|
Muhandislik-texnologiya
|
bet | 167/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiya- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish bo‘yicha faoliyatini shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin:
1) davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, shu jumladan prokuratura organlarining norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatida qonuniylikni ta'minlash; ular tomonidan suiiste'molliklarga, qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan huquqiy ta'sir choralarini amalga oshirish (qonun ustuvorligini ta'minlash);
2) qonunchilik bazasini izchillik bilan takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; amaldagi qonun hujjatlaridagi “oq dog‘lar”ni, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratayotgan qoidalar va normalarni aniqlash (korrupsiyaviy ekspertizani amalga oshirish).
Shu o‘rinda alohida qayd etish kerakki, “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab-chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi – davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilangan.
- O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi, davlat aktivlari va passivlarining holati hamda harakati, qimmatbaho metallar va toshlar bilan operatsiyalar amalga oshirilishi, oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish, xorijiy kapitalni respublika iqtisodiyotiga jalb etish va undan samarali foydalanish, davlatning tashqi qarzi o‘z vaqtida qaytarilishi doimiy monitoringi va nazoratini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi tashkil qilindi.
2005 yil 4 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining vakolatlarini kengaytirish, byudjet jarayonini chuqurroq va har tomonlama tahlil etish va uning bajarilishini nazorat qilishni ta'minlash maqsadida qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining asosiy vazifalari etib belgilandi:
Davlat byudjeti loyihasining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlarini shakllantirish jarayonini chuqur va puxta o‘rganish, ularni bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish borasida o‘tkazilayotgan siyosatning g‘oyat muhim ustuvor yo‘nalishlariga, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish sohasida qabul qilingan maqsadli kompleks dasturlarga to‘la-to‘kis mos kelishi nuqtai nazaridan tanqidiy baholash;
tarmoqlar va hududlar bo‘yicha Davlat byudjetining daromad qismi shakllantirilishi va ijrosini moddama-modda, har tomonlama chuqur tahlil etish, byudjet daromadlarining asosiy moddalari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining realligi va tig‘izligiga baho berish, bunda yoqilg‘i-energetika kompleksi, qazib chiqarish sanoati, iste'mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo, iqtisodiyotning daromad hosil qiluvchi boshqa tarmoq va sohalaridagi zaxiralarni aniqlashga alohida e'tibor qaratish;
agrosanoat kompleksidagi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy holati monitoringini amalga oshirish, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirishga ajratiladigan byudjet mablag‘lari hamda byudjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘laridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanilishini nazorat qilish;
mahalliy byudjetlar shakllantirilishi va amalga oshirilishini, ularning balanslanishini muntazam tahlil etish va nazorat qilish, mahalliy boshqaruv va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish uchun ularga real moliyaviy mablag‘lar ajratib berish vazifasini hal etish zarurligidan kelib chiqqan holda respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi nisbatni maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
respublika darajasida ham, mahalliy darajada ham davlat byudjetining ijrosi va davlat mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil qilish va ta'minlash. Davlat xarajatlarini kamaytirish rezervlarini aniqlash. Markazda va joylarda byudjet mablag‘laridan qonuniy, maqsadli va samarali foydalanilishini, ulardan foydalanishda qonunbuzarliklar va suiiste'molchiliklarning oldini olish choralarini amalga oshirish;
byudjetdan tashqari jamg‘armalar - Respublika yo‘l jamg‘armasi, Pensiya jamg‘armasi, Ta'lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash jamg‘armasi, Ish bilan ta'minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi, Qishloq xo‘jaligini avanslash jamg‘armasining davlat byudjeti tarkibida yig‘iladigan mablag‘lari to‘liq tushishi, ulardan maqsadli, oqilona va samarali foydalanilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirish;
o‘tkazilayotgan pul-kredit siyosatini, milliy valyutani mustahkamlash, uning xarid qobiliyatini oshirish, pul massasi va pul agregatlarini maqbul holga keltirish, bankdan tashqari pul aylanishini keskin qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni chuqur tahlil qilish va baholash;
respublika tashqi savdo oborotining ahvolini chuqur tahlil qilish, respublika to‘lov balansini shakllantirish va undan foydalanishni baholash. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozi bajarilishi, mahsulot importi maqbullashtirilishining ta'minlanishi, eksport tushumlari va xorijiy valyutani sotish to‘la-to‘kis va o‘z vaqtida bo‘lishi monitoringini amalga oshirish. Ichki valyuta bozorida valyutaga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish, ayirboshlash kursi dinamikasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, milliy valyutaning erkin almashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
tashqaridan olinadigan qarzlarning hajmlari va maqsadga muvofiqligini tanqidiy baholash, olinadigan xorijiy kredit va grant mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanilishini, shuningdek Hukumat tomonidan yoki Hukumatning kafolati bilan olingan tashqi kreditlarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishini qattiq nazorat qilish;
oltin-valyuta zaxiralarining holati va uning harakati ustidan nazoratni amalga oshirish, tashqi aktivlarni boshqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish va ularni xorijiy banklarda samarali joylashtirish va qayta joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, oltin-valyuta zaxiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar ustidan nazoratni ta'minlash.
|
| |