prichashchenie marosimidagi asosiy mazmun shuki, non bilan vinoni sirli ravishda dindorlar birgalikda iste'mol qiladi, bunda nonni Isoning go‘shti, vinoni esa uning qoni deb tasavvur qilinadi. Isoga yanada yaqinlashish uchun, u bilan bir tan, bir jon bo‘lib ketish uchun shu marosim o‘tkaziladi. Mashhur ruhoniy va faylasuf olim o‘rta asrlarda yashagan Foma Akvinskiy, Prichashchenie-ning har bir zarrasida Iso bordir, deb ta'limot beradi. Xristianlikning prichashchenie marosimi qadimgi zamon-lardagi totemizm dinidagi totem-hayvonni qurbon qilib, uning «muqaddas» qoni va go‘shtini iste'mol qilish marosi-mining yangi shaklidan boshqa narsa emas.
Xristianlikda yana dafn marosimi, butlarga, xochlarga, avliyolar jasadiga, muqaddas joylarga, ayrim ikonalarga sig‘inish marosim-odatlari ham bor.
Xristianlik bayramlari, ya'ni eng muhim diniy voqyea va hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan alohida kunlar, barcha xristianlar uchun bayram tantanalari mavjud. Cherkovlar bayramlarga jiddiy va katta e'tibor berib kelayotir.
Iso payg‘ambar tug‘ilgan kuni (rojdestvo) bayrami cherkov hayoti va dindorlarning turmushida ko‘zga ko‘rinarli o‘rinda turadigan, millionlab kishilarning tantanali bayramlaridan hisoblanadi. Cherkov ta'limotiga ko‘ra bu bayramni xudo Iso sharafiga bag‘ishlab bayram qilishni tavsiya etgan. Katolik ruhoniysi va olimi Dionisiy kichkinaning mo‘ljaliga ko‘ra Rim shahriga asos solinganiga eramizdan avvalgi 754-yildan boshlangan. Iso tug‘ilgan kunni misrliklar 6 yanvarda nishonlaganlar. Rojdestvo bayrami oldidan dindorlar uylaridagi barcha narsalarni yuvadilar, pollarini artib chiqadilar, ustki kiyimlarni qoqadilar, hammomda cho‘miladilar, toza kiyimlarni kiyadilar. Italiyada rojdestvo kuni uylaridan eski kiyimlarni, narsalarni, buyumlarni ko‘chaga irg‘itib yuboradilar, shu qutlug‘ bayramda hatto urushlar to‘xtatilgan. Ayrim arazlashib yurgan kishilar yarashganlar, bemorlar holidan xabar olib, ularga sovg‘lar berishgan. Iso insoniyatni gunohidan ozod qilish uchun o‘z jonini fido qilish, yer yuzida adolat o‘rnatish uchun tug‘ilgan deb tasavvur qilinadi va uning tug‘ilgan kuni bayram qili-nadi. Ko‘pgina davlatlarda rojdestvo kuni prezidentlar o‘z xalqiga maktub yo‘llab, bayram bilan tabriklaydilar. Rim papasi butun xristianlarni tabriklab, ularni tinch-totuv yashashini, har bir oilada baxt-saodat bo‘lishini tilaydi. Xalq o‘ynab-yayraydi, bu ularning haqiqiy bayrami hisoblanadi. Hozirgi vaqtda musulmon davlatlaridagi din boshqarmalari boshliqlari ham (Masalan, O‘zbekiston musulmonlari diniy hay'ati raisi, muftiysi) xristian dini peshvolariga tabrik-lar yo‘llamoqdalar.
Pasxa bayrami xristianlarda ayniqsa katta tantana bilan o‘tadigan bayramdir. Pasxadan oldin ehtirosli hafta deb atalgan hafta keladi, bu hafta davomida dindorlar ro‘za tutadilar, zo‘r berib ibodat qiladilar. Bu hafta oxiri xudoga ehtirosli, mungli murojaat ohangida ibodat qilish bilan yakunlanadi. Undan keyin pasxa bayrami boshlanadi. Quvonchli hafta deb atalgan bu hafta davomida bayram kun-lari ruhoniylar va cherkov uchun «ish» kunlari bo‘lib, ular dindorlarga haloskorlik g‘oyalarini, pasxa bayrami qanday kelib chiqqanligini tushuntirib beradilar. Ular pasxa va ehtirosli hafta insonning mashaqqat chekkanligi, o‘limi va qayta tirilishini xotirlash uchun belgilangan deb hisoblaydi-lar. Qadimgi o‘lib tirilishga, o‘ladigan tanayu, o‘lmaydigan jon (ruh) ga ishonish to‘g‘risidagi apima-animizm dinini ta'siri va shu din asosida paydo bo‘lgan misrliklardagi Oziris, finikiyaliklardagi Adsoins, firigiyaliklardagi Attis, greklardagi Dionis kabi o‘lib tiriladigan xudolar, ular bilan bog‘liq bayramu urf-odatlar, turli rivoyatlar asosida insonning ham o‘lishi va qayta tirilishi, uning o‘z ummatlarining gunohlaridan poklash uchun chekkan azobiyu mashaqqatlari to‘g‘risidagi tasavvurlar hamda uni ta'riflash, xotirlashga bag‘ishlangan bayram kelib chiqqan.
Xristanlar bu bayramning «pasxa» degan nomini yahudiylardan olganlar. Chunki, qadimgi chovador yahudiylar bahor bayramini «Pesax» deb atashar edi, unda yovuz ruhlarning rahmini keltirish uchun birinchi tug‘ilgan qo‘zichoqni so‘yib, qurbonlik marosimi o‘tkazishar edi. «Pesax» degan yahudiycha (Ivrit tili) so‘zning ma'nosi «Rahmini keltirish» ma'nosini bildiradi. Qo‘zichoq o‘rniga o‘zini qurbon qilgan Isoning chekkan azoblarini xotirlab pasxadan avvalgi «ehtirosli hafta» o‘tkazilgan.
Pasxa bayrami haloskor Isoning tirilishini tilab, tantanali ibodat o‘qish bilan boshlanadi. Pasxa vaqtida poplar cherkov minbarlaridan turib, tantana bilan: «Bir-birimizni quchoqlab, o‘pishaylik, bizni yomon ko‘radiganlarni kechiraylik»,-deb xitob qiladilar. Isoni qayta tirilib qaytib kelishi esa barcha vafot etgan xristianlarning qayta tirilishi va arshu a'loda boqiy hayot kechirishining asosiy sharti hisoblanadi. Pasxa bayrami salb yurishlari, dindorlarning tantanavor namoyishkorona ko‘chalardan o‘tishi barchaning ruhan shodligi, o‘yin kulgilari, jamoaning ziyofatlari bilan o‘tadigan haqiqiy bayramidir.
Rojdestvo, pasxa bayramlari xristian bayramlari bo‘lsada, bu bayramlar xristianlikdagi turli yo‘nalish va sektalarga mahalliy an'analar, qadimgi milliy dinlardagi bayramlar bilan uyg‘un ravishda va qo‘shilgan holda vaqti, ayrim shakllari jihatidan farq qilgan holda o‘tkaziladi.
Katolitsizmning aqidalari:



