KORRUPSIYA TUSHUNCHASI VA UNI BARTARAF QILISH YO‘LLARI




Download 2,19 Mb.
bet165/193
Sana29.05.2024
Hajmi2,19 Mb.
#256562
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   193
Bog'liq
Muhandislik-texnologiya

KORRUPSIYA TUSHUNCHASI VA UNI BARTARAF QILISH YO‘LLARI


14-MAVZU. Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz
sifatida korrupsiya – eng xavfli illat

Har qanday jamiyatda davlat va boshqaruv, o‘sha davlat kons­titutsiyasida ko‘zda tutilganidek, uning tub maqsadlariga mos bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaat­lariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar” deyiladi. Asosiy qonunning bunday talablari davlat hokimiyati, davlat xizmati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyat mexa­nizmlarida yoki ularning sohalarida mansabdor shaxslarning mas'uliyatini oshiradi, davlat apparatining fuqarolar oldida­gi majburiyatlarini belgilab beradi.


Demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan sharoitda davlat xizmatchilari tomonidan mansab mavqyeini suiiste'mol qilish, poraxo‘rlik, mulkni talon-toroj qilish hollari davlat hokimiyatining obro‘sizlanishiga olib keladi; boshqaruv tizimi­ning buzilishiga yoki zararlanishiga sabab bo‘ladi; davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetkazadi. Yuqori darajadagi korrupsiya davlatni inqirozga olib keladi; davlat hokimiyati shaxsiy manfaatlarga bo‘ysundirilgani bois, xalq­ning noroziligiga sabab bo‘ladi.
Korrupsiya dunyo miqyosidagi muammo, jumladan Lotin Amerikasi, O‘rta yer dengizi, Yaqin va O‘rta Sharq, Markaziy va Sharqiy yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlarida unga qarshi kurash shu kunning eng muhim va dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Xalqaro Transparansi interneyshnl (TI) tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra dunyo mamlakatlarida korrupsiya darajasi:
1) Daniya, 2) Shvetsiya, 3) Yangi Zelandiya, 4) Singapur, 5) Fin­lyandiya, 6) Shveytsariya, 7) Islandiya, 8) Niderlandiya, 9) Avs­traliya, 10) Kanada davlatlarida eng pasti;
Korrupsiya darajasi eng yuqori davlatlarga: 1) Qirg‘izis­ton, 2) Kongo Demokratik Respublikasi, 3) Gvineya, 4) Chad, 5) Su­dan, 6) Afg‘oniston, 7) Gaiti, 8) Iroq, 9) Myanma, 10) Somali davlatlari kiradi16.
Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro miqyosdagi kabi respub­likamizda ham dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Birinchi Prezident I.A.Karimov ta'kidlaganidek, “Bugungi kunda faqat iqtisodiyotga emas, balki, eng avvalo, respublikaning siyosiy va xalqaro nufuziga, jamiya­timizning ma'naviy-axloqiy nufuziga katta zarar yetkazayotgan eng xavfli illat - korrupsiyadir”17.
Aytish joizki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk davrdayoq korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qaralib, uning oldini olish va davlat apparatini korrupsionerlardan tozalash bo‘yicha izchil va muntazam ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida ko‘pgina huquqni muhofaza qi­luvchi organlari tarkibida korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi alohida tuzilma va bo‘limlar shakllantirildi.


