• Ish yuzasidan olib boriladigan korrupsiya.
  • Oliy davlat hokimiyatidagi korrupsiya.
  • Maishiy (turmushdagi) korrupsiya




    Download 2,19 Mb.
    bet166/193
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,19 Mb.
    #256562
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   193
    Bog'liq
    Muhandislik-texnologiya

    Maishiy (turmushdagi) korrupsiya. Korrupsiyaning ushbu turi oddiy fuqarolar va amaldorlar o‘rtasida vujudga keladi hamda fuqarolar tomonidan mansabdor shaxsga va uning oila a'zolariga turli sovg‘alar berish yoki xizmatlar ko‘rsatishda ifodalanadi. Bunga oshna-og‘aynigarchilik, tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik, mahalliychilik asosida yon bosish, yordam berish ham kiradi.
    Ish yuzasidan olib boriladigan korrupsiya. Korrupsiya­ning mazkur turi davlat hokimiyati va biznes vakillarining o‘zaro hamkorligi natijasida vujudga keladi. Misol uchun ishning o‘z foydasiga hal qilinishi uchun, tezroq bitishi uchun taraflardan biri shunday taklif bilan chiqadi yoki bunday taklif berishga majbur bo‘ladi.
    Oliy davlat hokimiyatidagi korrupsiya. Korrupsiyaning ushbu turi davlatning eng yuqori lavozimlarini egallab turgan shaxslar tomonidan sodir etiladi va davlat siyosatidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishlarida ifodalanadi.
    15-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING IJTIMOIY, G‘OYAVIY ASOSLARI

    O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab, yurtboshimizning bevosita rahbarligida sobiq totalitar tuzumdan meros bo‘lib o‘tgan illat – korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurashib kelmoqda. Dastlab korrupsiyaga qarshi kurashni amalga oshiradigan maxsus davlat organlari belgilab olindi, ko‘pgina huquqni muhofaza qiluvchi organlari tarkibida korrupsiya va uyushgan jinoyat­chilikka qarshi kurashuvchi alohida tuzilma va bo‘limlar shakl­lantirildi.


