• Protestant yo‘nalishi.
  • Pravoslaviening aqidaviy ta'limotlari




    Download 2,19 Mb.
    bet154/193
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,19 Mb.
    #256562
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   193
    Bog'liq
    Muhandislik-texnologiya

    Pravoslaviening aqidaviy ta'limotlari. Pravoslavie aqidalaridan iborat ta'limotlar jahon sobor yig‘ilishlari tomonidan qabul qilingan e'tiqod ramzlaridir.
    1-aqida: bir tanada uch qiyofada namoyon bo‘ladigan ota, o‘g‘il xudolarga, muqaddas ruhga iymon keltirib, ular dunyoni ikkita qilib yaratgani, barcha narsalarni yo‘qdan bor qilgani va olamning egasi, boshqarib turadigan yagona hokimi mutloq deb ishonish, Muqaddas ruh - ota xudodan paydo bo‘lgan deb tasavvur qilinadi. Isoning oyoq qo‘lidan mixlanib o‘ldirilishi va tirik holda osmonga chiqib ketganligi, u yana yer yuziga qaytib kelishi, adolatli jamiyat o‘rnatishga ishonish.
    2-aqida: cherkov gunohdan pokligi, aqidalarning o‘zgarmasligini e'tirof etish aqidasi. Bu aqidaga ko‘ra cherkovni dastlab Iso barpo etgan, so‘ngra u o‘zidan keyin o‘rniga avliyo Pyotrni qoldirganligi uchun cherkovlar gunohdan holi-forig‘ hisoblanadi. Pravoslavie yo‘nalishidagi ruhoniylar va xudojo‘y taqvodorlar diniy aqidalar xudoning inoyati bilan bandalarini to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi «muqaddas haqiqatlar» bo‘lganligi uchun ular hyech o‘zgarmaydi, abadul-abad turadi, ularni ozaytirish ham, ko‘paytirish ham mumkin emas, deb hisoblaydilar.
    3-aqida: Isoning onasi Bibi Maryamga, avliyolar va cherkov deb e'lon qilgan ruhoniylarga sig‘inish aqidasi ham kuchli ta'limot hisoblanadi.
    Protestant yo‘nalishi.
    16-asrdan boshlab yevropa mamlakatlari shaharlarida burjuaziya sinfi shakllandi, ular shahar hunarmandlari, o‘rta darajadagi savdogarlar, ziyolilarga bosh bo‘lib kapitalistik usulda moddiy boyliklar ishlab chiqarib, bozor munosabatlariga o‘ta boshladilar. Tabiiy va gumanitar fanlarning rivojlantirmay, burjua demokratiyasini o‘rnatmay, vijdon erkinligini joriy etmasdan turib kapitalizm tuzumini o‘rnatib bo‘lmas edi. Kapitalizm o‘ziga asosiy raqib bo‘lgan feodalizmni, cherkov va xristianlikning qarshiligini yengibgina rivojlanishi mumkin edi. Xususan, katolitsizm cherkovlari, Rim papasi o‘rta asrlar tuzumi feodalizmning tayanchi, monarxiyaning tayanchlari bo‘lib, bunga qarshi reformatsiya harakati kuchayib bordi. Antifeodal va antikatoloitsizm harakatlari Germaniyada avj ola boshlab, bu harakat boshida nemis byurgerlari, ya'ni burjuaziyasi turdi.
    Germaniyadagi Vittenberg shahrida monax Martin Lyuter katolik cherkovini isloh qilishni, Rim papasi qaromog‘idan Germaniyadgi cherkovlarga ajratib mustaqil bo‘lishni targ‘ib qildi. 1517 yilda Martin Lyuter cherkov eshigiga o‘zining 90 ta moddadan iborat tezislarini yopishtirib qo‘ydi. Bu tezislarda, jumladan katolik poplarining indulgensiya sotishini, Germaniyadagi cherkovni Rim papasi qaramog‘idan ozod etishni talab qildi. Lyuterning bu talablarini butun Germaniyada xayrixohlik bilan kutib olindi. Mamlakatda katolik cherkovining zulmiga va zo‘ravonligiga qarshi ommaviy harakat avj oldi, tez orada bu harakat xalq ommasining feodal tuzumga qarshi inqilobiy kurashga aylandi, dehqonlar urushi boshlanib ketdi. Bundan qo‘rqib ketgan hokimiyat egalari bo‘lgan knyazlar, dvoryanlar va ruhoniylar armiya bilan, fanatik dehqonlar bilan birlashib dehqonlar harakatini bostirdi. Germaniyada feodalizm saqlanib qoldi.