O‘zbekiston Respublikasi 2008 yil 7 iyulda BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasini ratifikatsiya qildi.
2010 yilning martidan boshlab O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istambul harakat dasturi a'zosi (boshqacha qilib Stambulskiy plan deystviy ham deyiladi) hisoblanadi.
Hozirda jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy muammolar orasida korrupsiyaga qarshi kurash muammosi ayniqsa muhim o‘rin egallaydi. Bu hol quyidagi bir necha omillar bilan belgilanadi.
Korrupsiya:
- jamiyatning ma'naviy asoslariga putur yetkazadi, davlat hokimiyatini xalq oldida obro‘sizlantiradi, norozilikka sabab bo‘ladi;
- o‘sib kelayotgan yosh avlod ongini zaharlaydi, hayot qallob­ligu g‘irromlikdan iborat ekan, degan fikrni vujudga kelti­radi;
- ijtimoiy adolatga bo‘lgan ishonchni so‘ndiradi, fuqaro­larning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishiga olib keladi;
- xalqaro hamjamiyatda muayyan davlat to‘g‘risida salbiy tasavvurni yuzaga keltiradi;
- uyushgan jinoyatchilikning davlat xizmati faoliyatiga kirib borishiga olib keladi;
- odil sudlov tizimini izdan chiqaradi;
- amalga oshirilayotgan jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlarini susay­tiradi;
- iqtisodiyotning rivojlanishi va mustahkamlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi;
- boshqa ko‘pgina salbiy ijtimoiy hodisalar singari, o‘zining keng ildiz otishiga zamin yaratadi – korrupsiya qancha chuqur ildiz otgan bo‘lsa, unga qarshi kurash va uning oqibat­larini bartaraf etish shuncha qiyinlashadi.
Yuqoridagi salbiy omillar qatoriga resurslarning noto‘g‘ri taqsimoti, xususiy sektorda raqobat va samaradorlikning pasayishi, davlat byudjeti tushumini kamayib ketishi, ishlab chiqarish va tadbirkorlik xarajatlarining ortib ketishi, davlat sektorida ish sifatini tushishi, tengsizlik va qashshoqlik ko‘lamining kengayishi, xususiy sektorda ish bilan bandlikni kamayishi, qonun ustuvorligiga putur yetishi, jinoyatchilikning o‘sishi kabi oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini qo‘shishimiz mumkin.
Korrupsiya, xuddi temirdagi zang kabi davlat boshqaruvi tizimini yemiradi, unga putur yetkazadi, davlat xizmati va davlat xizmatchilariga salbiy munosabatni vujudga keltiradi, hokimiyatning obro‘sizlanishiga sabab bo‘ladi, binobarin, dav­latchilik g‘oyasiga putur yetkazadi.
Korrupsiya – mansab mavqyeidan shaxsiy maqsadlarda foyda­lanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida o‘z mansabidan foydalanish, fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi.
Kishilik dunyosi korrupsiya bilan qadimdan beri kurashib keladi. Korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida davlat hamda uning boshqaruv sohasidagi mansabdor shaxslari paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan.
Tarixda korrupsiyaga qarshi olib borilgan kurashlarga misollar ko‘p bo‘lgan. Misol uchun, Abu Bakr roziyallohu anhu xalifa bo‘lganlaridan keyin ziyoda bo‘lgan mollarini mehnat tufayli emas, mansab tufayli ko‘paygan, deb e'tibor qildilar va Baytulmolga qo‘shilishi kerak, deb topdilar (vafot etganidan keyin uning bolalarini ko‘tarib yuradigan nubalik qul va uning bog‘ini sug‘orishda ishlatiladigan tuya chiqqan xolos).
Bu ish u kishidan keyin bo‘ladigan Islom davlati boshliq­lariga ham vojib bo‘lib qoldi. Mansabdan foydalanib molu-mulk orttirish shubhasi bo‘lmasligi uchun, mol-mulkni ziyoda qilishga umuman ruxsat bo‘lmagan.
Korrupsiya so‘zi adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Uning yagona tushunchasi yo‘q. Hatto, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarida ham unga turlicha ta'riflar berilgan.
Xalqaro hujjatlarda birinchi bor korrupsiya tushunchasiga BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor kodeksi”da to‘xtalingan bo‘lib, unda korrupsiya deganda “... mansabdor shaxsning har qanday shakldagi mukofot evaziga o‘z mansab vakolatlari doirasida mazkur mukofotni beruvchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab, lavozim yo‘riqnomasi qoidalarini buzgan holda yoki buzmasdan muayyan harakatlarni bajarishi yoki harakatsizligi” tushuniladi deyilgan.
BMT Bosh Assambleyasining 1990 yil Gavanada korrupsiya muammolariga bag‘ishlab o‘tkazilgan mintaqalararo seminarida qabul qilingan Davlat xizmatchilari uchun xalqaro xulq-atvor kodeksida “korrupsiya bu mansabdor shaxslarning shaxsiy yoki guruh manfaatini ko‘zlab mansabini suiiste'mol qilish, shu­ningdek davlat xizmatchilari tomonidan o‘zlari egallab turgan xizmat vazifalaridan g‘ayriqonuniy foydalanish ko‘rinishlari­dir”, deyiladi.
