|
Muhandislik-texnologiya
|
bet | 169/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiya- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi.
G‘aznachilik o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-son qaroriga ilova bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risida nizom” asosida amalga oshiradi.
Mazkur Nizom «Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
G‘aznachilik o‘zining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda Davlat byudjetining g‘azna ijrosini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi hisoblanadi.
Quyidagilar G‘aznachilikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;
Davlat byudjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisob raqami, shuningdek tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta'minlaydigan hududiy g‘aznachilik hisob raqamlarini joriy etish orqali boshqarish;
byudjet tashkilotlarining tovarlar yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar) bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish bo‘yicha buyurtmachilarning shartnomalari (keyingi o‘rinlarda byudjet tashkilotlari va buyurtmachilar shartnomalari deb ataladi) xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga qat'iy muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish;
byudjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta'minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda, qoidaga ko‘ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish, davlat xaridlarini amalga oshirishda narxni shakllantirish jarayonini nazorat qilish;
xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat'iy summalar doirasida tovarlar yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar)ning bevosita hisob raqamlariga byudjetdan mablag‘ oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan ta'sirchan nazoratni ta'minlash;
Davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;
O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va ishlash.
Xulosa o‘rnida shuni qayd etish mumkinki, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan normativ-huquqiy hujjatlar asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan davlat organlari belgilab olindi va ular faoliyatining mustahkam huquqiy asoslari yaratildi. Prezident huquqni muhofaza qiluvchi organlarning korrupsiyaga qarshi kurashi butun mamlakatda unga qarshi kurash darajasini ko‘rsatishini eslatib, shunday deydi: “hech shubhasiz, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning darajasi, uning amaliy samarasi ko‘p jihatdan huquq-tartibot, prokuratura va sud organlari tizimining o‘zida bu illatga qarshi qanday kurash olib borilayotganligi bilan bog‘liqdir21”.
|
| |