    Quyidagilar mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashni amalga oshiradigan, davlatning mazkur sohadagi siyosatini olib boradigan maxsus davlat organlari hisoblanadi:
    - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.
    1991 yil 25 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazir­ligi haqida”gi 270-sonli Qarori qabul qilingan. Mazkur qarorga 1-ilova tariqasida “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida Nizom” tasdiqlangan. Ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asosiy vazifalari qatoriga uyushgan jinoyatchilik va poraxo‘rlikka qarshi kurash ishlarini ta'minlash yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy apparatining strukturasida “Uyushgan jinoyatchilik va poraxo‘r­likka qarshi kurash boshqarmasi” tashkil etildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1994 yil 11 maydagi “Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va boshqa uyushgan jinoyatchilikdan himoya qilishning tashkiliy choralari to‘g‘risida”gi 247-sonli Qarori19 asosida yuqoridagi boshqarma negizida Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat Ichki ishlar boshqarmalarida “Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurash boshqarmalari” tashkil etildi.
    - O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati.
    1991 yil 2 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi 278-sonli Qarori qabul qilingan. Mazkur qarorga 1-ilova tariqasida “O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan. Ushbu Nizomga muvofiq Milliy xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalaridan biri sifatida uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish belgilandi.
    Mamlakat Prezidenti Milliy xavfsizlik xizmati xusu­sida: “Biz bu maxsus tashkilotni qaytadan tuzdik. Son jihati­dan juda oz, lekin mustahkam milliy xavfsizlik boshqarmasi yaratildi. Uning asosiy vazifasi - davlat tuzumini himoya qilish, razvedka va kontrrazvedka.
    Xavfsizlik boshqarmasi zimmasiga iqtisodiy vazifalar ham yuklatiladi. Notayin chet el kompaniyalari bilan til biriktirish, ulardan pora olish va xalqning peshona teri bilan topilgan boyliklarni chet elga arzon-garovga sotish degan gaplar endi ketmaydi”20, degan edi.
    - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi.
    1992 yil 8 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Preziden­tining “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi organlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan. Mazkur farmon asosida 1992 yil 9 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
    Iqtisodiy faoliyat sohasida poraxo‘rlikka, o‘g‘irliklar va boshqa suiiste'molchiliklarga qarshi kurash samaradorligini oshirish maqsadida mazkur qonun qabul qilinishidan avvalroq, ya'ni 1992 yil 3-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi tuzilmasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi­dagi poraxo‘rlik, o‘g‘irliklar va boshqa suiiste'molchiliklarga qarshi kurash boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida” 96-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi markaziy apparati tuzilmasida - Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida poraxo‘rlikka, o‘g‘irliklar va boshqa suiiste'molchiliklarga qarshi kurash boshqarmasi; Qora­qalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokura­turalarida va O‘zbekiston transport prokuraturasida - tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida poraxo‘rlikka, o‘g‘irliklar va boshqa suiiste'molchiliklarga qarshi kurash bo‘yicha tegishli bo‘linmalar tashkil etildi.
    Mamlakatda iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashni takomillashtirish, respublika taraqqiyotiga ziyon yetkazilishining oldini olish, ayniqsa qishloq xo‘jaligidagi mavjud nuqsonlar, mansabdor shaxslarning suiiste'mollik­lariga barham berish hamda bu sohadagi jinoyatchilik va korrup­siyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirish maqsadida 1998 yil 30 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘z­bekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bosh boshqarmasini tashkil etish haqida”gi Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi tuzilmasida Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash Bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar pro­kuraturalari, O‘zbekiston transport prokuraturasida Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bo‘limlar tashkil etildi.
    O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi idoralariga res­publikadagi mavjud barcha qonunlarning ustuvorligini ta'min­lash, fuqarolarning konstitutsion huquq va erkinliklarini muhofaza etish, huquq-tartibotni mustahkamlash va jinoyatchi­likka qarshi kurashdek muhim vazifalar yuklangan.
    Bu vazifalarni amalga oshirishda prokuratura idoralari xodimlarini o‘z vazifasiga sadoqatli va har qanday qonunbu­zarliklarga murosasiz bo‘lishligini ta'minlash, shuningdek, ular tomonidan suiiste'molliklarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish, ularning safini kasbiga noloyiq shaxslardan tozalash hamda prokuratura idoralari tizimida xavfsizlikni ta'min­lash maqsadida 1998 yil 30 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prokuratu­rasi tuzilmasida ichki xavfsizlikni ta'minlash inspeksiyasini tashkil etish haqida”gi 324-sonli Qarori qabul qilindi.
    2001 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 46-moddasida prokuratu­ra organlari ichki xavfsizligini ta'minlovchi inspeksiyaning huquqiy maqomi mustahkamlanib, uning zimmasiga prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqyeini suiiste'mol qilish, korrupsiya va egallab turgan lavozimiga noloyiq boshqa nojo‘ya xatti-harakatlar to‘g‘risidagi ma'lumot­lar bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish kabi vazifalar yuklatildi.
    Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlar bo‘yicha jinoiy ishlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2001 yil 6 iyulda “Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash choralarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi 291-sonli Qarori qabul qilindi. Unga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, shuningdek Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi korrupsiya, o‘g‘irliklar va boshqa suiiste'mollarga qarshi kurashish boshqarmasi bazasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi; hududiy va ularga tenglashtirilgan prokuratura organlarining iqtisodiy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatdagi korrupsiya, o‘g‘irliklar va boshqa suiiste'mollarga qarshi kurashish bo‘limlari bazasida hududiy va ularga tenglashtirilgan prokuratura organlarining iqtiso­diy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari tashkil etildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtiso­diy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda prokuratura hududiy organlarining tegishli bo‘limlariga ham Departament, ham boshqa idoralar, huquqni muhofaza qilish organlari va Prokuraturaning o‘zi tomonidan qo‘zg‘atilgan iqtisodiy hamda soliqqa oid jinoyatlar bo‘yicha jinoiy ishlarni ko‘rib chiqish vazifasi yuklandi.
    qilishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining vakolatlarini kengaytirish, byudjet jarayonini chuqurroq va har tomonlama tahlil etish va uning bajarilishini nazorat qilishni ta'minlash maqsadida qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining asosiy vazifalari etib belgilandi:
    Davlat byudjeti loyihasining makroiqtisodiy ko‘rsatkich­lari va parametrlarini shakllantirish jarayonini chuqur va puxta o‘rganish, ularni bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish borasida o‘tkazilayotgan siyosat­ning g‘oyat muhim ustuvor yo‘nalishlariga, respublikani iqtiso­diy va ijtimoiy rivojlantirish sohasida qabul qilingan maqsadli kompleks dasturlarga to‘la-to‘kis mos kelishi nuqtai nazaridan tanqidiy baholash;
    tarmoqlar va hududlar bo‘yicha Davlat byudjetining daromad qismi shakllantirilishi va ijrosini moddama-modda, har tomonlama chuqur tahlil etish, byudjet daromadlarining asosiy moddalari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining realligi va tig‘izligiga baho berish, bunda yoqilg‘i-energetika kompleksi, qazib chiqarish sanoati, iste'mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo, iqtisodiyotning daromad hosil qiluvchi boshqa tarmoq va sohalaridagi zaxiralarni aniqlashga alohida e'tibor qaratish;
    agrosanoat kompleksidagi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar­ning moliyaviy holati monitoringini amalga oshirish, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirishga ajratiladigan byudjet mablag‘lari hamda byudjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘laridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanilishini nazorat qilish;
    mahalliy byudjetlar shakllantirilishi va amalga oshirilishini, ularning balanslanishini muntazam tahlil etish va nazorat qilish, mahalliy boshqaruv va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish uchun ularga real moliyaviy mablag‘lar ajratib berish vazifasini hal etish zarurligidan kelib chiqqan holda respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi nisbatni maqbullashtirish bo‘yicha

    Download 2,19 Mb.
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   193




    Download 2,19 Mb.