    Garchi xalq ommasi yengilgan bo‘lsa-da, Germaniyada katolitsizmning hukmronligiga barham berildi. Nemis knyazlarining ko‘pchiligi bu yerlardagi cherkovlarni isloh qildilar. Ular cherkovga qarashli yerlarni tortib olib papa va yepiskoplarning cherkov ustidan hukmronligini bekor qildilar, ko‘pgina monastirlarni yopib qo‘ydilar. Shunday qilib katolitsizm o‘rnini protestansizm egalladi.
    «Protestantlar» degan nom 1529 yilda «Protestansiya» deb atalgan hujjatga, ya'ni ruhoniy va dunyoviy feodal-larning umumgerman s'ezdi lyuteranchilikning tarqalishini cheklash haqida qabul qilingan qaroriga qarshi tuzilgan protestga imzo quygan nemis knyazlariga berilgan edi. Protestant knyazlar 1555 yilda Rim bilan bitim tuzishga muvaffaq bo‘ldilar, bu bitimga ko‘ra, har bir knyaz o‘z fuqarolari uchun istagan dinni: Lyuteranchilikni yoki katolitsizmni tanlab olish huquqiga ega bo‘lgan ega bo‘lgan edi. Natijada «mamlakatda kim hukmron bo‘lsa, shuning dini hukmron bo‘ladi», degan qoida belgilanadi. Augsburg diniy olami deb nom olgan bu bitim protestansizmning Germaniya bo‘ylab keng yoyilib ketishiga olib keldi. Keyinchalik Lyuter tarafdorlarini ham, boshqa islohchi oqimlarning izdoshlarini ham protestantlar deb atay boshladilar.
    XVI asrning o‘rtalariga kelib katolik dinini isloh qilish harakatida qatnashgan Shveytsariya, Angliya, Shvetsiya, Daniya va Norvegiya mamlakatlari ham katolitsizmdan chiqdi. So‘ngra xuddi shunday ish Belgiya, Gollandiya va Fransiyada ham ro‘y berdi. Bu ishlar Chexiya, Vengriya va Polshada amalga oshdi. XVII asrdan boshlab u shimoliy Amerikaga va yevropa davlatlarining boshqa mamlakatlariga kira boshladi.
    Feodalizmni muqaddaslashtiruvchi katoliklar cherkoviga qarshi kurash boshlagan burjuaziya cherkovni butunlay tugatmay, uni «tuzatish», isloh qilishni, o‘z sinfiy manfaatlariga muvofiqlashtirishni maqsad qilib qo‘ydi.
    Protestansizm xudoning borligi, uning uch qiyofada namoyon bo‘lishi, jonning o‘lmasligi, jannat va do‘zax (katolitsizmdagi a'rofdan tashqari) haqidagi, vahiy va boshqalar to‘g‘risidagi umumxristian tasavvurlarni e'tirof etadi.
    Protestansizmning o‘ziga xos bo‘lgan aqidalari quyidagilardan iborat: 1) shaxsiy e'tiqod bilan najot topish; 2) dinga ishonuvchan barcha kishilarning ruhoniy bo‘lishi mumkinligi; 3) Bibliyaning oliy nufuzini tan olish;
    4) dastlabki gunoh fe'l-atvorini buzganligi, uni yaxshilik qilish qobiliyatidan mahrum qilganligi, shuning uchun u xayrli ishlar, sirli marosimlar va asketizm yo‘li bilan emas, bandalar gunohini so‘rab olish uchun o‘zini qurbon qilgan Isoga shaxsan e'tiqod qilish yo‘li bilan oxiratda gunohlardan forig‘ bo‘lish mumkinligini; 5) xristianlikni qabul qilgan va cho‘qintirilgan har bir kishi o‘zini xudo bilan g‘ayritabiiy muloqatda bo‘lishga bag‘ishlaydi, bu ishni cherkov yoki ruhoniylar vositaligisiz amalga oshirishi mumkinligi; 6) ruhoniylar bilan oddiy dindorlar o‘rtasidagi aqidaviy farqning yo‘qligi; 7) ruhoniylar oddiy dindorlarning tavbasini qabul qilishi va ularni gunohdan forig‘ qilishi mumkin emasligi va ularning diniy jamoalar oldida hisob berishi to‘g‘risidagi aqidalarga amal qilishi ishlab chiqilgan.
    Protestansizmning o‘ziga xos xususiyatlari:

    • ruhoniylarning oila qurishi man' etilmaydi;

    • samoviy huzur-halovat to‘g‘risidagi ta'limotni rad qilingan;

    • o‘lganlarga bag‘ishlab duo o‘qish, aziz avliyolarga sig‘inish, ular sharafiga bag‘ishlab bayramlar o‘tkazish, muqaddas murdalarga va ikonalarga (ikona yunoncha so‘z bo‘lib, uning ma'nosi tasvir, obraz, g‘ayritabiiy mavjudodlarning rasmlari, relefli tasvirlari bo‘lib, ular katolitsizm va pravoslavieda sig‘inish predmetlari hisoblanadi) topinish bekor qilinadi;

    • ibodat uylaridan ortiqcha hashamlar, mehroblar, ikonalar, haykallar, qo‘ng‘iroqlar olib tashlanib, oddiy holga keltirildi;

    • monastirlar va monaxlar jamoasi ham barham toptirilgan;

    • ibodat nihoyatda soddalashtirildi, va'z aytish, duo o‘qish, psalomlarni (yunoncha pasaltir tarkibini tashkil etuvchi diniy qasidalar, ashulalar, xudoga hamdu sanolar o‘qish, iltijo, arz-dod (zorlanish), qarg‘ash kabilarni ona tilida o‘qish va kuylash joriy qilindi;

    • Bibliya birdan-bir manba deb qaralib, muqaddas rivoyatlar rad qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni o‘rganish va sharhlash «gunoh» hisoblanmaydi.

    Bu o‘ziga xos xususiyatlar burjuaziya demokratiyasining yangi diniy yo‘nalishga nisbatan tadbiq etish asosida paydo bo‘lgan.
    Protestansizm ichki yo‘nalishlarida: Lyuteranlik, sving-lichilik, kalvinizm, anglikanchilik, mennochilik, anabap-tizm, unitarizm kabi mazhablar mavjud. Bu mazhablar XVI-XVIII asrlarda paydo bo‘lgan edi. Lekin keyinchalik yana protestansizmda: optistlar, metodistlar, kvakerlar, adventistlar, Iegovo shohidlari, Mormonlar yoki «Oxirat avliyolari», «Najot armiyasi», pyatidesyatniklar kabi diniy sektalar ham paydo bo‘ldi. Bu oqim va sektalarning ko‘pchiligi «diniy uyg‘onish», dastlabki xristianlik va Reformatsiya g‘oyalariga qaytish shiori ostida tashkil topdi. (Ilova: bu sektalarning ayrimlarini keyinroq aytamiz).
    Protestansizm kapitalizm rivojlanishi, sotsializmning paydo bo‘lishi, marksizm dahriyligi va mafkurasi, ikkinchi jahon urushi va mustamlakachilikning tugashi ta'sirlari oqibatida o‘zining evolyusiyasi, yangilanish bosqichlarini boshidan kechirib, yangi protestansizm yoki liberalizm ilohiyoti, «inqiroz ilohiyoti», «yangi ilohiyot» kabi shakllariga ega bo‘ldi.
    Protestansizm falsafasida, XVI asrda, dastlabki reformatsiya davrida Lyuteran ta'limoti asosida diniy e'tiqodni insonning xudo bilan shaxsiy aloqasidir, deb e'lon qilgan edi. M.Lyuter xudoni sxolastik diniy bilishni insoniy aql-idrokka qarama-qarshi qo‘ygan edi. Bu bilan inson aql idroki ham chetga chiqarib tashlandi. F.Melanxton esa neosxolastika ta'limotida diniy e'tiqod talablari muhokamasiz aql-idrokni aralashtirmasdan xudo bilan ruhiy qo‘shilishini ishlab chiqadi.
    XVIII asrda yana Leybnits-Volf ta'limotida dinning o‘zini dunyoviy aql-idrok bilan mushohada qilish ob'ektiga aylantirildi. I. Kantning sxolastika va cherkovni tanqid qilishi va xudoni amaliy aql-idrok postulati (haqiqatligi ayon bo‘lmasa ham, isbotsiz asos qilib olinadigan qoida) va ahloqiy garovi sifatida e'tirof etishidan protestant ilohiyotchilari foydalanilmoqchi bo‘ldi.
    XX asrning 20-yillarida vujudga kelgan «dialektik ilohiyot» (asoschisi K.Bart) liberal protestanszimni e'tiqodning «o‘lishi» sifatida rad qilib, S. Kergerning ekzistensialistik ta'limotida ishlab chiqilgan metodiga tayanadi: xristian dini apologetikasi (yun.-himoya qilish, ya'ni ilohiyotning tafakkur dalillari yordamida diniy ta'limotni himoya qilish) dunyo mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi», be'mani va unga inson «o‘z ahvoliga tashlab qo‘yilgan», degan g‘oya asos qilib olindi. Bart va uning tarafdorlari esa xudo e'tiqod ob'ektiga aylanishi uchun his-tuyg‘ular yoki aql idrok xizmatiga muhtoj emas, deb chiqmoqdalar.
    Protestansizmda faqat cho‘qintirish va non, vino iste'mol qilish marosimlari mavjud, xolos. «Lyuter inson qo‘lini yechib yubordi, ammo uning qalbini xudoga bog‘lab berdi», degan edi, allomalardan biri.



    Download 2,19 Mb.
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   193




    Download 2,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pravoslaviening aqidaviy ta'limotlari

    Download 2,19 Mb.