|
Muhandislik-texnologiya
|
bet | 172/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiyabirinchidan, “Davlat xizmati to‘g‘risida” gi Qonun loyihasi ishlab chiqilib, muhokama qilinayotgan bo‘lsa-da, hali hamon mazkur Qonun qabul qilinganicha yo‘q. Shu sababdan “Davlat xizmati to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, shuningdek davlat xizmatchilarining Axloq kodeksini qabul qilish, mazkur normalarda davlat xizmatchilarining o‘z faoliyatini olib borish jarayonida amal qilishi lozim bo‘lgan hamda korrupsiyani vujudga kelishiga imkon yaratib beruvchi sabab va shart-sharoitlarni oldini olishga qaratilgan meʼyorlar aks ettirilishi maqsadga muvofiqdir;
ikkinchidan, xalqaro va ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rgangan holda davlat xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari hamda katta hajmdagi harajatlarini deklaratsiya qilishni tartibga soluvchi normalarni milliy qonunchilik tizimiga implemenetatsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o‘z navbatida mansabdor shaxslarning mol-mulkidagi o‘zgarishlarni muntazam ravishda kuzatish imkoniniyatini beradi, deklaratsiyalarning ommaviyligi, yaʼni jamoatchilik uchun ochiqligi esa ularning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ahamiyatini yanada oshirishi shubhasizdir.
Tayanch so’zlar: Korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurash, Korrupsiya shakllanishining sabablari, кorrupsiyaning shakllari, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, shaxsiy bevosita yoki bilvosita manfaatdorlik, qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi.
Takrorlash uchun savollar:
Korrupsiya tushunchasining ma'nosi va shakllanish tarixi.
Diniy va ilmiy manbalarda korrupsiyaga munosabat.
Dunyo bo‘yicha korrupsiya holatining tasnifi.
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro qonunlar va ularning O‘zbekistonda ratifikatsiya qilishning ahamiyati.
O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning iqtisodiy-siѐsiy va ijtimoiy - huquqiy mexanizmlari.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida" gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son Farmoni
Korrupsiya shakllanishining sabablari.
Korrupsiyaning shakllari.
Korupsiyaning turlari.
Siyosiy va g‘oyaviy korrupsiya xavfsizlikka tahdid. Iqtisodiy korrupsiya va uning namoѐn bo‘lish shakllari.
Kadrlar korrupsiyasi va uni bartaraf etish mexanizmlari.
Ta'lim va fan tizimidagi korrupsiyaning oqibatlari. Ijtimoiy hayotdagi korrupsiyaning amal qilish sohalari.
G‘arb olimlari korrupsiya haqida. Oq, qora va kul rang korrupsiya haqida.
Dunyo va O‘zbekistonda korrupsiyani bartaraf etish mexanizmlari.
“Falsafa” FANidan
|
| |