  1. Katoliklar ilohiyotida (aqidalar) ilohiy troitsaga: ota xudo, o‘g‘il xudo va muqaddas ruhga e'tiqod qiladilar. Katoliklar «muqaddas ruh», «ota va o‘g‘il» xudodan kelib chiqqan, deb hisoblaydilar.

  2. Katoliklar muqaddas kitobni, ya'ni Tavrotni va muqaddas rivoyat yoki an'analarni diniy ta'limot manbai, deb hisoblaydilar. Katolik cherkovi faqat lotin tilida yozilgan Tavrotni e'tirof qiladi. Tavrotni faqat ruhoniylargina izohlashi va sharhlashi mumkin. Katolik an'analarni papalar yoki sobor yig‘inlarida «avliyo ota»lar chiqargan yangiliklar bilan to‘ldirib turishni tan oladilar. Bu bilan katolitsizm zamonaga moslashtirib berilgan.

  3. Xristianlikning boshqa yo‘nalishlaridan farq qilib, katolitsizmda Rim papasi xudoning rasuli ekanligi to‘g‘risidagi maxsus aqidaga amal qilinadi. Katolitsizm papani cherkovning boshlig‘i deb hisoblaydi, uni «Iso-ning noibi (vorisi)» va «Apostol pyotrning o‘rinbo-sari» deb ataydilar.

  4. Katolitsizmda a'rof to‘grisidagi aqida bo‘lib, unga ko‘ra a'rofda (jannat bilan do‘zah oralig‘ida) gunohkorlarning ruhlari tiriklik vaqtlarida yuvilmay qolgan gunohlaridan tozalanib, jannatga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, deb tushuntiriladi.

  5. XIII asrda katolik ilohiyotchilari tomonidan «savob ishlar» zahirasi to‘g‘risidagi aqida ishlab chiqildi. Unga asosan gunoh qilgan kishilar cherkovdan, haq to‘lab, kechirim so‘rab, gunohining kechirilgani to‘g‘risi-dagi guvohnoma-idulgensiya olishi mumkin. Cherkov idulgensiya narxini belgilab chiqdi. Masalan, o‘z otasini yoki onasini, xotinini, akasini, ukasini, singlisini o‘ldirgani uchun 5 yoki 6 gross, yoki «o‘g‘irlik qilgani uchun, o‘t qo‘yganlik uchun 8 gross» haq to‘laydi.

  6. Isoning onasi Bibi Maryamga «ruhoniy ona» deb sig‘inish ham kuchli e'tiqod ramzi hisoblanadi.


Download 2,19 Mb.
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   193




Download 2,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MAVZU. DINIY MADANIY AN'NALARNING AXAMIYATI

Download 2,19 Mb.