yevropa Kengashi guruhining korrupsiya muammolari bo‘yicha 1995 yil 22-24 fevralda Strasburgda o‘tkazilgan birinchi sessiyasida “korrupsiya davlat yoki xususiy tizim mansabdor shaxslarini ularning mansab vakolatlari doirasida o‘zlarining vazifalarini buzib bajarishlari uchun ularni pora evaziga og‘dirib olinishidir”, deb ta'rif berilgan.
Korrupsiya jinoyatlari uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddalari ro‘yxati JK turli boblaridagi qilmishlar tarkibi bilan qamrab olinishini ko‘rsatadi.
Korrupsiya – davlat xizmatidagi mansabdor va mas'ul mansabdor shaxslarning o‘z mansab mavqyei va egallab turgan mansab lavozi­mi hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan obro‘sidan shaxsiy naf ko‘rish yoki bir guruh shaxslarning manfaatlari yo‘lida g‘araz maqsad­larda foydalanishdan iborat bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmish­lar yig‘indisidir.
Korrupsiyaning asosiy ko‘rinishlari quyidagilardan iborat:
1) mansab mavqyeidan foydalanib, mulkni o‘zlash­tirish yo‘li bilan talon-toroj qilish;
2) hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish;
3) poraxo‘rlik.
“Korrupsiya, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti, erkin savdo va demokra­tiya sharoitida oddiy poraxo‘rlikdan iborat emas. Lobbizm, favoritizm, proteksionizm, siyosiy maqsadlarga badallar, siyosiy arboblar va davlat amaldorlarining korporatsiyalar va xususiy firmalarning faxriy prezidentlari lavozimiga o‘tish an'analari, tijorat tashkilotlarini davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish, davlat mulkini aksiyadorlik jamiyatlariga o‘tkazish, jinoiy uyushmalarning aloqalaridan foydalanish va hokazolar korrupsiyaning niqoblangan shakllari hisoblanadi”.
Mansabdor shaxslarning g‘ayriaxloqiy va g‘ayriqonuniy odatlarini qonuniylashtirish, qarindosh-urug‘chilik, oshna-og‘aynigarchilik, davlat byudjeti hisobidan o‘z ehtiyojlarini qondirish va h.k.lar korrupsiyaning yashirin shakli hisoblanadi.
Korrupsiyaning pora olish va xizmat mavqyeini suiiste'mol qilish kabi odatdagi shakllaridan tashqari, korrupsiya amalda namoyon bo‘lishining quyidagi shakllarini farqlash mumkin:
mansabdor shaxslar, davlat xizmati xodimlari, deputatlar tijorat faoliyatida shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish uchun bevosita ishtirok etishi;
- davlat pul mablag‘larini o‘zlashtirish niyatida tijorat tuzilmalariga o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqyeidan foydalanish;
- o‘z korporativ (siyosiy, diniy, milliy va sh.k.) guruhiga davlat resurslari hisobidan imtiyozlar berish;
- shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish maqsadida ommaviy axborot vositalariga tazyiq o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqyeidan foydalanish;
- mansabdor shaxslar va davlat xizmati xodimlari shaxsiy boyish maqsadida tijorat tuzilmalarida soxta shaxslardan va qarindoshlaridan foydalanishi;
- shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish maqsadida axborotni manipulyasiya qilish (buzib ko‘rsatish, bermaslik, berish muddat­larini cho‘zish va sh.k.) uchun xizmat mavqyeidan foydalanish;
- muayyan guruh manfaatlarida normativ hujjatlar qabul qilish haqidagi qarorlarni ilgari surish;
- ayrim nomzodlarning saylov fondlariga davlat moliyaviy va moddiy resurslarini taqdim etish.
AQShda korrupsiyaning “kikbeking” degan shakli ancha keng tarqalgan. Uning sxemasi juda sodda: jinoiy til biriktirish ishtirokchilari muayyan narxlarda bitim tuzishga og‘zaki kelisha­dilar, rasmiy bitimni esa balandroq narxlarda imzolaydilar. Tafovutning bir qismi bitimga ruxsat bergan mansabdor shaxslarga topshiriladi, ya'ni yashirin pora beriladi. Afsuski, pora olishning mazkur shakli so‘nggi yillarda biroz o‘zgargan ko‘rinishda O‘zbekistonda ham qo‘llanilmoqda (otkat).
“Korrupsiya - davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida o‘z xizmat mavqyeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir. Lekin faqat davlat xizmatchilari korrupsiya faoliya­tining sub'ektlari hisoblanadi. Chunki korrupsiya munosabat­lari yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan qarorlar qabul qilish yoki harakatlar sodir etish uchun hokimiyat vakolatiga faqat ular ega bo‘ladi. Davlat xizmatchilari bunday harakatlarni sodir eti­shiga qonunchilikning nomukammalligi, nazorat organlarining faoliyatsizligi, jamoada korrupsiyaga nisbatan xizmatdoshlar­ning beparvoligi, rahbarlarning prinsipsizligi turtki bo‘li­shi mumkin. Ammo korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar, davlat boshqaruvi mexanizmining faoliyatini buzish faqat davlat xizmatchilari tomonidan sodir etilishi mumkin18.

Download 2,19 Mb.
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   193




Download 2,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KORRUPSIYA TUSHUNCHASI VA UNI BARTARAF QILISH YO‘LLARI

Download 2,19 Mb.