|
Muhandislik-texnologiya
|
bet | 168/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiya- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi.
Mazkur organ o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi 393-son qaroriga 2-ilova bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari to‘g‘risida nizom” asosida olib boradi.
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va bevosita O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga bo‘ysunadi. Nazorat-taftish bosh boshqarmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida nazorat-taftish boshqarmalari bo‘ladi, ular o‘z faoliyatida bevosita faqat Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga bo‘ysunadilar.
Byudjet jarayonining barcha bosqichlarida byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Quyidagilar Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining vazifalari hisoblanadi:
moliya organlari va byudjet muassasalari tomonidan byudjet va moliya qonunchiligiga rioya etilishini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyruqlari va yo‘riqnoma ko‘rsatmalari, byudjet majburiyatlari ijrosi bilan bog‘liq boshqa qonunchilik hujjatlari bajarilishi ta'minlanishini nazorat qilish;
respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning qat'iy bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta'minlash;
moliya organlari va tijorat banklarining birinchi navbatdagi sarf-xarajatlar navbatiga, mablag‘ bilan ta'minlash hamda byudjet muassasalari xodimlariga ish haqi, ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalarni to‘lash muddatlariga va to‘liqligiga rioya qilish, shuningdek byudjet muassasalariga ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun naqd pul berish bo‘yicha faoliyati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish;
ijtimoiy nafaqalarning o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta'minlanishini va ularni kam ta'minlangan oilalarga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali berilishini nazorat qilish;
paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, paxta mahsuloti ishlab chiqarish va uni sotish bo‘yicha statistika hamda buxgalteriya hisobot ma'lumotlarining to‘g‘riligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
paxta tozalash korxonalari tomonidan qabul qilinadigan, saqlanadigan va qayta ishlanadigan paxta xom ashyosining miqdori va sifati bo‘yicha ma'lumotlar nazorat va taftish qilinishini, xom ashyoni qayta ishlash chog‘ida olinadigan paxta tolasi, paydo bo‘ladigan kuyindilar hamda boshqa chiqindilarning belgilangan me'yorlariga rioya etilishini ta'minlash;
navlarni joylashtirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi, belgilangan standartlarga va seleksiya navlari joylashtirilishiga muvofiq urug‘lik chigitlar tayyorlanishi hamda paxtakor xo‘jaliklarning ular bilan ta'minlanishi monitoringini amalga oshirish;
paxta xom ashyosi hamda undan ishlab chiqariladigan paxta mahsulotlarining miqdori va sifatini hamda ularning hisobotda aks ettirilishini baholash bo‘yicha tekshirishlarni tashkil qilish va o‘tkazish metodologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish;
investitsiya dasturlarini amalga oshirishga ajratiladigan markazlashtirilgan byudjet mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishini nazorat qilish;
byudjet mablag‘larini kommunal xizmatlar va elektr energiyasiga sarflash limitlariga rioya etilishini muntazam ravishda tekshirib borish;
byudjet muassasalari tomonidan shtat-smeta intizomiga rioya etish ta'minlanishini nazorat qilish;
hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlari va mansabdor shaxslari tomonidan byudjet jarayoniga noqonuniy aralashish hollarining oldini olish;
davlat valyuta mablag‘larining to‘g‘ri va belgilangan maqsadda sarflanishini nazorat qilish;
fuqarolarning moliya va byudjet intizomining buzilishi hollari to‘g‘risidagi xatlari, shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqish;
yangidan tayinlangan pensiya va nafaqalarni hisoblab chiqishning, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni qo‘llashning to‘g‘riligini, shu jumladan fuqarolarning pensiya yig‘majildlaridagi boshlang‘ich hujjatlarning to‘liqligi va ishonchliligini tekshirish yo‘li bilan yalpi tekshirishlarni amalga oshirish;
mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan ishlayotgan pensionerlarga pensiya va nafaqalarning to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishini rejali ravishda tekshirish;
fuqarolarga pensiya va nafaqalar, shu jumladan bank va pochta muassasalari tomonidan o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishining tizimli monitoringini olib borish, qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar ko‘rish;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan berilgan ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomalarini va xulosalarni, zarurat bo‘lganda, mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda qayta ekspertizadan o‘tkazish;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi mutaxassislarini jalb etgan holda doimiy ravishda tekshirish;
o‘tkazilgan tibbiy-ekspert tekshirish komissiyalarning to‘g‘riligi va asoslanganligini, shu jumladan davolash-profilaktika muassasalari tomonidan berilgan boshlang‘ich tibbiy hujjatlarning to‘liqligi va ishonchliligini o‘rganish yo‘li bilan tekshirish;
Byudjetdan tashqari Ta'lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;
davlat xaridlari bo‘yicha tender (tanlov) savdolari o‘tkazilishining to‘g‘riligini nazorat qilish.
|
| |